bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 6
Proverbs 6
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 7 →
1
O‘g‘lim, o‘zgaga kafillik qilib, begona bilan ahdlashgan bo‘lsang,
2
O‘z tilingdan ilinib, so‘zlaring tuzoqqa yetaklagan bo‘lsa,
3
o‘g‘lim, o‘zganing qo‘liga tushib qolibsan, o‘zingni qutqar, bor, tiz cho‘kib yolvor.
4
Ko‘zlaringga na uyqu, na mizg‘ish ber.
5
Ovchidan qochgan ohu kabi, bedanavoz qo‘lidan qochgan bedanaday o‘zingni qutqar.
6
Ey, tanbal, chumolilarga bir qara, ularning xatti–harakatlarini ko‘rib dono bo‘l.
7
Ularning na rahbari, na nazoratchisi, na hukmdori bor.
8
Lekin ular yozda oziq to‘playdi, o‘rim paytida esa don–dun yig‘ishadi.
9
Sen–chi, tanbal, qachongacha uxlaysan?! Qachon o‘rningdan turasan?
10
“Biroz uxlay, bir mizg‘ib olay, yonboshlab birpas dam olay”, — deysan.
11
Shuning uchun qashshoqlik yo‘lto‘sarday, muhtojlik esa qaroqchiday ustingga keladi.
12
Ayyor va nopoklar buzuq so‘zlarni gapirib yuradilar.
13
Ko‘z qisadilar, oyoq–qo‘llari bilan imo–ishora qiladilar.
14
Yuraklarida doim yovuz niyat qilib, odamlar orasida janjal chiqaradilar.
15
Shuning uchun to‘satdan ofatga uchraydilar, shifo topmay to‘satdan halok bo‘ladilar.
16
Olti narsa Egamizga nafratli, yetti narsa jirkanchdir. Bular:
17
manmanlik nigohi, yolg‘onchi til, begunoh qonni to‘kadigan qo‘llar,
18
yomon niyatli yurak, yovuzlikka yuguradigan oyoqlar,
19
yolg‘on gapiradigan soxta guvoh, aka–ukalar orasiga nifoq soluvchilardir.
20
O‘g‘lim, otang nasihatlariga quloq sol, onang o‘gitlarini rad etma,
21
ularni doim yuragingda saqla, bo‘yningga taqib ol.
22
Yurganingda senga yo‘l ko‘rsatadi, uxlaganingda qo‘riqlaydi, uyg‘oqligingda senga gapiradi.
23
Chunki amrlar — chiroq, tanbeh — hayot yo‘li, pand–nasihatlar esa nurdir.
24
Ular seni boshqalarning xotinidan, zinokor ayolning shirin so‘zidan saqlaydi.
25
Yuragingda uning go‘zalligini orzu qilmagin, ko‘zlariga mahliyo bo‘lma.
26
Fohishaga bittagina non haqi yetarli, ammo zino qiluvchi butun hayotingni oladi.
27
Kiyimlarni kuydirmasdan qo‘yinga cho‘g‘ solib bo‘ladimi?!
28
Oyoqni kuydirmasdan cho‘g‘ ustida yurib bo‘ladimi?!
29
O‘zganing xotini oldiga kirganning ahvoli ham shunday, begona ayolga tekkan jazosiz qolmaydi.
30
Qorni ochligidan o‘zini to‘ydirish uchun o‘g‘irlik qilsa, odamlar undan nafratlanmaydi.
31
Lekin qo‘lga tushib qolganda o‘g‘irlangan molining haqini yetti barobar qilib qaytarishi kerak.
32
Zino qilgan aqlsizdir, o‘zini o‘zi nobud qiladi.
33
U ko‘p kaltak yeb sharmanda bo‘ladi, bir umrga badnom bo‘ladi.
34
Chunki rashk erni g‘azablantiradi, er qasos olganda shafqat qilmaydi.
35
Har qanday hadyani rad etadi, qancha pora bersang olmaydi.
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 7 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31