bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 4
Proverbs 4
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 5 →
1
O‘g‘illarim, otangizning pand–nasihatlariga quloq solinglar, e’tibor berib farosatli bo‘linglar.
2
Sizlarga yaxshi saboq beraman, so‘zlarimdan yuz o‘girmanglar.
3
Men ota–onamning yolg‘iz, yosh o‘g‘li edim.
4
Bolaligimda otam menga shunday derdi: “So‘zlarimni yuragingga jo qilib, amrlarimni bajargin, shunda yashaysan.
5
Dono bo‘l, idrokli bo‘l, ularni unutma, so‘zlarimdan chiqma.
6
Donolikdan yuz o‘girma, seni himoya qiladi, uni sevgin, seni asraydi.
7
Donolikning boshi shudir, dono bo‘l, bor–yo‘g‘ingni berib bo‘lsa ham, idrok ol.
8
Uni hurmat qil, seni ko‘kka ko‘taradi. Uni quchgin, seni shon–shuhratga erishtiradi.
9
Boshingga iltifot gulchambari, shuhrat tojini kiydiradi.”
10
O‘g‘lim, aytganlarimga quloq solib qabul qil, shunda umring uzoq bo‘ladi.
11
Senga donolik yo‘llarini o‘rgatdim, to‘g‘ri yo‘ldan olib yurdim.
12
Yurganingda to‘siqqa uchramaysan, yugurganingda qoqilmaysan.
13
Yo‘l–yo‘riqlarimni qattiq ushla, qo‘yib yuborma, ularni qo‘riqla, chunki ular hayotingdir.
14
Fosiqning so‘qmoqlariga oyoq bosma, yovuzlar yo‘lidan yurma.
15
Hatto nazar solma, yonidan ham o‘tma, qayrilib uzoqdan yurgin.
16
Chunki ular yomonlik qilmasdan uxlay olmaydi, birortasiga zarar keltirmaguncha uyqulari kelmaydi.
17
Ular fosiqlik nonini yeydi, zo‘ravonlik sharobini ichadi.
18
Solihning yo‘li tongga o‘xshaydi, tong kun chiqquncha yorishaveradi.
19
Fosiqning yo‘li esa zulmat kabidir, nimaga qoqilib ketishini bilmaydi.
20
O‘g‘lim, so‘zlarimni eshit, aytganlarimga quloq sol.
21
Ularni ko‘z oldingdan qochirma, yuragingning qa’rida saqlagin.
22
Chunki ularni topganlarga hayot, butun tani–joniga malham bo‘ladi.
23
Bor kuching bilan qalbingni asra, chunki u hayot bulog‘idir.
24
Og‘zingdan egrilikni, tillaringdan ayyorlikni olib tashla.
25
Ko‘zlaring to‘g‘riga qarasin, nigohlaring oldingga qaratilgan bo‘lsin.
26
To‘g‘ri yo‘lni tanlab yurgin, barcha so‘qmoqlaring mustahkam bo‘lsin.
27
O‘ngga ham, chapga ham og‘ma, yovuzlikdan uzoqlash.
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 5 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31