bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 26
Proverbs 26
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 25
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 27 →
1
Aqlsizga izzat–hurmat ko‘rsatish yozda yoqqan qor, yig‘im–terim paytidagi yomg‘ir kabidir.
2
Qushlar bekorga osmonga ko‘tarilmaganday, sababsiz la’nat ham odamga tegmaydi.
3
Otga — qamchi, eshakka — suvluq, aqlsizning orqasiga esa — tayoq.
4
Nodonga nodonligiga yarasha javob berma, bo‘lmasa sen ham unga o‘xshab qolasan.
5
Nodonga nodonligiga yarasha javob ber, tag‘in o‘zicha dono bo‘lib ketmasin.
6
Aqlsiz orqali xabar yuborgan odam oyog‘ini kesib tashlaganday azob chekadi.
7
Ahmoqning og‘zidagi matal cho‘loq oyoqdaydir.
8
Aqlsizga izzat–hurmat ko‘rsatish palaxmonga tosh bog‘lab qo‘yish kabidir.
9
Nodonning tilidagi matal mastning qo‘lidagi tikandaydir.
10
Ahmoqni va yo‘ldan o‘tgan har bir mastni yollagan odam to‘g‘ri kelganni otadiganga o‘xshaydi.
11
O‘z qusug‘iga qaytib keladigan it kabi, nodon ham o‘z aqlsizligini takrorlaydi.
12
O‘zini dono deb o‘ylaganni ko‘rganmisan? Undan ko‘ra, aqlsizdan umid ko‘proq.
13
Dangasa: “Ko‘chada sher bor, u ochiq maydonda yuribdi”, — deydi.
14
Eshik o‘z o‘qida aylanadi, tanbal esa o‘z o‘rnida.
15
Dangasa qo‘lini kosaga cho‘zadi–yu, og‘ziga olib kelishga erinadi.
16
Tanbal o‘z nazarida farosat bilan gapiradigan yetti kishidan ham donoroq.
17
Boshqalarning janjaliga aralashgan daydi itning qulog‘idan cho‘zgandaydir.
18
Telba o‘t, nayza va o‘lim yog‘diradi.
19
Birovni aldab: “Faqat hazillashgan edim” degan ham shunday.
20
O‘tin bo‘lmasa, o‘t o‘chib qoladi, chaqimchi bo‘lmasa, janjal to‘xtaydi.
21
Ko‘mir — cho‘g‘ uchun, o‘tin — olov uchun, urishqoq esa janjal chiqarish uchundir.
22
G‘iybatchining so‘zi — eng shirin ovqat, butun a’zoyi badanga singib ketadi.
23
Shirin so‘zli yomon niyatli odam kumush suvi yuritilgan sopol idish kabidir.
24
Dushman tilida boshqacha so‘zlaydi, dilida esa aldashni niyat qiladi.
25
U yumshoq so‘zlaganda ishonma, chunki yuragi qabihlikka to‘la.
26
Nafrat yolg‘on bilan yashirilgan bo‘lsa ham, yomonligi el–yurtga oshkor bo‘ladi.
27
Birovga chuqur qaziganning o‘zi unga tushadi, tosh dumalatganga esa o‘sha tosh qaytadi.
28
Yolg‘onchi til o‘zi yaralaganni yomon ko‘radi, xushomadgo‘y esa halokat keltiradi.
← Chapter 25
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 27 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31