bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 7
Proverbs 7
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 6
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 8 →
1
O‘g‘lim, so‘zlarimni asra, amrlarimni dilingda saqla.
2
Amrlarimni saqlab yasha, ta’limotimni ko‘z qorachig‘ingdek asra.
3
Ularni barmog‘ingga bog‘la, yuraging qa’riga yozib qo‘y.
4
Donolikni singlim, aql–idrokni esa qardoshim deb atagin.
5
Ular seni zinokordan, tilyog‘lama buzuq ayoldan asraydi.
6
Uyimning deraza panjarasi ortidan qaradim,
7
sodda yoshlarning orasida, bir aqlsiz yigitni ko‘rib qoldim.
8
Yigit ko‘chadan o‘tib, zinokor ayolning uyi tomon ketayotgan edi.
9
Oqshom. Kech. Tun qorong‘i edi.
10
Shunda fohishaga o‘xshab kiyingan, makkor niyatli ayol uni kutib olgani chiqdi.
11
U shallaqi, o‘jar, hech qachon uyida turmaydi.
12
Bir qarasang ko‘chada, bir qarasang maydonda, yana bir qarasang har xil burchakda turgan bo‘ladi.
13
U yigitni quchoqlab, o‘pib, benomuslarcha shunday dedi:
14
“Bugun qurbonlik keltirdim, va’dalarimni bajardim.
15
Shuning uchun seni kutib olishga chiqdim, seni qidirib topdim.
16
O‘rnimni Misrdan keltirilgan rangli mato bilan bezadim.
17
Mirra, dolchin, xushbo‘y atirlar sepdim.
18
Qani, yur, tongga qadar kuyov–kelinday rohat qilaylik, huzur–halovat qilaylik.
19
Erim hozir uyda emas, uzoq safarga ketgan.
20
Bir hamyon kumush tanga olib ketgan, oy to‘lmaguncha qaytib kelmaydi.”
21
Ko‘p shirin so‘zlar va muloyim gaplar bilan u yigitni yo‘ldan urdi.
22
Yigit o‘sha zahotiyoq, qushxonaga ketayotgan ho‘kizday, tuzoqqa oyoq qo‘yayotgan kiyikday uning orqasidan ergashdi.
23
U tuzoqqa kirayotgan qushday, nayza jigariga tegmaguncha hayotini yo‘qotishini bilmaydi.
24
O‘g‘illarim, menga quloq solib, so‘zlarimga e’tibor beringlar.
25
Yuragingiz o‘sha ayolning yo‘liga burilmasin, uning so‘qmoqlarida adashmang.
26
U ko‘plarni halok qildi, qurbonlari ham ko‘p.
27
Uning uyi o‘liklar diyoriga yetaklovchi yo‘ldir, o‘limga olib boradi.
← Chapter 6
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 8 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31