bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 12
Ezekiel 12
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 13 →
1
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2
“Ey inson, sen isyonkor xalq orasida yashab yuribsan. Ularning ko‘zlari bor, ammo ko‘rmaydilar, quloqlari bor, ammo eshitmaydilar, chunki ular isyonkor xalqdir.”
3
Ey inson, kerakli narsalaringni tugib ol. Xuddi surgunga ketayotganday yo‘lga chiq. Buni kunduz kuni qil, odamlar seni ko‘rsin. Sen uyingni tashlab, boshqa joyga ketayotganingni hamma ko‘rsin. Kim bilsin, balki shunda bu isyonkor xalq esini yig‘ib olar.
4
Xalq seni tomosha qila olishi uchun, tuguningni kunduz kuni tashqariga chiqarib qo‘y. O‘zing esa kech tushganda seni tomosha qilayotgan olomon oldida, xuddi surgunga ketayotganday yo‘lga chiq.
5
Odamlarning ko‘zi oldida uying devorini tesh, tuguningni teshikdan olib chiq.
6
Kech tushganda uni yelkangga ortib, yo‘lga tush. Tark etayotgan yurtingni ko‘ra olmasliging uchun, yuzingni yopib ol, chunki xalq tomosha qiladigan bu namoyish ular uchun bir timsol bo‘ladi.
7
Men Egamizning aytganini qilib, surgunga ketayotganday tugunimni kunduz kuni ko‘chaga chiqarib qo‘ydim. Kech tushganda qo‘lim bilan uyim devorini teshdim. Qorong‘ida tugunni ko‘chaga chiqarib, yelkamga ortib oldim. Odamlar meni tomosha qilayotgan edi.
8
Ertasi kuni ertalab Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
9
— Ey inson, bu isyonkor Isroil xalqi sendan “Nimalar qilyapsan?” deb so‘ragandi, shunday emasmi?
10
Ularning oldiga borib ayt: “Egangiz Rabbiy shunday demoqda, sizlar tomosha qilgan namoyish — Quddusda hukmronlik qilayotgan shahzoda va u yerdagi butun Isroil xalqining qismati ramzidir.”
11
So‘ng ayt: “Kecha men sizlarga kelajakda sodir bo‘ladigan voqealarni namoyish qildim. Sizlar surgun bo‘lib, asirlikka tushasizlar.
12
Hozir hukmronlik qilayotgan shahzodangiz ham qorong‘ida yelkasiga tugun ortib, yo‘lga tushadi. U devorda ochilgan teshikdan chiqadi. Tark etayotgan yurtni ko‘rmasligi uchun, yuzini yopib oladi.
13
Men uning ustiga to‘r tashlayman, u tuzog‘imga tushadi. Men uni Xaldeylar yurti Bobilga olib boraman, ammo u Bobilni ko‘ra olmaydi. U o‘sha yerda olamdan o‘tadi.
14
Men shoh saroyining butun ahlini — vazirlaru soqchilarini to‘rt tomonga tarqatib yuboraman. Qilichimni yalang‘ochlab, ularni ta’qib qilaman.
15
Men ularni xalqlar orasiga tarqatib tashlaganimda, boshqa yurtlarga quvib yuborganimda, Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.
16
Ammo Men xalqimdan ba’zilarini asrab qolaman. Ularni jangda saqlayman, ocharchiligu o‘latdan qutqaraman. Ular boshqa uluslar orasiga surgun bo‘lganda, qilgan jirkanch odatlarini e’tirof qiladilar. O‘shanda Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.”
17
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
18
“Ey inson, noningni yeganingda titragin, suvingni ichganingda qo‘rquv ichra qaltiragin.
19
Yurtdagi odamlarga ayt: “Isroildagi Quddus aholisi to‘g‘risida Egamiz Rabbiy shunday demoqda: bu odamlar yovuz bo‘lib ketganlari uchun Men ularning yurtini talon–taroj qildiraman. Ular nonni qo‘rquv ichra yeydilar, suvni sarosima ichra ichadilar.
20
Aholi yashagan shaharlari vayron bo‘ladi, butun yurt tashlandiq bo‘lib qoladi. Shunda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
21
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
22
— Ey inson, Isroil yurtida aytilayotgan, “kunlar o‘tyapti, bashoratlar esa puchga chiqyapti”, degan maqolni eshitgansan.
23
Endi xalqim oldiga borib ayt: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda, Men bu maqolni yo‘q qilib yuboraman. Isroilda uni aytmaydigan bo‘lishadi.” Yana ularga: “Bashoratlar bajo bo‘ladigan kunlar yaqinlashib qoldi”, deb ayt.
24
Endi Isroil yurtida soxta bashoratlaru, yolg‘on karomatlar aytilmaydi.
25
Ammo Men, Egangiz, sizlarga gapiraman, aytgan so‘zlarim amalga oshadi, kechikmaydi. Ey isyonkor xalq, sizning kuningizda Men aytganlarimni bajo keltiraman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
26
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
27
— Ey inson! Isroil xalqi sen aytgan bashoratlar uzoq kelajakka taalluqli, deb o‘ylayapti.
28
Shuning uchun ularga borib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Aytgan birorta so‘zim kechikmaydi, hammasi amalga oshadi!” Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 13 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48