bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 15
Proverbs 15
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 14
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 16 →
1
Yumshoq javob g‘azabni qaytaradi, qattiq so‘z esa jahl chiqaradi.
2
Donolar tilidan ilm–hikmat yog‘ilsa, nodonlardan ahmoqlik chiqadi.
3
Egamizning ko‘zlari hamma joyda, U yaxshiyu yomonni ko‘rib turadi.
4
Shirin so‘z — hayot daraxti, buzuq til — jonning halokati.
5
Ahmoq otasining nasihatini rad etadi, tanbehga quloq solgan esa idroklidir.
6
Solihning uyida boylik ko‘p, fosiqning hosili esa tashvish keltiradi.
7
Dononing tili bilim tarqatadi, ahmoqning qalbi esa unday emas.
8
Fosiqning qurbonligi Egamizga jirkanchdir, to‘g‘rining ibodati esa Uning quvonchi.
9
Fosiqning ishlari Egamizga jirkanchdir, solihlikka intilganni esa U sevadi.
10
To‘g‘ri yo‘lni tashlab ketgan qattiq jazo oladi, tanbehdan nafratlangan esa o‘ladi.
11
Hatto O‘lim va Halokat ham Egamiz nigohi ostida ekan, odamzodning qalbi Unga hech narsa emas.
12
Masxara qiluvchi tanbeh berganlarni yoqtirmaydi, u donolar oldiga ham bormaydi.
13
Yurak shod bo‘lsa, chehra ochiq, g‘amgin bo‘lsa, ruh tushkundir.
14
Zakovatli yurak ilm qidiradi, aqlsizning og‘zi ahmoqlik izlaydi.
15
Qiynalganlarga har kun tashvish, lekin yuragida shodlik bo‘lsa, doimo bayram.
16
Ko‘p boylikka ega bo‘lib vahima bilan yashagandan ko‘ra, Egamizdan qo‘rqib ozgina boylik bilan yashash yaxshiroq.
17
Go‘sht yeb nafrat bilan yashashdan, sabzavot yeb sevgi bilan yashagan afzalroq.
18
Badjahl janjal chiqaradi, jahlni tiyadigan esa tinchlantiradi.
19
Dangasaning yo‘li tikanli chetan devor kabi, to‘g‘rining so‘qmog‘i esa katta ravon yo‘ldir.
20
Aqlli farzand otasini quvontiradi, aqlsiz esa onasini xor qiladi.
21
Ahmoqlik vijdonsizga quvonchdir, aqlli esa to‘g‘ri yuradi.
22
Maslahat bo‘lmagan joyda ish yurishmaydi, maslahatchi ko‘p bo‘lsa, muvaffaqiyatli bo‘ladi.
23
Odam yaxshi javobi tufayli quvonadi, o‘z vaqtida aytilgan so‘z qanchalik yaxshi.
24
Donoga tepadagi hayot so‘qmog‘i pastdagi o‘liklar diyoridan uzoqlashish uchundir.
25
Egamiz takabburning uyini xonavayron qiladi, bevaning mol–mulkini saqlaydi.
26
Fosiqning niyatlari Egamizga jirkanch, yoqimli so‘zlar esa pokdir.
27
Ochko‘z o‘z uyiga tashvish keltiradi, poradan nafratlanadigan esa yashaydi.
28
Solih o‘ylab javob beradi, fosiqning og‘zidan esa yomonlik chiqaveradi.
29
Egamiz fosiqlardan uzoqda, lekin solihlarning ibodatini eshitadi.
30
Ko‘zdagi nur ko‘ngilni xushnud etadi, xushxabar esa tan–jonga oziq beradi.
31
Hayotbaxsh nasihatga quloq solgan donolarning orasida bo‘ladi.
32
Nasihatni rad qilgan o‘z jonini xor qiladi, tanbehga quloq solgan esa idrokli bo‘ladi.
33
Egamizdan qo‘rqish donolikni o‘rgatadi, kamtarlik izzatu ikromdan oldinda.
← Chapter 14
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 16 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31