bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 27
Proverbs 27
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 26
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 28 →
1
Ertangi kun bilan maqtanma, uning nima olib kelishini bilmaysan–ku!
2
Seni o‘zing emas, boshqalar, o‘z og‘zing emas, o‘zgalar maqtasin.
3
Tosh ham, qum ham og‘ir, aqlsizning g‘azabi esa ikkovidan ham og‘irroq.
4
Jahl — zolim, g‘azab bir toshqindir, rashk oldida kim bardosh bera oladi?!
5
Oshkora tanbeh pinhona mehrdan yaxshiroq.
6
Dushmanning shirin so‘zi emas, do‘stning kaltaklashi sadoqatni ko‘rsatadi.
7
To‘q odam asalni ham oyoq osti qiladi, ochga esa achchiq narsa ham shirin.
8
O‘z uyini tashlab ketgan odam inidan ayrilgan qushga o‘xshaydi.
9
Xushbo‘y moy va muattar atir ko‘ngilni shod qiladi, do‘stning samimiy maslahati esa quvonch keltiradi.
10
O‘z do‘stingni va otangning do‘stini tashlama, og‘ir kunda akangnikiga chopma, yaqin qo‘shni uzoqdagi akadan yaxshiroq.
11
Ey, o‘g‘lim, dono bo‘l, qalbimni quvontir, shunda birov meni tanqid qilsa ham, javob qaytara olaman.
12
Es–hushli odam xavf–xatarni ko‘rib yashirinadi, sodda esa to‘xtamasdan boraveradi, shuning uchun qiynaladi.
13
Begonaga kafillik qilsang, kiyimini yechib ol, chet ellikdan esa garov ol.
14
Tong–saharlab do‘stiga hamdu sano aytgan odam unga la’nat o‘qigan bo‘ladi.
15
Janjalkash xotin yomg‘irli kunda to‘xtamay tomayotgan chakkaga o‘xshaydi.
16
Uni boshqarish shamolni boshqarish yoki o‘ng qo‘l bilan moyni ushlash demakdir.
17
Temir temirni o‘tkirlaydi, inson esa do‘stini.
18
Anjirni parvarish qilgan odam uning mevasidan bahramand bo‘ladi, sohibiga yaxshi qaragan esa izzat–hurmatli bo‘ladi.
19
Suv insonning yuzini aks ettirgani kabi, yuragi ham uning ko‘zgusidir.
20
O‘lim va Halokat hech to‘ymaganiday, insonning ko‘zi ham aslo to‘ymaydi.
21
Kumush, oltin olovda sinaladi, odam esa maqtovda.
22
Ahmoqni keliga solib don bilan birga yanchsang ham, ahmoqligi undan ajralmaydi.
23
Qo‘ylaringning ahvolini yaxshi bil, podalaringga yaxshi qara.
24
Chunki boylik ham, toj ham abadiy emas.
25
O‘tlar qurib, yangi ko‘katlar o‘sib chiqqanda, qir–adirdagi o‘t–o‘lanlar yig‘ib olinganda,
26
qo‘zilar kiyim–kechagingni, echkilar esa dala bahosini qoplaydi.
27
Echkilarning suti ko‘p, senga ham, uy ahlingga ham, hatto xizmatkorlaringga ham yetarli.
← Chapter 26
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 28 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31