bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 29
Ezekiel 29
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 28
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 30 →
1
Surgun bo‘lgan paytimizning o‘ninchi yili o‘ninchi oyning o‘n ikkinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2
“Ey inson, Misr fir’avniga yuzlan. Unga va butun Misr xalqiga qarshi bashorat qilib ayt:
3
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey Misr fir’avni, Men senga qarshiman. Sen Nil havzalarida cho‘zilib yotgan bamisoli buyuk ajdarhodirsan. Sen: “Nil daryosi mening shaxsiy mulkim, uni o‘zim uchun yaratganman”, deb aytasan.
4
Ammo Men jag‘laringga ilmoqlar solaman. Teringdagi tangachalaringga baliqlarni yopishtiraman. Seni teringga yopishgan baliqlar bilan birga quruqlikka tortib chiqaraman.
5
Men seni va havzalaringdagi hamma baliqlarni sahroga uloqtirib tashlayman. Sen ochiq maydonda yotasan. Seni olib, ko‘madigan odam bo‘lmaydi. Men seni dasht hayvonlariyu osmon qushlariga yem qilib beraman.
6
Shunda butun Misr xalqi Egangiz Men ekanligimni bilib oladi. Sen xalqim Isroil uchun qamish hassaday bo‘lding.
7
Ular seni ushlaganda, sen yorilib, qo‘llarini kesib yubording. Senga suyanganlarida sinib, bellarini chiqarib yubording.”
8
Shu bois Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Men sening boshingga qilich keltiraman, odamu hayvonlaringni qilich tig‘idan o‘tkazaman.
9
Butun Misr yurtini tashlandiq xarobazorga aylantiraman. O‘shanda Egang Men ekanligimni bilib olasan. Sen: “Nil meniki, men o‘zim uni yaratdim”, deb aytganing uchun,
10
Men senga va sening barcha havzalaringga qarshi chiqaman. Butun Misr yurtini butunlay xarob qilaman. Migdoldan tortib, to Savanaygacha va janubdagi Habashiston hududigacha hamma yerlarini tashlandiq qilaman.
11
Odam u yerga oyog‘ini bosmaydi, hayvonlar ham u yerdan yurmaydi. Qirq yil mobaynida u yerda hech kim yashamaydi.
12
Men Misr yurtini dunyodagi eng xarob yurtga aylantiraman. U yerdagi shaharlar qirq yil mobaynida tashlandiq bo‘lib yotadi, vayronalari boshqa shaharlardan battar bo‘ladi. Men Misrliklarni xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, boshqa yurtlarga quvib yuboraman.”
13
Egamiz Rabbiy yana shunday demoqda:“Qirq yil o‘tgach, Men xalqlar orasiga tarqatib yuborgan Misrliklarni yig‘ib olaman.
14
Ularni yana farovonlikka erishtirib, o‘z ona yurti Patro‘sga olib kelaman. Ularning shohligi ojiz bir shohlik bo‘ladi.
15
Ha, ular dunyoning eng ojiz shohligi bo‘lib, hech qachon boshqa xalqlardan ustun bo‘lishmaydi. Men ularni shu qadar ahamiyatsiz qilamanki, ular o‘z hukmini boshqa xalqlarga o‘tkaza olmaydi.
16
Xalqim Isroil endi hech qachon o‘z umidini Misrga bog‘lamaydi. Ular Misrdan yordam so‘rab, gunoh qilganlarini doimo eslarida tutadilar. O‘shanda Egasi Rabbiy Men ekanligimni bilib oladilar.”
17
Surgun bo‘lgan paytimizning yigirma yettinchi yili birinchi oyning birinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
18
“Ey inson, Bobil shohi Navuxadnazar Tirga qarshi shiddatli urush olib bordi. Bobil lashkarlarining sochlari to‘kilib, yelkalari shilinib yallig‘landi. Ammo qilgan mehnatlariga yarasha ular Tirdan hech qanday o‘lja ololmadilar.”
19
Shu bois Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Men Misr yurtini Bobil shohi Navuxadnazarga beraman. U Misrni talon–taroj qilib, u yerdagi boyliklarni o‘zi bilan olib ketadi. Misr boyliklari Bobil lashkarlari uchun mehnat haqi bo‘ladi.
20
Ha, Men Misr yurtini Bobil shohiga mehnat haqi qilib berdim, chunki u va uning lashqarlari Mening xizmatimni kildilar”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
21
“O‘sha kuni Men Isroil xalqining qudratini tiklayman. Bu so‘zlarimni xalqimga yetkazishing uchun Men senga kuch beraman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni ular bilib oladilar.”
← Chapter 28
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 30 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48