bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 23
Proverbs 23
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 22
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 24 →
1
Hokim bilan ovqatlanishga o‘tirganda, oldingga qo‘yilgan narsalarga nazar sol.
2
Agar ishtahang katta bo‘lsa, bo‘g‘zingga pichoq qo‘y.
3
Uning ne’matlarini ko‘ngling tusamasin, chunki u aldaydigan taomdir.
4
Boy bo‘lay deb ko‘p harakat qilma, fahmu farosat bilan bu fikringdan voz kech.
5
Boylik ko‘z ochib–yumguncha yo‘q bo‘ladi, qanot qoqib burgutday osmonga uchib ketadi.
6
Xasisning ovqatidan yema, uning ne’matlarini ko‘ngling tusamasin.
7
Chunki u ko‘nglida o‘zining foydasini hisoblaydi, “Yegin, ichgin”, — deydi–yu, ko‘ngli sen bilan emas.
8
Yegan luqmangni qayt qilasan, shirin so‘zlaring havoga uchib ketadi.
9
Ahmoqqa gap gapirma, hikmatli so‘zlaringni rad etadi.
10
Qadimiy chegaralarni buzma, yetimlarning dalasini tortib olma.
11
Chunki ularning Himoyachisi qudratli, U yetimlarning tarafini oladi.
12
Yuragingni nasihatga, quloqlaringni esa idrok so‘zlariga och.
13
Boladan tanbehni ayama, chunki tayoq bilan ursang o‘lmaydi.
14
Tayoq bilan urib jazolasang, jonini do‘zaxdan saqlaysan.
15
O‘g‘lim, qalbingda donolik bo‘lsa, yuragim quvonadi.
16
Tilingdan to‘g‘ri so‘z chiqsa, ko‘nglim ham shodlanadi.
17
Gunohkorlarga havas qilma, doim Egamizdan qo‘rqib yur.
18
Chunki albatta kelajak bor, umiding ro‘yobga chiqadi.
19
O‘g‘lim, tinglab dono bo‘l, yuragingni to‘g‘ri yo‘lga sol.
20
Mayxo‘r va ochko‘zlik bilan go‘sht yeydiganlar orasida bo‘lma.
21
Chunki mayxo‘r va ochko‘z qashshoq bo‘ladi, uyquchilik esa juldur kiyim kiydiradi.
22
Seni dunyoga keltirgan otangga quloq sol, onang qariganda xor qilma.
23
Haqiqatni sotib ol, donolik, yo‘l–yo‘riq, idrok ham ol, ularni sotma.
24
Solih otasining boshini ko‘kka yetkazadi, dono farzand uni xursand qiladi.
25
Ota–onang sendan xursand bo‘lsin, senga hayot bergan onang shod bo‘lsin.
26
O‘g‘lim, menga qalbingni och, ko‘zlaring ishlarimni kuzatsin.
27
Chunki buzuq xotin — tubsiz choh, zinokor xotin tor quduqdir.
28
U qaroqchi kabi poylab turadi, odamlar orasida vafosizlikni orttiradi.
29
Qayg‘u kimda, kim g‘am–tashvish tortadi, kim janjal qiladi, shikoyat qilgan kim? Kim sababsiz yaralanadi? Kimning ko‘zlari qip–qizil?
30
Sharob ichishga berilganlar, xush hidli mayni totib ko‘rishga ko‘p borgan.
31
Sharobning qizilligiga, qadahda cho‘g‘day tovlanishiga, tekis quyilishiga qarama.
32
Oxirida u ilon kabi chaqadi, qora ilonday zahar sochadi.
33
Ko‘zlaring g‘alati narsalarni ko‘radi, yuragingda egri fikrlar bo‘ladi.
34
Dengiz o‘rtasida yotganday, kema ustunida uxlaganday bo‘lasan.
35
“Meni urdilar, og‘rimadi, kaltakladilar, lekin bilmadim. Qachon uyg‘onaman?! Yana bir ichay”, — deysan.
← Chapter 22
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 24 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31