bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 43
Ezekiel 43
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 42
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 44 →
1
O‘sha odam meni sharqiy darvoza oldiga olib bordi.
2
Birdaniga men sharq tomonda paydo bo‘lgan Isroil Xudosining ulug‘vorligini ko‘rdim. Xudoning ovozi shovullagan dengiz tovushiga o‘xshar edi. Uning ulug‘vorligidan zamin porlay boshladi.
3
Men ko‘rgan bu vahiy, Xudo Quddusni vayron qilish uchun kelganda va Kavor daryosi bo‘yida ko‘rgan vahiylarimga o‘xshab ketar edi. Men muk tushdim.
4
Egamizning ulug‘vorligi sharqiy darvoza orqali Ma’badga kirdi.
5
So‘ng Ruh meni oyoqqa turg‘izib, ichki hovliga olib kirdi. Egamizning ulug‘vorligi Ma’badni to‘ldirdi.
6
Ma’badni o‘lchagan odam yonimda bo‘lgan paytda, Ma’bad ichidan kimdir menga gapirdi.
7
O‘sha ovoz menga dedi: “Ey inson, bu joy Mening taxtimdir, oyog‘im ostidagi poyandozimdir. Men bu yerda, xalqim Isroil orasida abadiy yashayman. Ular va ularning shohlari endi Meni badnom qilishmaydi. Ular boshqa xudolarga ko‘ngil bog‘lashmaydi, o‘lgan shohlariga haykallar yasashmaydi.
8
Ular o‘z saroylarini muqaddas Ma’badimning yonginasiga qurishgan edi. Meni ulardan bittagina devor ajratib turar edi, xolos. Ular qilgan jirkanch ishlari bilan Meni badnom qilishdi. Shuning uchun Men g‘azablanib, ularni qirib tashladim.
9
Agar endi ular begona xudolardan voz kechib, shohlariga o‘rnatgan haykallarni yo‘q qilishsa, Men ularning orasida abadiy yashayman.
10
Ey inson, sen borib Isroil xalqiga Ma’badimni tasvirlab ber, ular Ma’badning loyihasi bilan tanishib chiqishsin. Qilgan gunohlaridan pushaymon bo‘lishsin.
11
Qilmishlaridan pushaymon bo‘lishganda sen ularga Ma’badning loyihasini: uning joylashish tartibini, kirish–chiqishlarini, tuzilishini, qonun–qoidalarini batafsil tushuntirib ber. Loyihaning chizmasini ularning oldida chizib, barcha qonun–qoidalarini yozib qo‘y, toki hammasiga rioya qilishsin.
12
Tog‘ cho‘qqisidagi Ma’bad joylashgan hudud muqaddas saqlansin. Bu Ma’badning asosiy qoidasi bo‘lsin.
13
Ma’baddagi qurbongohning o‘lchamlari uzun tirsak bo‘yicha bo‘lsin. Ya’ni har bir uzun tirsak bir tirsagu to‘rt enni tashkil qilib, o‘lchamlari quyidagicha bo‘lsin: qurbongoh atrofidagi ariqchaning chuqurligi 1 tirsak, eni ham 1 tirsak, ariqcha chetining balandligi 1 qarich.
14
[14-17] Qurbongoh uch qismdan iborat bo‘lishi shart. Har bir qism to‘rt burchak shaklida bo‘lsin. Qurbongoh quyi qismining balandligi ariqchaning tubidan o‘lchaganda 2 tirsak, har bir tomonining uzunligi 16 tirsak bo‘lsin. Ikkinchi qismining balandligi 4 tirsak, har bir tomonining uzunligi 14 tirsak bo‘lsin. Bu qismning aylanasiga tarnov qilinsin. Tarnovning eni yarim tirsak, tarnov chetining balandligi 1 tirsak bo‘lsin. Qurbongohning yuqori qismida qurbonliklar kuydiriladi. Bu qismning balandligi 4 tirsak, har bir tomonining uzunligi 12 tirsak bo‘lsin. Uning to‘rtala burchagidan shoxlar chiqib tursin. Qurbongohga sharq tomondan, zinapoyalar orqali chiqiladigan bo‘lsin.
15
***
16
***
17
***
18
Egamiz Rabbiy menga shunday dedi: “Ey inson, qurbonliklarni kuydirish va qon sepish uchun qurbongohni qurganingizdan keyin quyidagi koidalarga rioya qilinglar:
19
Mening huzurimda faqat Zodo‘x naslidan bo‘lgan levi ruhoniylari xizmat qilishsin. Sen ularga gunoh qurbonligi uchun bir buqani ber”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
20
“Sen o‘sha buqaning qonidan olib, qurbongohning to‘rtta shoxiga, qurbongoh o‘rta qismining to‘rtala burchagiga va chetlarga surtib chiq. Shu yo‘sin sen qurbongohni poklab, muqaddas qilasan.
21
Buqaning jasadini esa Ma’baddan tashqariga, maxsus ajratilgan joyga olib chiqib kuydir.
22
Keyingi kuni gunoh qurbonligi sifatida nuqsonsiz takani keltir. Qurbongohni buqaning qoni bilan qanday poklagan bo‘lsang, takaning qoni bilan ham xuddi shunday pokla.
23
Qurbongohni poklaganingdan so‘ng, nuqsonsiz buqa va qo‘chqorni
24
Mening huzurimga keltir. Ruhoniylar bu jonivorlarning ustiga tuz sochib, ularni Menga atab qurbonlik qilib kuydirishsin.
25
Har kuni, yetti kun davomida bir takani gunoh qurbonligi qil. Bundan tashqari, bir buqa va bir qo‘chqorni qurbonlik uchun keltir. Jonivorlar nuqsonsiz bo‘lishi shart.
26
O‘sha yetti kun davomida ruhoniylar qurbongohni poklab, muqaddas qilishsin. Shunday qilib, uni Mening xizmatimga bag‘ishlasinlar.
27
Sakkizinchi kundan boshlab, ular har kuni o‘sha qurbongohda tinchlik va kuydiriladigan qurbonliklarini keltirishsin. Shunda Men sizlardan mamnun bo‘laman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
← Chapter 42
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 44 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48