bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 11
Proverbs 11
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 10
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 12 →
1
Yolg‘on tarozi Egamiz uchun jirkanchdir, aniq tarozi toshlari esa Uning quvonchidir.
2
Mag‘rurlik bilan sharmandalik keladi, donolik esa kamtarlar bilandir.
3
To‘g‘rilarning sofdilligi yo‘l ko‘rsatsa, xoinlarning ikkiyuzlamachiligi halok qiladi.
4
Qiyomat kunida boylik foyda bermaydi, solihlik esa o‘limdan saqlaydi.
5
Pokdilning solihligi yo‘lini to‘g‘rilaydi, fosiq esa fosiqligi tufayli qoqiladi.
6
To‘g‘rining solihligi najot beradi, sotqin esa yomon niyatlari tufayli tutiladi.
7
Yovuz o‘lsa, orzu–umidlari ham o‘ladi, fosiqning ham xohish–tilaklari poymol bo‘ladi.
8
Solih g‘am–g‘ussadan qutuladi, fosiq esa g‘amga duchor bo‘ladi.
9
Imonsiz tili bilan qo‘shnisini halok qiladi, solih esa ilm–ma’rifati tufayli najot topadi.
10
Solihning ishi yurishsa, el–yurt quvonadi, fosiq halok bo‘lsa, tantana bo‘ladi.
11
To‘g‘ri odamlar tufayli shahar barakali bo‘ladi va yuksaladi, fosiqning tilidan esa el–yurt vayron bo‘ladi.
12
Qo‘shnisini kamsitgan aqlsizdir, idrokli sukut saqlaydi.
13
G‘iybatchi sirlarni ochadi, sodiq esa sir saqlaydi.
14
Yo‘l–yo‘riq ko‘rsatuvchisi bo‘lmagan xalq halok bo‘ladi, maslahatchilar ko‘p bo‘lsa, g‘alaba keladi.
15
Begonaga kafillik qilgan ko‘p jabr ko‘radi, kafil bo‘lishdan nafratlanadigan esa tinchgina yuradi.
16
Mehribon xotin izzat–hurmat topadi, zo‘ravon esa boylik.
17
Rahmdil o‘z joniga manfaat keltiradi, bag‘ritosh esa o‘ziga zarar yetkazadi.
18
Solihlik tarqatadiganlar haqiqiy mukofot, fosiqlar esa yolg‘on mukofot oladilar.
19
Solihlikni ko‘zlagan inson hayotga, yomonlikni ko‘zlagan esa o‘z o‘limiga erishadi.
20
Egri yurak Egamizga jirkanch, poklarning ishlari esa Uning quvonchidir.
21
Fosiq albatta jazosiz qolmaydi, solihning esa avlodlari ham najot topadilar.
22
Chiroyli, ammo farosatsiz ayol, burniga tilla sirg‘a taqqan cho‘chqa misol.
23
Solihning xohishi faqat ezgulik, fosiqning kutganlari esa qahr–g‘azabdir.
24
Ba’zilarning qo‘li ochiq, ammo boyligi ko‘payaveradi. Ba’zilar lozim bo‘lganni berishga qizg‘ansa ham qashshoqlashaveradi.
25
Saxiyning biri ikki bo‘ladi, boshqalarga yaxshilik qilganning o‘zi ham yaxshilik ko‘radi.
26
G‘allasini qizg‘anganni xalq qarg‘aydi, sotganlarga esa baraka yog‘iladi.
27
Ezgulikka intilgan iltifot topadi, yomonlik qidirganga esa yomonlik keladi.
28
Boyligiga ishongan xonavayron bo‘ladi, solih esa barg kabi yashnaydi.
29
O‘z oilasiga g‘am–tashvish keltiradigan meros olmaydi, nodon esa donoga qul bo‘ladi.
30
Solihlarning mahsuli — hayot daraxti, oqilu donolar odamlarning yuragidan joy oladi.
31
Dunyoda solih qancha taqdirlansa, fosiq bilan gunohkor undan ham ko‘proq jazolanadi.
← Chapter 10
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 12 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31