bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 28
Proverbs 28
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 27
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 29 →
1
Fosiqni hech kim quvmasa ham qochaveradi, solih esa sherday botir.
2
Yurtda isyon bo‘lganda boshliq ko‘payadi, aql–idrokli tufayli esa tinchlik bo‘ladi.
3
Ojizlarni ezadigan kambag‘al ovqat qoldirmaydigan seldaydir.
4
Qonunni tan olmaydiganlar fosiqlarni maqtaydi, qonunga amal qiladiganlar esa ular bilan kurashadi.
5
Fosiq adolatni tushunmaydi, Egamizga intilgan esa hamma narsani tushunadi.
6
Kambag‘al bo‘lib to‘g‘ri yurish, boy bo‘lib egri yurgandan yaxshiroq.
7
Dono farzand qonunga rioya qiladi, yaramasga ulfat bo‘lgan esa otasini sharmanda qiladi.
8
Sudxo‘r va ochko‘z qashshoqlarga achinadiganga boylik yiqqan bo‘ladi.
9
Qonundan yuz o‘girganning ibodati ham jirkanchlidir.
10
To‘g‘ri odamni yomon yo‘lga boshlagan odam qazigan chuquriga o‘zi tushadi, pokdil esa yaxshilik topadi.
11
Boy o‘zining nazarida dono, aqlli kambag‘al esa o‘zini tekshiradi.
12
Solih martabaga erishganda katta bayram, fosiq lavozimga kelsa odamlar yashirinadi.
13
O‘z gunohlarini yashirgan yutuqqa erishmaydi, ularni tan olib, voz kechgan marhamat topadi.
14
Doim Xudodan qo‘rqqan baxtlidir! Bag‘ri tosh odam esa baloga uchraydi.
15
Ojiz xalq ustidagi yovuz hukmdor irillayotgan sher va hujum qilayotgan ayiqdaydir.
16
Aqlsiz hukmdor juda zolim, adolatsiz foydadan nafratlanadigan uzoq yashaydi.
17
Agar birov odam o‘ldirgan bo‘lsa, o‘lguncha qochib yursin, unga hech kim yordam bermasin.
18
To‘g‘ri yuradigan najot topadi, egri yo‘ldan yuradigan esa yiqiladi.
19
O‘z yeriga ishlov berganning noni mo‘l bo‘ladi, orzu–xayollarga berilgan esa qashshoqlikka uchraydi.
20
Sodiq barakali bo‘ladi, boyishga shoshilgan jazosiz qolmaydi.
21
Tarafkashlik yaxshi emas, bir to‘g‘ram non deb odam vafosizlik qiladi.
22
Xasis odam boylik orqasidan quvib, boshiga qashshoqlik kelishini bilmaydi.
23
Tanqid qiladigan odam xushomadgo‘yga qaraganda ko‘proq marhamat topadi.
24
Ota–onasining mulkini o‘g‘irlab, “Bu gunoh emas” degan odam buzg‘unchiga sherikdir.
25
Ochko‘z janjal chiqaradi, Egamizga ishongan esa to‘q yashaydi.
26
O‘zigagina ishongan ahmoqdir, aql bilan yuradigan esa najot topadi.
27
Kambag‘alga bergan odam kam bo‘lmaydi, ko‘rib ko‘rmaslikka olgan esa ko‘p la’natga uchraydi.
28
Fosiqlar martabaga erishsa odamlar yashirinadi, halokatga yo‘liqqanda esa solihlar ko‘payadi.
← Chapter 27
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 29 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31