bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 22
Ezekiel 22
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 21
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 23 →
1
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2
“Ey inson, qotillar shahrini hukm qilgin. Uning jirkanch odatlarini yuziga solgin.
3
Shunday deb ayt: Egamiz Rabbiy aytmoqda: ey Quddus, sen o‘z ko‘chalaringda qon to‘kib, boshingga balo orttirding. Butlar yasab, o‘zingni bulg‘ading.
4
To‘kkan o‘sha qon uchun sen aybdor bo‘lding, yasagan butlar bilan bulg‘anding. Halokat kuningni yaqinlashtirding. O‘z hayotingga yakun yasading! Shu bois xalqlar seni mazax qilishlariga, yurtlar ustingdan kulishlariga Men yo‘l qo‘yaman.
5
Ey yomon ot chiqargan, g‘alayonga to‘la shahar, uzog‘u yaqindagilar seni mazax qiladilar.”
6
“Shahardagi Isroil yo‘lboshchilari o‘z mansabidan foydalanib, qon to‘kadilar.
7
U yerdagi odamlar ota–onasini xor qiladilar, musofirlarni aldaydilar, yetim va bevalarga zulm o‘tkazadilar.
8
Muqaddas narsalarimni xor qilib, Shabbat kunlarimni bulg‘aydilar.
9
Ba’zilari odamlarni o‘ldirish uchun tuhmat qiladilar. Butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qiladilar, o‘zlarining shahvoniy hirslarini qondirish bilan ovora bo‘ladilar.
10
Boshqalari o‘gay onalari bilan yotadilar, hayz ko‘rgan ayollarni zo‘rlaydilar.
11
Qo‘shnining xotini bilan jirkanch ishlar qiladilar, kelinlarini uyatsizlarcha bulg‘aydilar, tug‘ishgan singillarining nomusiga tegadilar.
12
Shahardagi ba’zi odamlar pul uchun odam o‘ldiradilar. Bergan qarzidan foiz undiradilar, o‘zganing bor–yo‘g‘ini tortib olib, daromad ko‘radilar. Meni esa unutib yubordilar!” deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
13
Noxaq foyda ko‘rganingiz uchun, qon to‘kkaningiz uchun Men g‘azab ichra kaftimni kaftimga uraman.
14
Adabingizni bergan kunim mardligingizni ko‘raman, o‘shanda Men bilan olishishga qurbingiz yetarmikan? Men, Egangiz aytganlarimni amalga oshiraman.
15
Men sizlarni xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, boshqa yurtlarga quvib yuboraman, iflos qilmishlaringizga chek qo‘yaman.
16
Begona xalqlar sizlarni xor qilganda, Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
17
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
18
“Ey inson, Isroil xalqi Men uchun toshqolday qadrsiz bo‘lib qoldi. Kumush eritilgandan keyin o‘choqda qotib qolgan mis, qalay, temir va qo‘rg‘oshin qorishmasi kabidir bu xalq.
19
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Sizlar toshqolday bo‘lib qolganingiz uchun, Men sizlarni Quddusga yig‘aman.
20
Kumush, mis, qalay, temir va qo‘rg‘oshin o‘choqqa qanday yig‘ilsa, eritish uchun tagiga olov qanday yoqilsa, Men xuddi shunday qahru g‘azab bilan sizlarni yig‘aman, hammangizni shaharda eritib yo‘q qilaman.
21
Ha, Men sizlarni Quddusga yig‘ib olaman, g‘azabim olovini sizga sochaman. Sizlar erib yo‘q bo‘lib ketasizlar.
22
Kumush o‘choqda eriganday, sizlar qahrim o‘tida erib yo‘q bo‘lasizlar. Shunda ustingizga g‘azab o‘tini sochgan Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
23
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
24
“Ey inson, Isroil xalqiga shunday deb ayt: Sizlar qahr kunida poklanmagan, ustiga yomg‘ir yog‘magan bir yurtdirsiz.
25
Yurtingizdagi shahzodalar o‘kirayotgan, o‘ljasini tilka–pora qilayotgan sherga o‘xshaydi. Ular odamxo‘rlik qiladilar, mulku boylikni qo‘lga kiritadilar, qotilliklar qilib, bevalarning sonini ko‘paytiradilar.
26
Ruhoniylar qonunimni buzib, muqaddas narsalarimni bulg‘adilar. Muqaddas bilan oddiy narsaning farqiga bormadilar. Odamlarga nima haromu nima halol ekanini o‘rgatmadilar, Shabbat kunlariga rioya qilmadilar, xullas xalqim orasida Men beobro‘ bo‘ldim.
27
Isroil yo‘lboshchilari o‘ljasini tilka–pora qilayotgan bo‘riga o‘xshaydilar. Ular boylik orttirish uchun qon to‘kadilar, odamlarning jonini oladilar.
28
Payg‘ambarlar esa devorni oqlagan mardikorlar kabi, ularning bu gunohlarini oqlaydilar. Yolg‘on vahiylar ko‘rib, soxta bashoratlar aytadilar. Men ularga gapirmasam ham,“Egamiz Rabbiy shunday demoqda” deb gapiradilar.
29
Bu yurtdagi odamlar qallobligu o‘g‘irlik qiladilar, kambag‘alu nochorni ezadilar, musofirning bor–yo‘g‘ini tortib oladilar, haqini talab qilishga yo‘l qo‘ymaydilar.
30
Devorni qayta quradigan, devorning o‘pirilib tushgan joyida turib, yurtni himoya qiladigan birorta odam bormikan, deya ularning orasidan izladim. Ammo yurtni qahrimdan saqlab qolmoqchi bo‘lgan bunday odamni topa olmadim.
31
Shuning uchun Men ularga qahrimni sochaman, hammasini g‘azabim olovida yo‘q qilaman. Qilgan qilmishlariga yarasha jazosini beraman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
← Chapter 21
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 23 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48