bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 31
Proverbs 31
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 30
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
1
Shoh Lemulning so‘zlari. Bu so‘zlarni unga onasi o‘rgatgan:
2
“O‘g‘lim, nima desam ekan? Nima deyin, ey, jigarbandim? Xudodan tilab olgan o‘g‘lim, senga ne aytay?
3
Quvvatingni xotinlarga berma, shohni buzadiganlarga hayotingni sarf qilma.
4
Ey, Lemul, shohlar uchun emas sharob, may amaldorlar uchun emas!
5
Ular ichib qonunni unutadi, ezilgan xalqning hukmida egrilik qiladi.
6
Mayni halok bo‘layotganga, sharobni esa qayg‘u chekkanga bergin.
7
Ular ichib kambag‘alligini unutsin, falokatlarini eslamasin.
8
Og‘zingni gung uchun ochgin, boshiga kulfat tushganlarning tarafini olgin.
9
Gapir, adolat bilan hukm qil, bechora va kambag‘allarni himoya qil.”
10
Farosatli xotinni kim topa oladi? Uning bahosi gavhardan ham baland.
11
Eri unga yurakdan ishonadi, hech narsaga muhtoj bo‘lmaydi.
12
U eriga yomonlik emas, bir umr yaxshilik qiladi.
13
Jun va surp topadi, xursand bo‘lib o‘z qo‘li bilan ishlaydi.
14
Savdo kemalari kabi uzoqdan nonini keltiradi.
15
Qorong‘uda o‘rnidan turib, uy ahlini ovqatlantiradi, xizmatkorlariga topshiriq beradi.
16
O‘ylab dala sotib oladi, o‘z qo‘li bilan uzumzor yaratadi.
17
Belini mahkam bog‘lab, qo‘llariga quvvat beradi.
18
Qilgan ishining rohatini ko‘radi, tunlari ham chirog‘i o‘chmaydi.
19
Qo‘lini charxga qo‘yadi, barmoqlari dukni tutadi.
20
Kambag‘allarga qo‘lini uzatadi, muhtojlarga rahm qiladi.
21
Uy ahli uchun qish–qirovdan qo‘rqmaydi, chunki ular hammasi qalin kiyintirilgan.
22
O‘zi uchun so‘zana tikadi, libosi esa kimxob va shoyidandir.
23
Eri yurt oqsoqollari orasida o‘tiradi, shahar darvozasida tanilgan.
24
Yana shoyidan kiyim tikib sotadi, savdogarlarga belbog‘ yetkazib beradi.
25
Libosi — quvvat, sharaf, u kelajakka qarab quvonadi.
26
Donolik bilan so‘zlaydi, mehr bilan nasihat qiladi.
27
Uy ahliga yaxshi qaraydi, dangasalik qilmaydi.
28
Bolalari turib duo qiladi, eri ham maqtaydi.
29
“Farosatli ayollar ko‘p, ammo sen hammasidan a’losan.”
30
Joziba aldamchi, chiroy esa o‘tkinchidir, ammo Xudodan qo‘rqadigan ayol ko‘kka ko‘tariladi.
31
Mehnatining mevasini ko‘rsin, ishlari darvozalarda uni sharaflasin.
← Chapter 30
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31