bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 12
Proverbs 12
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 13 →
1
Nasihatni sevgan ilm–ma’rifatni sevadi, tanbehdan nafratlanadigan esa ahmoqdir.
2
Yaxshi odam Egamizning marhamatiga sazovor bo‘ladi, niyati buzuqni esa U jazoga hukm etadi.
3
Inson yovuzlik bilan kamol topmaydi, solih hech qachon o‘rnidan qo‘zg‘atilmaydi.
4
Yaxshi xotin erining boshidagi tojidir, erini uyaltiradigan xotin boshga balodir.
5
Solihning fikri–zikri — adolat, fosiqning maslahati esa yolg‘ondir.
6
Fosiqning so‘zi qonga tashna, to‘g‘rining tili esa qutqaradi.
7
Fosiq halokatga uchrab yo‘q bo‘ladi, solihning uyi esa mustahkam turadi.
8
Insonni aql–idrokiga qarab ulug‘laydilar, egri odam esa nafratga duchor bo‘ladi.
9
O‘zini katta tutib nonga zor bo‘lgandan, oddiy bo‘lib xizmatkor bo‘lish yaxshiroq.
10
Solih hayvonga ham mehribonlik qiladi, fosiqning rahmdilligi ham zolimlikdir.
11
Yerga ishlov bergan to‘yib non yeydi, bekor narsani ko‘zlagan esa aqlsizdir.
12
Fosiq yovuzlik to‘riga ilintiray deydi, solihning ildizi yashnaydi.
13
Fosiq tilining gunohi bilan tutiladi, solih esa g‘amdan forig‘ bo‘ladi.
14
Odam so‘zlari tufayli yaxshi narsaga erishadi, mehnati uni taqdirlaydi.
15
Nodon o‘z yo‘lini to‘g‘ri deb o‘ylaydi, dono esa maslahatga quloq soladi.
16
Nodon g‘azabini darhol bildiradi, aqli raso esa haqoratlanganini berkitadi.
17
To‘g‘ri gapiradigan haqiqatni aytadi, soxta guvoh yolg‘on gapiradi.
18
O‘ylamasdan aytilgan so‘z qilichday jarohatlaydi, dononing gaplari esa shifo beradi.
19
Rostgo‘y lablar abadiydir, yolg‘on til esa bir lahzalikdir.
20
Yomon niyat qiladiganning yuragida yolg‘on, tinchlik o‘rnatganda esa quvonch bor.
21
Solihga hech qanday zarar tegmaydi, fosiq esa g‘am–g‘ussadan qutulmaydi.
22
Yolg‘onchi til Egamizga jirkanch, to‘g‘rilik bilan ish qiladiganlar esa Uning sevinchidir.
23
Aqlli bilimini ko‘z–ko‘z qilmaydi, nodon o‘z nodonligini oshkor qiladi.
24
Tirishqoq hukm suradi, dangasa esa qul bo‘ladi.
25
Yurakdagi qayg‘u–alam odamni ezadi, shirin so‘z esa yurakni shod etadi.
26
Solih o‘zgalarga yo‘l ko‘rsatadi, fosiq esa yo‘ldan adashtiradi.
27
Dangasa o‘ljasini pishirishga ham erinadi, g‘ayratli esa qimmatbaho boylikka ega bo‘ladi.
28
Solihlikning yo‘lida hayot, bu yo‘lda o‘lim yo‘qdir.
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 13 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31