bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 21
Ezekiel 21
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 22 →
1
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2
“Ey inson, Quddusga yuzlan. Isroil yurtiga va barcha sajdagohlariga qarshi bashorat qil.
3
Isroil yurtiga qaratib shunday so‘zlarni ayt: Egamiz aytmoqda, Men O‘zim senga qarshi chiqaman! Qilichimni qinidan sug‘urib, hammangizni — solihu fosiqlarni yo‘q qilaman.
4
Qilichim janubdan shimolgacha bo‘lgan hamma jonzotni qirib tashlaydi.
5
Shunda hamma Egangiz Men ekanligimni biladi. Ha, Men qilichimni qinidan sug‘uraman! Uni qaytarib joyiga solmayman.”
6
“Ey inson, siqilgan odamga o‘xshab, chuqur xo‘rsingin, qayg‘urganingni hamma ko‘rsin.
7
Ular sendan: “Nega xo‘rsinyapsan?” deb so‘rashganda, ularga shunday javob ber: “Noxush bir xabar eshitdim. U amalga oshganda odamlarning yuragi orqaga tortib ketadi, qo‘llarida mador qolmaydi, ruhi tushadi, ishtonlari ho‘l bo‘ladi. Mana o‘sha vaqt yaqinlashib qoldi! U albatta amalga oshadi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
8
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
9
“Ey inson, bashorat qilib ayt: Rabbiy shunday demoqda: Mana, Men qilichimni yaltiratib, charxladim.
10
Odamlarni qirish uchun qayradim. Chaqmoq kabi chaqnashi uchun yaltiratib tozaladim. Ammo bundan qanday xursand bo‘laylik?! Ey o‘g‘lim Yahudo, Qilichim saltanat hassasini mensimaydi, Har qanday tayoqni pisand qilmaydi.
11
Mana, qilichim charxlandi, Ishlatish uchun tayyor bo‘ldi. Yaltiratib qayraldi, Qotil uchun hozirlandi.
12
Ey inson, dod solib faryod qilgin! Zero, qilich xalqimga qarshidir, Barcha Isroil shahzodalariga qarshidir. Ular qilichdan nobud bo‘ladi, Xalq qatorida qirilib ketadi. Endi ko‘ksingga ur!
13
Bu sinov paytidir! Qilich hatto Yahudoning saltanat hassasini mensimasa nima bo‘ladi?! Saltanatning kuni bitadi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
14
“Ey inson, bashorat qilgin. Kaftingni kaftingga uravergin, Qilich xalqimni qayta–qayta chopaversin. Bu qirg‘in qilichidir, Qirg‘in–barot qilichidir. U xalqimni har tomondan siqib kelmoqda!
15
Odamlarning yuragi orqaga tortib ketdi, Ular qo‘rquvdan qoqila boshlashdi. Men qilichimni qirg‘in uchun o‘rnatdim, Shaharning har bir darvozasi oldiga qo‘ydim. Eh, mana qilichim yaltiratib tozalandi. Odamlarni qirish uchun qinidan chiqarildi.
16
Ey qilichim, o‘ngdagilarni chop! So‘ldagilarni chop! Hammani tig‘dan o‘tkaz!
17
Men ham kaftimni kaftimga uraman, Shunda jahldan tushaman. Bularni Men, Egangiz aytdim.”
18
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
19
“Ey inson, xaritaga ikki yo‘lni tushir. Bobil shohi bu yo‘llardan yurib, hujum qiladi. Ikkala yo‘l ham bir joydan boshlansin. Yo‘llarning ayrilgan joyiga bir belgi qo‘ygin.
20
Yo‘llardan biri Bobil shohini Ommon yurtining poytaxti Rabbaga, ikkinchisi Yahudo yurtining mustahkam shahri Quddusga olib borsin.
21
Hozir Bobil shohi yo‘llar ayrilgan joyda turib, qaysi shaharga hujum qilish kerakligi haqida bosh qotiryapti. U kamon o‘qlarini silkitib, qur’a tashlayapti. But–sanamlarga maslahat solyapti, qurbonlik qilingan hayvonlarning jigariga qarab, fol ochdiryapti.
22
U o‘ng qo‘li bilan “Quddus” deb yozilgan o‘qni chiqaradi. Quddus atrofiga devorteshar qurollarni o‘rnashtiradi. Lashkariga, o‘ldir, deya buyruq beradi, ularni jangga da’vat qiladi. Darvozani buzadigan qurollarni o‘rnashtiradi, shahar devoriga qiyalatib tuproq uydiradi, qamal inshootlarini qurdiradi.
23
Quddus aholisi Bobil shohiga sadoqat qasamini ichgani uchun, bu ularga soxta bashoratday tuyuladi. Ammo Bobil shohi ularning aybini yuziga soladi, ularni asir qilib oladi.”
24
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey xalqim, sen ochiqchasiga isyon ko‘tarib, o‘z aybingni o‘zing fosh qilding. Qilgan har bir ishing bilan gunohlaringni ko‘rsatding. Shu bois sen asirlikka tushasan.”
25
“Ey buzuq, fosiq Isroil hukmdori, sening kuning bitdi! Oxirgi jazoingning soati yetdi!
26
Men Egang Rabbiy senga aytyapman: boshingdagi sallangni yech, tojingni olib tashla. Endi hammasi o‘zgaradi, xo‘rlangan odam yuksaladi, yuksalgan odam esa xo‘rlanadi.
27
Qarang, vayronalar, vayronalar! Ha, Men Quddusni vayron qilaman. Ammo shaharni hukm qiladigan odam kelmaguncha bular sodir bo‘lmaydi. Men shaharni o‘shaning qo‘liga beraman.”
28
Egamiz menga dedi: “Ey inson, bashorat qilib ayt: Isroilni mazax qilgan Ommon xalqi haqida Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Ey qilich, qilich, sen qirg‘in uchun qindan chiqarilding. Odamlarni qirish uchun charxlanding, chaqmoq kabi yashnash uchun yaltiratib tozalanding!
29
Ommon xalqi sen haqingda yolg‘on vahiylar ko‘ryapti, sen to‘g‘ringda bo‘lmag‘ur follar ochdiryapti. Sen bu yovuz, fosiqlarning boshini chopib tashlaysan! Ularning kuni bitdi, oxirgi jazosining soati yetdi!
30
Qilichni qiniga solinglar! Ey Ommon xalqi, Men sizni ona yurtingizda, tavallud topgan joyingizda hukm qilaman.
31
Ustingizga g‘azabimni sochaman, qahrimning olovini sizga ufuraman. Sizni shafqatsizlarning qo‘liga beraman, o‘sha mohir qotillarga topshiraman.
32
Sizlar olovga yem bo‘lasiz, qoningiz ona yurtingizda to‘kiladi. Siz haqingizdagi xotira abadiy o‘chadi. Bularni Men, Egangiz aytdim.”
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 22 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48