bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 22
Proverbs 22
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 21
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 23 →
1
Yaxshi nom — eng katta boylikdan ortiq, marhamatga sazovor bo‘lish esa kumushu oltindan ham yaxshi.
2
Boy bilan kambag‘alning bir o‘xshashligi bor, ikkovini ham Egamiz yaratgan.
3
Es–hushli xavf–xatarni ko‘rib yashirinadi, sodda esa to‘xtamasdan boraveradi, shuning uchun qiynaladi.
4
Kamtarlik va Egamizdan qo‘rqish boylik, hurmat va hayot keltiradi.
5
Egrining yo‘lida tikanzor va tuzoqlar bor, o‘z jonini asragan undan uzoqlashadi.
6
Bolani to‘g‘ri yo‘lga solib tarbiyala, shunda qariganda ham yo‘lidan adashmaydi.
7
Boylar kambag‘allar ustidan hukmronlik qiladi, qarzdor esa qarz berganning qulidir.
8
Fosiqlikni ekkan tashvish yig‘adi, jahl qamchisi esa sinadi.
9
Saxiy baraka topadi, chunki o‘z nonini kambag‘allar bilan baham ko‘radi.
10
Mazax qiluvchini oradan quv! Shunda g‘avg‘o ketadi, janjalu haqorat ham barham topadi.
11
Pokdillikni sevib, xushmuomala bo‘lganga shoh do‘st bo‘ladi.
12
Egamiz ilm–ma’rifatli insonni asraydi, U xoinning so‘zlarini puchga chiqaradi.
13
Dangasa: “Tashqarida sher bor, ko‘chada meni o‘ldiradi”, — deydi.
14
Buzuq ayolning og‘zi tubsiz chohdir, Egamizning g‘azabiga uchraganlar unga tushadi.
15
Aqlsizlik bolaning diliga o‘rnashgan, tanbeh qamchisi uni ajratib yuboradi.
16
Boy bo‘laman deb qashshoqni ezgan ham, boyga sovg‘a qilgan ham kambag‘allashadi.
17
Donolarning so‘zlariga quloq tut, qalbingni bilimimga och.
18
Chunki bu so‘zlarni qalbingda saqlasang, diling yashnaydi, ular doim tilingda tayyor bo‘lsin.
19
Egamizga umid bog‘lagin deb bugun shularni o‘rgatyapman.
20
Senga bilim va maslahat bilan o‘ttizta nasihat yozib bermaganmidim?!
21
Bu haqiqat so‘zlarini o‘rganib, seni yuborganlarga aytib berishing uchun edi.
22
Kambag‘aldan kambag‘alligi uchun o‘g‘irlama, baxtsizni darvoza oldida hukm qilganda qiynama.
23
Chunki Egamiz himoya qilib, ulardan olganning jonini oladi.
24
Urishqoq bilan do‘stlashma, badjahl bilan yurma.
25
Bo‘lmasa sen ham ularning yo‘liga tushib qolasan, joningni tuzoqqa ilintirasan.
26
Begona bilan qo‘l tashlashma, o‘zganing qarziga kafillik beradiganlarning birisi bo‘lma.
27
To‘lash uchun hech narsang bo‘lmasa, nega tagingdagi to‘shagingni olib ketishi kerak?!
28
Ota–bobolaring qo‘ygan qadimiy chegaralarni buzma.
29
O‘z ishiga mohir ustani ko‘rganmisan? U oddiy odamlarga emas, shohga xizmat qiladi.
← Chapter 21
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 23 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31