bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 5
Proverbs 5
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 6 →
1
O‘g‘lim, donoligimga e’tibor ber, aql–idrokimga quloq sol,
2
toki fahm–farosating yo‘qolmasin, biliming saqlansin.
3
Buzuq ayolning tilidan bol tomadi, so‘zlari — malhamday yumshoq,
4
ammo oqibati zaharday achchiq, xanjarday o‘tkirdir.
5
Oyoqlari o‘lim tomon yuradi, qadamlari o‘liklar diyoriga yetaklaydi.
6
U hayotga olib boradigan yo‘lga e’tibor bermaydi, yo‘llari beqaror, o‘zi buni bilmaydi.
7
O‘g‘lim, menga quloq sol, so‘zlarimdan chiqma.
8
U ayoldan uzoqroq yur, uning eshigiga yaqinlashma.
9
Bo‘lmasa o‘z obro‘ingni begonalarga, hayotingni esa yovuzlarga berasan.
10
Boyligingdan begonalar bahramand bo‘ladi, mehnat bilan topgan mol–mulking o‘zgalarning uyida bo‘ladi.
11
Umring oxirida, vujudingu tanangdan asar qolmagach, faryod qilasan.
12
O‘shanda shunday deysan: “Men intizom va tanqiddan qanchalik nafratlanar edim–a,
13
Na ustozlarimga, na nasihat berganlarga quloq solibman.
14
Ana, oqibat jamoa ichida halokat qirg‘og‘iga kelib qoldim.”
15
O‘z sardobangdagi, o‘z qudug‘ingdagi suvni ichaver.
16
Buloqlaring tashqarida, irmoqlaring ko‘chada oqsinmi?
17
Uni begonalar bilan baham ko‘rma, faqat o‘zingniki bo‘lsin.
18
Bulog‘ing suvlari muborak bo‘lsin, ko‘z ochib ko‘rganing bilan quvongin.
19
Jozibali ohu va go‘zal kiyik! Uning og‘ushi seni qoniqtirsin, doim uning sevgisi bilan qanoatlangin.
20
Nega endi, o‘g‘lim, begona xotinni ko‘ngling qo‘msaydi? Nimaga begona ayolning og‘ushini quchasan?
21
Insonning xatti–harakatlari Egamizning ko‘zi oldida, odamning barcha ishlarini kuzatib turadi.
22
Fosiqning ishlari uning o‘zini ushlaydi, gunohlari esa zanjirga soladi.
23
U intizomsizligidan o‘ladi, ahmoqligi tufayli yo‘ldan ozadi.
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 6 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31