bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 16
Proverbs 16
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 15
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 17 →
1
Rejalar odamning yuragida, tildagi javob esa Egamizdan.
2
Odamning qilmishlari uning nazarida to‘g‘ri, lekin Egamiz yurakning pokligini o‘lchaydi.
3
Ishlaringni Egamizga topshir, shunda rejalaring mustahkam bo‘ladi.
4
Hamma narsani Egamiz o‘z maqsadi bilan yaratdi, hatto fosiqlar ham kulfat kuni uchun yaralgan.
5
Barcha takabburlar Egamizga jirkanch, ular jazosiz qolmaydilar.
6
Abadiy sevgi tufayli gunoh kechiriladi, Egamizdan qo‘rqish yomonlikdan uzoqlashtiradi.
7
Egamizga insonning yo‘llari ma’qul kelganda, dushmanlari bilan ham yarashtiradi.
8
Adolatsiz kelgan ko‘p daromaddan, halol mehnat bilan topilgan ozginasi yaxshiroq.
9
Odam yuragida niyat qiladi, Egamiz esa uning yo‘lini mustahkamlaydi.
10
Xudoning so‘zlari shohning tilida, hukm qilganda xato qilmaydi.
11
To‘g‘ri taroziyu pallalar Egamiznikidir, tarozi toshlarini ham Xudo yaratgan.
12
Shohning yomonlik qilishi qabihlikdir, chunki uning taxti adolat tufayli mustahkam.
13
To‘g‘ri so‘z shohning quvonchidir, u rostgo‘ylarni yaxshi ko‘radi.
14
Shohning g‘azabi o‘lim darakchisidir, dono uni tinchlantiradi.
15
Shoh yuzidagi tabassum hayotdan nishona, Uning marhamati esa yomg‘ir keltiradigan bulut kabidir.
16
Dono bo‘lish — oltindan, idrok topish esa kumushdan ham yaxshiroqdir.
17
To‘g‘rining yo‘li yomonlikdan uzoqlashtiradi, yo‘lini qo‘riqlagan esa o‘z jonini asraydi.
18
Mag‘rurlikning ortidan halokat keladi, takabburlikdan so‘ng esa odam qoqiladi.
19
Takabburlar bilan o‘lja bo‘lishgandan ko‘ra, kamtarin bo‘lib kambag‘allar orasida bo‘lish yaxshiroq.
20
Gapga tushunadigan yaxshilik topadi, Egamizga umid bog‘lagan baxtli bo‘ladi.
21
Qalbida donolik bo‘lgan farosatli deb ataladi, shirinsuxanlik aql–idrokni ko‘paytiradi.
22
Idrok o‘zining sohibi uchun hayot bulog‘i, ahmoqlik esa ahmoqqa jazodir.
23
Dononing yuragi tiliga idrok beradi, so‘zlarini ishonchli qiladi.
24
Yoqimli so‘z asal kabidir, jonga rohat, suyaklarga malhamdir.
25
Shunday yo‘l borki, insonga to‘g‘ri bo‘lib ko‘rinadi, ammo oxiri o‘limga olib boradi.
26
Mehnat qiladigan odam o‘zi uchun ishlaydi, chunki och qorni uni undaydi.
27
Fosiq yomonlikni qo‘zg‘aydi, so‘zlari kuydiradigan olov kabidir.
28
Makkor janjal chiqaradi, g‘iybatchi esa yaqin do‘stlarni ajratadi.
29
Yovuz o‘zgani aldab, yomon yo‘lga boshlaydi.
30
Ko‘zini qisgan — yomon niyatda, labini tishlagan esa yovuzlik qilgan.
31
Oqargan sochlar — sharofat toji, solihlik yo‘lida yurgan unga erishadi.
32
Jahlini tiygan — qudratlidan, o‘zini tuta biladigan esa shaharni yenggandan yaxshiroq.
33
Qur’a tashlanadi, ammo barcha qaror Egamizdandir.
← Chapter 15
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 17 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31