bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 41
Ezekiel 41
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 40
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 42 →
1
Keyin o‘sha odam meni Ma’badning asosiy xonasiga olib kirdi. U asosiy xona eshigining ikki yon devorini o‘lchadi. Yon devorlarning qalinligi 6 tirsak chiqdi.
2
Ostonaning eni 10 tirsak, ostona ikki yon devorlarining uzunligi 5 tirsakdan chiqdi. So‘ngra o‘sha odam asosiy xonani o‘lchadi. Xonaning uzunligi 40 tirsak, eni 20 tirsak chiqdi.
3
Keyin u asosiy xonadan Ma’badning ichkari xonasiga kirib, ichkari xona eshigining yon devorlarini o‘lchadi. Yon devorlarning qalinligi 2 tirsak chiqdi. Ostonaning eni 6 tirsak, ostona ikki yon devorlarining uzunligi esa 7 tirsakdan chiqdi.
4
O‘sha odam ichki xonani ham o‘lchadi. Ichki xonaning uzunligi bilan eni bir xil — 20 tirsakdan chiqdi. U menga: “Bu Eng muqaddas xona ”, deb tushuntirdi.
5
So‘ng o‘sha odam Ma’bad devorini o‘lchadi. Devorning eni 6 tirsak chiqdi. Ma’badning tashqi devorga taqab yon xonalar qurilgan edi. Xonalarning uzunligi 7 tirsak edi.
6
Xonalar uch qavat qilib qurilgan bo‘lib, har bir qavatda o‘ttiztadan xona bor edi. Ma’badning devorlari uch pog‘onali zina shaklida bo‘lib, xonalarga tayanch bo‘lib xizmat qilar edi. Shu sababdan Ma’bad devorlarining o‘zi butun edi.
7
Ma’bad devorining quyi qismi yuqori qismiga qaraganda qalinroq bo‘lgani uchun tepadagi xonalar kengroq edi. Zinapoya orqali pastki qavatdan ikkinchi qavatga, so‘ng uchinchi qavatga chiqilar edi.
8
Men Ma’bad atrofida balandligi 6 tirsak bo‘lgan poydevor borligini ham ko‘rdim. Yon xonalar mana shu poydevor ustiga qurilgan edi.
9
Yon xonalarning tashqi devori 5 tirsak qalinlikda edi. Yon xonalar va
10
ichki hovlining devori bo‘ylab qurilgan hujralar orasidagi masofa 20 tirsak edi. Ma’badning aylanasi hovli edi.
11
Yon xonalarga ikkita eshik orqali kirilar edi. Bir eshik shimol tomonda, boshqasi janub tomonda joylashgan edi. Yon xonalar tevaragida bo‘sh qolgan joyning eni 5 tirsak edi.
12
Ma’bad hovlisining g‘arb tomonida katta bir imorat bor edi. Imoratning eni 70 tirsak, uzunligi 90 tirsak, devorlarning qalinligi 5 tirsak edi.
13
O‘sha odam Ma’badning uzunligini o‘lchadi. Ma’badning uzunligi 100 tirsak chiqdi. So‘ng u Ma’badning orqa devoridan g‘arbdagi imoratning orqa devorigacha bo‘lgan masofani o‘lchadi, masofa 100 tirsak chiqdi.
14
Ma’badning old tomonidagi, ya’ni sharq tomondagi hovlining eni ham 100 tirsak chiqdi.
15
So‘ngra u odam hovlining g‘arbida joylashgan imoratning uzunligini o‘lchadi. Imorat va uning ikki yon tomondagi xonalarning uzunligi 100 tirsak chiqdi. Ma’badning ayvoni, Muqaddas xonasi va Eng muqaddas xonasi
16
yerdan derazalargacha yog‘och bilan qoplangan edi. Ma’badning ostonalari, panjarali derazalari va yon xonalari yog‘och bilan pardoz qilingan edi.
17
Eng muqaddas xonaga olib kiradigan eshikning ustki qismi ham yog‘och bilan qoplangan edi.
18
Hamma devorlarga karublarning suratlari o‘yilgan edi. Karublarning orasiga palma daraxtining suratlari ham o‘yilgandi. Har bir karubning ikkitadan yuzi bor edi.
19
Karubning inson yuziga o‘xshagan yuzi bir tomondagi palma daraxtiga, sher yuziga o‘xshagan boshqa bir yuzi boshqa tomondagi palma daraxtiga qaratilgan edi. Bunday suratlar Ma’badning ichki devorining gir aylanasiga,
20
yerdan eshikning tepasigacha o‘yilgan edi.
21
Asosiy xona eshigining kesakisi to‘rt burchak shaklida yasalgan edi. Muqaddas xonaning ro‘parasida
22
yog‘och qurbongohga o‘xshash bir narsa bor edi. Uning bo‘yi 3 tirsak, uzunligi va eni 2 tirsak edi. Burchaklari, asosi va yon tomonlari yog‘ochdan yasalgan edi. O‘sha odam menga shunday dedi: “Bu Egamiz huzurida turadigan xontaxtadir.”
23
Asosiy xonaning va Eng muqaddas xonaning eshiklari bor edi.
24
Eshiklarning har biri ikki tavaqali, yig‘ma edi.
25
Asosiy xona eshiklarining yuzasiga devordagiday karublar va palma daraxtlarining suratlari o‘yilgan edi. Ma’bad ayvonining oldi tomoniga yog‘och bostirma qurilgan edi.
26
Ayvonning panjarali derazalari bor edi. Ayvon devorlariga palma daraxtining suratlari o‘yilgan edi.
← Chapter 40
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 42 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48