bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 3
Proverbs 3
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 4 →
1
O‘g‘lim, so‘zlarimni unutma, amrlarimni yuragingda saqla.
2
Ular umringga umr qo‘shadi, hayoting tinch bo‘ladi.
3
Abadiy sevgini aslo tark etma. Bo‘yningga marjon qilib taqib ol, yuraging qa’riga yozib qo‘y.
4
Shunda Xudoning ham, odamlarning ham mehrini qozonasan, Ulardan izzat–hurmat topasan.
5
O‘z aql–idrokingga suyanma, butun qalbing bilan Egamizga ishon.
6
Har ishingda Egamizni e’tirof et, shunda U yo‘llaringni to‘g‘rilaydi.
7
O‘zingni dono hisoblama. Egamizdan qo‘rq. Yomonlikdan yuz o‘girgin.
8
Shunday qilsang jisming sog‘, joning esa omon bo‘ladi.
9
O‘z boyliging, birinchi hosiling bilan Egamizni ulug‘la.
10
Shunda omboring to‘lib–toshadi, yangi sharobing yetib ortadi.
11
O‘g‘lim, Egamizning tarbiyasini rad qilmagin, Uning tanbehidan ruhing tushib ketmasin.
12
Ota yaxshi ko‘rgan farzandini jazolagandek, Xudo ham sevganini jazolaydi.
13
Donolikka erishgan, aql–idrok topgan qanday baxtlidir!
14
Chunki uning nafi kumushdan, foydasi esa oltindan ham afzalroqdir.
15
U javohirlardan ham azizdir, sen tilagan biror narsa Unga teng kelmaydi.
16
Uning o‘ng qo‘lida uzoq umr, chap qo‘lida esa boylik va shon–shuhrat bor.
17
Yo‘li — shodlik yo‘li, barcha so‘qmoqlari tinchdir.
18
Donolik uni ushlab turganlar uchun hayot daraxti kabidir, Uni asraganlar esa baxtlidir.
19
Egamiz donolik bilan yerni yaratdi, aql–idroki bilan osmonni o‘z o‘rniga joylashtirdi.
20
Uning aqli bilan chuqurliklar bo‘lingan, bulutlardan shudring tushgan.
21
O‘g‘lim, donolik va fahm–farosatni mahkam ushla, nazaringdan qochirmagin.
22
O‘shanda ular joningga hayot baxsh etadi, bo‘yningga bezakday bo‘ladi.
23
Yo‘lingda eson–omon yurasan, oyog‘ing esa qoqilmaydi.
24
Bexavotir yotasan, uyqung shirin bo‘ladi.
25
Bexosdan keladigan ofatdan qo‘rqma. Yovuz hujum qilganda ham qo‘rqma.
26
Chunki Egamiz yoningda bo‘ladi, seni qoqilishdan asraydi.
27
Yaxshilik qilish qo‘lingdan kelsa, muhtojlardan yordamingni ayama.
28
O‘zingda bor bo‘lsa, qo‘shningga “kechroq kel”, “ertaga beraman”, deb aytma.
29
Senga ishonib, yoningda tinchgina yashayotgan qo‘shningga qarshi yomon niyat qilma.
30
Senga yomonlik qilmagan odam bilan sababsiz urishma.
31
Zo‘ravonga hasad qilma, u qiladigan ishlarni qilma.
32
Chunki Egamizga yovuzlar jirkanchdir, U to‘g‘ri odamga yaqin bo‘ladi.
33
Fosiqning uyi Egamizning la’natiga, solihning uyi esa qut–barakaga to‘ladi.
34
U mazax qiluvchilarni mazax qiladi, kamtarga esa inoyat qiladi.
35
Donolar shon–shuhratga erishadilar, nodonlar esa sharmandalikka duchor bo‘ladilar.
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 4 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31