bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 29
Proverbs 29
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 28
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 30 →
1
Tanbeh olsa ham o‘jarligicha qoladigan odam birdaniga halokatga uchraydi, shifo topmaydi.
2
Solihlar ko‘payganda xalq sevinadi, fosiq hukmron bo‘lganda esa fig‘on chekadi.
3
Donolikni sevgan o‘g‘il otasini sevintiradi, fohisha bilan aloqada bo‘lgan mol–mulkini barbod qiladi.
4
Shoh yurtni adolat bilan mustahkamlaydi, sovg‘ani sevadigan esa xarob qiladi.
5
Do‘stiga xushomad qilgan odam o‘z oyoqlariga tuzoq qo‘yganday bo‘ladi.
6
Fosiqning gunohi qopqon, solih esa qo‘shiq aytib quvonadi.
7
Solih ojizning haq–huquqini biladi, fosiqda esa bunday tushuncha ham yo‘q.
8
Mazax qiluvchilar shaharda to‘polon qiladi, donolar esa g‘azabni tinchlantiradi.
9
Dono ahmoq bilan sudlashganda, ahmoq achchiqlansa ham, kulsa ham halovat nima bilmaydi.
10
Qonxo‘r pokdil insondan nafratlanadi, to‘g‘rining jonini olmoqchi bo‘ladi.
11
Nodon bor jahlini to‘kib soladi, dono esa ichida saqlaydi.
12
Hukmdor yolg‘onga quloq solsa, barcha xizmatkorlari fosiq bo‘ladi.
13
Zolim bilan ojizning bir o‘xshashligi bor: ikkoviga ham Egamiz ko‘z nuri bergan.
14
Shoh kambag‘alni adolat bilan hukm qilsa, uning taxti abadiy mustahkam turadi.
15
Qamchi bilan nasihat aql beradi, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bola esa onasiga uyat keltiradi.
16
Fosiq ko‘payganda gunoh ham ko‘payadi, solih esa fosiqning halokatini ko‘radi.
17
Farzandingga tarbiya ber: u senga orom beradi, qalbingni shodlikka to‘ldiradi.
18
Vahiy bo‘lmasa el–yurt yo‘ldan ozadi, Xudoning qonuniga amal qilgan baxtlidir!
19
Qul faqat so‘z bilan tarbiyalanmaydi, so‘zni tushunsa ham amal qilmaydi.
20
Shoshilib gapiradiganni ko‘rganmisan? Undan ko‘ra, nodonda umid ko‘proq.
21
Qulni yoshligidan erkalatib o‘stirsa, oqibatda xo‘jayiniga qayg‘u bo‘ladi.
22
Serjahl odam janjal chiqaradi, serzarda esa ko‘p gunoh qiladi.
23
Odamning mag‘rurligi uni past qiladi, kamtarin esa izzat–hurmat topadi.
24
O‘g‘riga sherik bo‘lgan o‘z jonini yomon ko‘radi, u tanbeh eshitsa ham churq etmaydi.
25
Odamdan qo‘rqish tuzoqqa ilintiradi, Egamizga umid bog‘lagan esa xavf–xatardan xoli bo‘ladi.
26
Hukmdor marhamatini qidirgan ko‘p, lekin insonni hukm qiladigan Egamizdir.
27
Fosiq solihga jirkanch, to‘g‘ri yuradigan esa fosiqqa jirkanchdir.
← Chapter 28
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 30 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31