bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 30
Proverbs 30
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 29
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 31 →
1
Yoxining o‘g‘li Ag‘urning Ixtiyolga bergan, Itel va O‘xalga aytgan so‘zlari:
2
“Rostdan ham odamlar orasida eng aqlsizi ekanman, insonning aql–idroki menda yo‘q.
3
Na donolikni o‘rganibman, na Xudoni bilibman.
4
Kim osmonga ko‘tarilgan, osmondan tushgan? Shamolni hovuchlariga yiqqan kim? Kim suvni o‘z kiyimiga o‘ragan? Yerning barcha chegaralarini o‘rnatgan kim? Uning ismi nima? O‘g‘lining ismi–chi? Bilasan–ku!
5
Xudoning har bir so‘zi haqiqatdir, O‘zi esa Unga umid bog‘laganning qalqoni.
6
Uning so‘zlariga qo‘shma, U jazolasa, yolg‘oning fosh etilsa nima qilasan?
7
Sendan ikki narsani so‘rayman, o‘lmasimdan oldin qilgin.
8
Soxtalik va yolg‘onni mendan uzoqlashtir, menga qashshoqlik ham, boylik ham emas, faqat nasibamni bergin.
9
Qornim to‘yganda: “ Egam kim o‘zi?” deb aytmayin, kambag‘allikdan o‘g‘irlik qilib Uni badnom qilmayin.
10
Qul seni la’natlamasligi uchun egasiga yomonlama, bo‘lmasa jazolanasan.
11
Shunday nasl borki, otasiga la’nat o‘qiydi, onasini duo qilmaydi.
12
Shunday nasl borki, o‘zining nazarida pok, lekin iflosligidan tozalanmagan.
13
Shunday nasl bor, ko‘zlari qanchalik takabbur, qarashlari esa mag‘rur.
14
Shunday nasl borki, tishlari — qilich, qoziq tishlari esa pichoq, yer yuzidan kambag‘alni, odamlar orasidan muhtojni yo‘qotadi.
15
Zulukning ikki qizi bor: “Ber, ber!” — deb aytadi. Hech qachon qoniqmaydigan uch narsa, yetarli, demaydigan to‘rt narsa bor.
16
Do‘zax, bepusht bachadon, suvsiragan tuproq hamda olov, yetarli, demaydi.
17
Otani mazaxlaydigan, onaga bo‘ysunishni rad etadigan ko‘zlarni quzg‘unlar cho‘qiydi, kalxat bolalari yeydi.
18
Meni hayron qoldiradigan uch narsa bor, to‘rt narsa borki, aqlimga sig‘maydi:
19
Havodagi burgutning yo‘li, tosh ustidagi ilonning yo‘li, dengiz o‘rtasidagi kemaning yo‘li hamda qizga yuradigan erkaklarning yo‘li.
20
Zinokor ayolning yo‘li ham shundaydir: u yeb bo‘lgach, og‘zini artib: “Hech bir egrilik qilmadim–ku!” — deydi.
21
Yer uch narsadan larzaga keladi, to‘rt narsani ko‘tara olmaydi:
22
Qul shohlik qilganda, ahmoq to‘yganda,
23
Yomon ko‘rilgan ayol erga tekkanda, cho‘ri bekasining o‘rnini olganda.
24
Yer yuzida to‘rtta kichkina narsa bor, lekin o‘ta dono:
25
Chumolilar zaif, lekin yeguligini yozda tayyorlaydi.
26
Bo‘rsiq kamquvvat, lekin inini qoyaga quradi.
27
Chigirtkalarning sardori yo‘q, lekin barchasi hamjihat yurish qiladi.
28
O‘rgimchakni qo‘l bilan ushlasa bo‘ladi, lekin saroyda ham yuradi.
29
Yurishi salobatli uch narsa, qadami ulug‘vor to‘rt narsa bor:
30
Sher hayvonlar ichida eng kuchlisi, hech nimadan qochmaydi.
31
Maqtanib yuradigan xo‘roz, serka va g‘olib shoh.
32
O‘zingni yuqori qo‘yib ahmoqlik yoki yomon niyat qilgan bo‘lsang, og‘zingni qo‘ling bilan yum.
33
Chunki kuv pishsa yog‘ chiqadi, burunga ursa qonaydi, jahlni qo‘zg‘atsa janjal chiqadi.”
← Chapter 29
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 31 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31