bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 47
Ezekiel 47
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 46
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 48 →
1
O‘sha odam meni Ma’badning eshigi yoniga olib bordi. Qarasam, Ma’bad ostonasidan bir irmoq oqib chiqayotgan ekan. Ostonaning janub tomonidan chiqqan bu irmoq qurbongohning janubidan o‘tib, sharqqa oqayotgan edi.
2
So‘ng o‘sha odam meni shimoliy darvoza orqali tashqariga olib chiqdi. Biz aylanib, Ma’badning sharqiy darvozasi yoniga bordik. Irmoq sharqiy darvozaning janub tomonidan jildirab oqib chiqayotgan edi.
3
O‘sha odam qo‘lidagi arqon bilan sharq tomonga oqayotgan bu irmoqning uzunligini o‘lchay boshladi. U 1.000 tirsak o‘lchab bo‘lganidan so‘ng, irmoqdan kechib o‘tishimni buyurdi. O‘sha yerdagi suv to‘pig‘imgacha kelar edi.
4
So‘ng yana 1.000 tirsak o‘lchab, irmoqdan kechib o‘tishimni buyurdi. Bu safar suv tizzamgacha chiqqan edi. Keyingi 1.000 tirsak masofadan so‘ng suv belimgacha chiqdi.
5
So‘ng u odam yana 1.000 tirsak o‘lchadi, bu yerda irmoq o‘tib bo‘lmaydigan bir daryoga aylangan edi. U shu qadar chuqur ediki, uni faqat suzib o‘tsa bo‘lar edi.
6
Shunda u odam menga: “Ey inson, ko‘rgan bu narsani doim yodingda tut”, — dedi–da, meni qirg‘oqqa boshlab ketdi.
7
Qirg‘oqqa chiqqanimizdan so‘ng, men daryoning ikki tomonida o‘sayotgan juda ko‘p daraxtlarni ko‘rdim.
8
Odam menga dedi: “Bu daryo sahro orqali Iordan vodiysiga oqib, O‘lik dengizga quyiladi. Shunda O‘lik dengizning sho‘r suvlari shirin bo‘ladi.
9
Daryo oqib borgan hamma joyda sudraluvchilar yashaydi, baliqlar to‘lib–toshadi. Shirin bo‘lgan bu suvlar oqib o‘tgan hamma joyda hayot boshlanadi.
10
Odamlar O‘lik dengizning qirg‘oqlarida turib baliq tutishadi, En–Kaydidan En–Exlayimgacha bo‘lgan joyda to‘rlarini quritishadi. O‘rta yer dengizidagi kabi baliqlarning turi ko‘p bo‘ladi.
11
Biroq botqoqliklar bilan xalqoblarning suvlari yangilanmaydi. Ular tuz manbayi bo‘lib qoladi.
12
Daryoning ikki tomonida turli xil mevali daraxtlar o‘sadi. Ular har oyda yangi mevalar tugadi, barglari hech qachon so‘limaydi. Ma’baddan chiqqan suv ularni sug‘organi uchun ular hech qachon hosildan qolmaydi. Ularning mevalari ozuqa bo‘ladi, barglari shifo keltiradi.
13
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Yurtni Isroilning o‘n ikki qabilasiga bo‘lib berayotganingizda quyidagi ko‘rsatmalarga rioya qilinglar: Yusuf qabilasiga ikki ulush yer berilsin.
14
Men ota–bobolaringizga ont ichib, va’da qilgan bu yerni qabilalar orasida teng bo‘linglar. Bu yer sizning mulkingiz bo‘ladi.
15
Shimoliy chegarangiz O‘rta yer dengizidan boshlanib, sharqqa Xetlon shahri tomon boradi, so‘ng Levo–Xomat orqali o‘tib, Zadod shahrigacha davom etadi.
16
Keyin Damashq va Xomat oralig‘idagi Baro‘tax va Sivrayim shaharlarigacha borib, Xavron chegarasidagi Xazer–Xatikongacha cho‘ziladi.
17
Shunday qilib, shimoliy chegarangiz O‘rta yer dengizidan sharqdagi Xazor–Enan shahrigacha boradi. Xazor–Enan shahri janubdagi Damashq va shimoldagi Xomat hududlari orasida joylashgan.
18
Sharqiy chegara Xavron va Damashq hududlari orasida boshlanib, Isroil va Gilad yerlari o‘rtasidan oqqib o‘tgan Iordan daryosi bo‘ylab boradi. O‘lik dengizdan ham o‘tib, janubdagi Tamar shahrigacha yetib boradi. Mana shu sharqiy chegaradir.
19
Janubiy chegara Tamar shahrida boshlanib, Kadeshdagi Mariva suvlarigacha boradi, keyin Misr soyligi bo‘ylab borib, O‘rta yer dengizigacha yetadi. Bu janubiy chegaradir.
20
O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i g‘arbiy chegarani tashkil qilib, Levo–Xomatning g‘arbdagi shimoliy chegara boshlangan joygacha boradi.
21
Bu yerlarni Isroil qabilalariga bo‘lib beringlar.
22
Uni qur’a bo‘yicha meros qilib olinglar. Bolalari Isroilda tug‘ilgan orangizdagi musofirlarga ham yeringizdan ulush beringlar. Ularni Isroilning mahalliy aholisi deb bilinglar. Ularga o‘zingiz qatori Isroil qabilalari orasidan yerni mulk qilib beringlar.
23
Ular qaysi qabila orasida yashashsa, o‘sha qabila hududidan yer olishsin”, deb aytmoqda Egangiz Rabbiy.
← Chapter 46
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 48 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48