bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 13
Proverbs 13
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 14 →
1
Aqlli farzand otasining nasihatlarini qabul qiladi, mazax qiluvchi esa tanbehga quloq solmaydi.
2
Yaxshi odam so‘zlari bilan yaxshilikka erishadi, xoin esa zo‘ravonlikka.
3
Tilini tiygan jonini asraydi, tiliga erk bergan esa halokatga uchraydi.
4
Dangasaning ko‘ngli xohlaydi–yu, ammo hech narsaga erisha olmaydi, tirishqoq esa orzusiga yetishadi.
5
Solih yolg‘ondan nafratlanadi, fosiq esa uyatli va sharmandali ishlar qiladi.
6
Solihlik to‘g‘ri yuradiganni himoya qiladi, fosiqlik esa gunohkorni halok qiladi.
7
Shunday odam bor, hech narsasi yo‘g‘–u, o‘zini boy ko‘rsatadi. Yana shunday odam bor, boyligi ko‘p–u, o‘zini qashshoq ko‘rsatadi.
8
Jonning haqi — uning boyligi, kambag‘al esa do‘q–po‘pisadan qo‘rqmaydi.
9
Solihlarning chirog‘i doim charog‘on, fosiqniki esa o‘chib qoladi.
10
Mag‘rurlikdan faqat urush chiqadi, nasihatga quloq solgan odamda esa donolik bor.
11
Hiyla bilan topilgan davlat yo‘qoladi, mehnat bilan topilgani esa ko‘payadi.
12
Ro‘yobga chiqmagan umid yurakni ezadi, ushalgan orzu esa hayot daraxtidir.
13
Pand–nasihatlardan nafratlangan o‘ziga halokat keltiradi, amrga quloq solgan esa taqdirlanadi.
14
Dononing ta’limoti — hayot manbayi, odamni o‘lim tuzog‘idan xalos etadi.
15
Idrokli inson marhamatga erishadi, xoinning yo‘li esa mashaqqatlidir.
16
Zukko odam aql bilan ish qiladi, aqlsiz esa ahmoqligini ko‘rsatadi.
17
Yomon xabarchi kulfat olib keladi, sodiq xabarchi esa yurakka shifo keltiradi.
18
Nasihatga quloq solmaganlarga qashshoqlik va uyat, tanbehga quloq solganlarga esa hurmat–izzat.
19
Amalga oshgan tilak jonga rohat beradi, nodon odam yomonlikdan ayrilishni rad etadi.
20
Dono bilan yurgan dono bo‘ladi, ahmoqqa yo‘ldosh bo‘lgan esa halok bo‘ladi.
21
Baxtsizlik gunohkorning ketidan quvib yuradi, solihning mukofoti esa baxt–saodatdir.
22
Yaxshi odam bolalarining bolalariga ham meros qoldiradi, fosiqning boyligi esa solihga nasib etadi.
23
Kambag‘alning dalasida g‘alla mo‘l, lekin adolatsizlik tufayli vayron bo‘ladi.
24
Kaltakni ayagan odam o‘g‘lini yomon ko‘radi, o‘g‘lini sevgan esa yoshlikdan tartib–intizomga o‘rgatadi.
25
Solih qorni to‘yib ovqat yeydi, fosiq esa och qoladi.
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 14 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31