bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 14
Proverbs 14
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 15 →
1
Dono xotin o‘z oilasini mustahkamlaydi, nodon xotin esa oilasini o‘zi buzadi.
2
To‘g‘ri yo‘ldan yuradigan Egamizdan qo‘rqadi, egri yuradigan esa Uni rad etadi.
3
Ahmoqning so‘zlari o‘ziga kaltak keltiradi, dononiki esa uni himoya qiladi.
4
Ho‘kiz bo‘lmasa oxur toza, lekin ho‘kizning kuchi tufayli hosil ko‘p bo‘ladi.
5
Sodiq guvoh yolg‘on gapirmaydi, soxta guvoh yolg‘on gapirishdan to‘xtamaydi.
6
Mazax qiluvchi donolikni qidiradi, ammo topolmaydi, idrokliga esa bilim olish oson.
7
Aqlsizdan uzoqlash, chunki undan ma’noli so‘z chiqmaydi.
8
Ziyrakning donoligi o‘z yo‘lini bilishidadir, aqlsizning ahmoqligi esa uni yo‘ldan adashtiradi.
9
Ahmoq ayb qurbonligi ustidan kuladi, to‘g‘ri odam esa Xudoning marhamatiga sazovor bo‘ladi.
10
Yurak o‘z dardini o‘zi biladi, xursandligiga boshqalar kafillik berolmaydi.
11
Fosiqlarning uyi xaroba bo‘ladi, to‘g‘rilarning chodiri esa gullab–yashnaydi.
12
Shunday yo‘l borki, insonga to‘g‘ri bo‘lib ko‘rinadi, ammo oxiri o‘limga olib boradi.
13
Kulsa ham yurakda qayg‘u bor, xursandchilikning oxiri g‘amdir.
14
Yuragi qing‘ir o‘z egriligidan, yaxshi odam esa to‘g‘riligidan mamnun.
15
Sodda har bir so‘zga ishonaveradi, aqlli esa qadamini o‘ylab bosadi.
16
Dono qo‘rqib yomonlikdan uzoqlashadi, nodon esa jahli tez va beparvo.
17
Badjahl aqlsizlik qiladi, badniyat esa nafratga uchraydi.
18
Soddalarning nasibasi — nodonlik, aqllilarning toji esa ilmu ma’rifatdir.
19
Yomonlar yaxshilarning oldida, fosiqlar esa solihlarning darvozasida ta’zim qiladi.
20
Kambag‘aldan qo‘shnilari ham nafratlanadi, boyning esa o‘rtoqlari ko‘p.
21
Qo‘shnisini xor qilgan — gunohkor, muhtojga marhamat qilgan esa baxtlidir.
22
Niyati buzuqlar yo‘ldan adashmaydimi?! Yaxshi niyatlilar abadiy sevgiga sazovor bo‘ladi.
23
Har bir mehnatdan foyda bor, quruq gap esa kambag‘allik keltiradi.
24
Oqillarning toji — donoligi, aqlsizning nodonligi esa ahmoqligidir.
25
Rostgo‘y guvoh jonni qutqarsa, yolg‘onchi guvoh aldaydi.
26
Egamizdan qo‘rqish — mustahkam qal’a, farzandlariga ham O‘zi panohdir.
27
Egamizdan qo‘rqish hayot manbaidir, u o‘limdan qutqaradi.
28
Xalqining ko‘pligi — shohning shuhrati, kamligi esa hokimning halokatidir.
29
Sabr–toqatli odam aql–idroklidir, jahldorlik ahmoqlikni bildiradi.
30
Xotirjam yurak tanaga hayot baxsh etadi, hasadgo‘ylik esa suyaklarni chiritadi.
31
Kambag‘alga zulm qilgan ularni Yaratganni tahqirlagan, muhtojga yordam bergan esa Xudoni ulug‘lagan bo‘ladi.
32
Fosiq o‘z qilmishlari tufayli halokatga uchraydi, solihga esa o‘limida ham panoh bor.
33
Donolik oqilning qalbida yashaydi, nodonlar orasida ham o‘zini bildiradi.
34
Solihlik xalqni yuksaltirsa, gunoh sharmanda qiladi.
35
Donolik bilan ish qiladigan qul shohning marhamatiga sazovordir, sharmandali ish qiladigan esa uning g‘azabiga uchraydi.
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 15 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31