bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 8
Proverbs 8
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 7
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 9 →
1
Donolik chorlamaydimi?! Idrok ovozini baland qilib chaqirmaydimi?!
2
Qir–adirlarda, yo‘l bo‘ylarida, chorrahalarda,
3
shahar darvozalarida, eshiklar oldida turib jar soladi:
4
“Ey, insonlar, sizlarni chaqiryapman, odamzodga gapirmoqdaman.
5
Soddalar, fahm–farosatli bo‘ling, siz, nodonlar, esa idrokli.
6
Quloq soling, men a’lo gaplarni gapiraman, rostini aytaman.
7
Chunki tilim haqiqatni gapiradi, fosiqlikdan esa nafratlanadi.
8
Hamma so‘zlarim to‘g‘ridir, ularda na egrilik, na buzuqlik bor.
9
Farosatlilarga ravshan, bilim oladiganlarga esa to‘g‘ridir.
10
Kumush o‘rniga nasihatlarimni, oltin o‘rniga esa ilm–ma’rifatni tanlang.
11
Chunki donolik qo‘hinurdan a’loroqdir, hech qanday shodlik U bilan tenglasha olmaydi.
12
Men, Donolik, aql–idrok bilan yashayman, bilim va fahm–farosat mendadir.
13
Egamizdan qo‘rqish yomonlikdan nafratlanish demakdir. Men mag‘rurlik va manmanlikdan, yovuzlik va buzuq tildan nafratlanaman.
14
Menda maslahat va haqiqat bor, Men idrokman, quvvatu kuch ham Mendadir.
15
Shohlar men orqali hukm suradilar, hukmdorlar to‘g‘ri qonunlar chiqaradilar.
16
Men orqali rahbarlar boshqaradilar, amaldor va barcha odil hakamlar hukm chiqaradilar.
17
Kim Meni sevsa o‘shani sevaman, astoydil izlaganlar Meni topadilar.
18
Boylik, shuhrat, bitmas–tuganmas xazina, farovonlik Mendadir.
19
Mening hosilim toza oltindan ham, tanlangan kumushdan ham yaxshiroq.
20
Men to‘g‘ri yo‘ldan, adolat so‘qmoqlaridan yuraman.
21
Meni sevganlar boylikni meros qilib oladilar, ularning xazinasini to‘ldiraman.
22
Egamiz ishini boshlamasidan oldin, O‘z ishlarining boshida Menga ega edi.
23
Qadimdayoq, eng boshida, dunyo yaratilmasdan oldin, Men tayinlangan edim.
24
Tubsiz dengizu, bepoyon ummon, yo birorta buloq ko‘z ochmay turib, Men dunyoga keltirilganman.
25
Tog‘u tosh, qir–adir barpo bo‘lmasdan oldin Men tavallud topganman.
26
U hali na yer, na dalalarni, na yerning tuprog‘ini yaratgan edi.
27
Xudo osmonni yaratganda, bepoyon ummon uzra falakni barpo etganda, Men o‘sha yerda edim.
28
Osmonga bulutlarni joylab, dengizlarni suv bilan to‘ldirgan chog‘da,
29
U suv toshib ketmasin deb amr berganda, yerga asos solganda,
30
Men uning yonida musavvir edim, qoshida kundan–kunga zavqlanib, doimo quvonardim.
31
Dunyoda, Uning yerida odamzod bilan xursand bo‘lardim.
32
O‘g‘illarim, menga quloq solinglar, yo‘limdan yurganlar baxtlidir.
33
Pand–nasihatlarimni tinglab dono bo‘linglar, uni rad etmanglar.
34
Har kun ostonamda kutib, eshigimni poylab, so‘zlarimga quloq soladigan baxtlidir.
35
Chunki Meni topgan hayot topadi, Egamizning marhamatiga sazovor bo‘ladi.
36
Ko‘zdan yo‘qotgan o‘ziga zarar yetkazadi, Mendan nafratlangan o‘limni sevadi.”
← Chapter 7
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 9 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31