bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 19
Proverbs 19
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 18
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 20 →
1
To‘g‘ri yuradigan kambag‘al egri tilli ahmoqdan yaxshiroq.
2
Bilimsiz istak yaxshi emas, shoshqaloqlar esa qoqiladi.
3
Nodonning nodonligi hayotini buzadi–yu, Egamizdan jahli chiqadi.
4
Boylik do‘stlar ustiga do‘st keltiradi, kambag‘al esa do‘stidan ham ayriladi.
5
Soxta guvoh jazosiz qolmaydi, yolg‘on gapiruvchi esa qochib qutulmaydi.
6
A’yonlarning marhamatini istaydigan ko‘p, sovg‘a beruvchiga esa hamma do‘stdir.
7
Kambag‘aldan hamma aka–ukalari nafratlanadi, do‘stlari ham uzoqlashadi, qidirganda ularning izi ham yo‘q.
8
Donolikka erishgan o‘z jonini sevadi, farosatli bo‘lgan esa yaxshilik topadi.
9
Soxta guvoh jazosiz qolmaydi, yolg‘onchi halok bo‘ladi.
10
Hashamatli yashash ahmoqqa yarashmaganidek, xo‘jayin ustidan hokimlik qilish qulga ham to‘g‘ri kelmaydi.
11
Odamning aqli jahlini tiyadi, gunohni kechirish unga shuhrat keltiradi.
12
Shohning g‘azabi sherning o‘kirishiga o‘xshaydi, muruvvati esa maysadagi shabnam kabidir.
13
Nodon o‘g‘il otasiga tashvish, xotinning janjali esa beto‘xtov tomadigan tomchidaydir.
14
Uy va boylik — otadan meros, farosatli xotin esa Egamizdandir.
15
Dangasalik odamni uyquchi qiladi, yalqov esa och qoladi.
16
Amrlarga amal qilgan o‘z jonini asraydi, o‘z hayotini xor qilgan esa o‘ladi.
17
Kambag‘alga rahm qilish — Egamizga qarz berishday, U yaxshilikni qaytaradi.
18
Umid bor ekan, farzandingni tarbiya qil, buzilib, nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘yma.
19
Jahldor jazosini oladi, uni bir qutqarsang yana qutqarishingga to‘g‘ri keladi.
20
Nasihatga quloq sol, pand–o‘gitni qabul qil, shunda umring bo‘yi oqil bo‘lasan.
21
Insonning yuragida niyat ko‘p, lekin faqat Egamizning aytgani amalga oshadi.
22
Insonning istagi — sadoqatli sevgi, kambag‘al yolg‘onchidan yaxshiroqdir.
23
Egamizdan qo‘rqish hayotga eltadi, odam huzur–halovatda yashab tashvishga uchramaydi.
24
Dangasa qo‘lini kosaga cho‘zadi–yu, og‘ziga olib kelishga erinadi.
25
Mazax qiluvchini urish! Shunda sodda odamlarga aql kiradi. Farosatliga tanbeh bersang, bilimi oshadi.
26
Otasiga zo‘ravonlik qilib, onasini haydagan o‘g‘il uyat va sharmandalik keltiradi.
27
Ey, o‘g‘lim, agar nasihatga quloq tutmasang, ilm–ma’rifatdan yuz o‘girgan bo‘lasan.
28
Makkor guvoh adolat ustidan kuladi, fosiqning og‘zi yovuzlikni o‘ziga oladi.
29
Mazax qiluvchilarga hukm, nodonlarga esa kaltak tayyordir.
← Chapter 18
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 20 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31