bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 18
Proverbs 18
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 17
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 19 →
1
Boshqalardan ajralgan o‘z istagini qondirishni xohlaydi, u butun donolikka qarshidir.
2
Nodon aql–idrokni yoqtirmaydi, faqat o‘zini ko‘rsatadi.
3
Fosiq bilan sharmandalik keladi, hurmatsizlik bilan esa uyat.
4
Odamning so‘zlari chuqur suvga o‘xshaydi, donolik bulog‘i esa oshib–toshgan irmoqdir.
5
Fosiqning tarafini olish, hukmda solihni ayblash yaxshi emas.
6
Ahmoqning tili janjal chiqaradi, so‘zlari esa kaltak keltiradi.
7
Ahmoqning tili o‘ziga halokat, so‘zlari joniga tuzoqdir.
8
G‘iybatchining so‘zi shirin ovqat kabidir, odamning butun a’zoyi badaniga singib ketadi.
9
Ishda dangasa bo‘lgan odam buzg‘unchiga og‘aynidir.
10
Egamizning nomi mustahkam qal’adir, solih u yerga borib eson–omon bo‘ladi.
11
Boyning boyligi qal’asidir, uning nazarida shaharning baland devori.
12
Takabburlik halokatga olib boradi, kamtarinlik esa shon–shuhrat keltiradi.
13
Oxirigacha tinglamay javob bergan ahmoqdir, u sharmanda bo‘ladi.
14
Odamning ruhi kasallikka chiday oladi, lekin tushkun ruhga kim toqat qila oladi?!
15
Aqllining qalbi bilim oladi, dono ilmu ma’rifatga intiladi.
16
Sovg‘a egasiga hamma eshiklarni ochadi, katta odam oldiga olib boradi.
17
Birinchi gapirgan odam boshqasi kelib, tekshirmaguncha, haq ko‘rinadi.
18
Qur’a janjalni to‘xtatadi, kuchli raqiblarni ham ajratadi.
19
Xafa bo‘lgan birodarga yaqinlashish kuchli shaharni olishdan ham qiyin, o‘rtadagi janjal qal’aning qulfiga o‘xshaydi.
20
Odamning qorni og‘zining mahsuli, tilining samarasi bilan to‘yadi.
21
O‘lim ham, hayot ham tilning hukmidadir, birisini sevgan mevasini yeydi.
22
Xotin topgan baxt topib, Egamizning marhamatiga sazovor bo‘ladi.
23
Kambag‘al iltijo bilan gapiradi, boy esa qo‘pol javob beradi.
24
Shunday do‘st borki, u halokat keltiradi, do‘st borki, u tug‘ishgandan ham yaqinroqdir.
← Chapter 17
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 19 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31