bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 17
Proverbs 17
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 18 →
1
Dasturxoni to‘la janjalli uydan, bir tishlam qattiq noni bor tinch xonadon yaxshiroq.
2
Sharmandali ish qiladigan o‘g‘il ustidan farosatli qul hukmronlik qiladi, u aka–ukalar qatori merosga sherik bo‘ladi.
3
Kumush, oltin olovda sinaladi, odamlarning qalbini esa Egamiz sinaydi.
4
Fosiqlar yovuz odamlarning gapiga kiradi, yolg‘onchi esa g‘iybatga quloq soladi.
5
Kambag‘alni mazax qilgan ularni Yaratganni tahqirlaydi, qiyinchilikda quvonadigan jazosiz qolmaydi.
6
Nabiralar — keksalarning toju taxti, o‘g‘illarning shon–shuhrati otalaridir.
7
Yaxshi so‘z nodonga yarashmagandek, yolg‘onchilik ulug‘sifat odamga aslo to‘g‘ri kelmaydi.
8
Pora egasining nazarida sehrli qimmatbaho tosh, go‘yo hamma yerda omad keltiradi.
9
Gunohni berkitgan do‘stlikni saqlaydi, uni kavlashtirgan esa do‘stni uzoqlashtiradi.
10
Donoga berilgan bitta tanbeh nodonning boshida singan yuzta kaltakdan ta’sirliroq.
11
Fosiq faqat g‘alayon payida bo‘ladi, shuning uchun unga yovuz elchi yuboriladi.
12
Tentakning ahmoqligiga yo‘liqqandan ko‘ra, bolalaridan ayrilgan ona ayiqqa duch kelgan yaxshiroq.
13
Yaxshilikka yomonlik qilganning xonadonidan yomonlik arimaydi.
14
Janjalning boshlanishi — suv urib ketishiday, chiqmay turib uni to‘xtat.
15
Fosiqni oqlash, solihni ayblash — ikkovi ham Egamizga jirkanchdir.
16
Bu nima?! Nodonning qo‘lida boylik bor, “Donolik sotib olay”, — deydi, lekin unda aql yo‘q.
17
Do‘st har qachon sevish uchundir, aka–ukalar ham og‘ir kun uchun tug‘ilgan.
18
Qo‘l tashlab birovga kafillik qiladigan aqlsizdir.
19
Gunohni yaxshi ko‘rgan urush–janjalni sevar, o‘ziga bino qo‘ygan halokat qidirar.
20
Makkor yurakli yaxshilikka erishmaydi, egri til esa kulfatga duchor bo‘ladi.
21
Nodon farzandli bo‘lish qayg‘u keltiradi, ahmoqning otasi esa shodlik nimaligini bilmaydi.
22
Shod yurak — shifobaxsh dori, g‘am–kulfat esa jonning egovidir.
23
Fosiq qo‘ynidan pora olib adolat yo‘lini o‘zgartiradi.
24
Fahm–farosatli inson donolikka qaraydi, nodonning ko‘zi esa dunyoning narigi chetida.
25
Ahmoq farzand — otasiga qayg‘u, uni tuqqan onaga esa g‘amdir.
26
Solihni jazolash, amaldorni odilligi uchun koyish yaxshi emas.
27
Kam gapirgan — dono, og‘ir, vazmin esa idroklidir.
28
Ahmoq ham indamay o‘tirsa dono, tilini tiygan esa farosatli hisoblanadi.
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 18 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31