bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 27
Ezekiel 27
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 26
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 28 →
1
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2
“Ey inson, Tir haqida bir marsiya kuyla.
3
Dengiz sohilidagi yurtlar bilan savdo–sotiq qiladigan, dengiz darvozasida o‘rnashgan Tir shahriga ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Ey Tir, sen “go‘zallikda barkamolman” deding.
4
Ha, sening chegaralaring dengiz bag‘ridan o‘tgan, Quruvchilaring go‘zalligingni barkamol qilgan.
5
Xermon tog‘idagi archa yog‘ochidan qurilgan Ulkan bir kemaday eding sen. Quruvchilaring machtangni yasash uchun Lubnondagi sadr yog‘ochini ishlatdilar.
6
Eshkaklaringni Bashan emanlaridan yasadilar. Kema sahnini Kipr qarag‘aylaridan qildilar, Fil tishi bilan uni bezatdilar.
7
Misrdan keltirilgan naqshli matolar yelkanlaring edi, Ular senga bayroq bo‘lib xizmat qilardi. Elishox qirg‘oqlaridan olib kelingan Ko‘k va safsar gazlamalar soyaboning edi.
8
Sidon va Arvod odamlari eshkaklaringni eshar edi, O‘z mohir odamlaring esa kemalaringni boshqarar edi.
9
Gabollik tajribali kemasozlaring bor edi, Ular kemangning yoriqlarini saqichlardi. Barcha kemalaru dengizchilar kelib, Sening mollaringni sotib olishar edi.
10
Fors, Lidiya va Liviya yurtlaridan askarlar saflaringni tashkil qilar edi. Qalqonu dubulg‘alarini devorlaringga osib, Seni savlatli qilishar edi.
11
Arvod va Xelekdan kelgan odamlar Devorlaringda soqchilik qilishardi, Gamadliklar minoralaringni qo‘riqlashardi. Devorlaringga qurollarini osib, Go‘zalligingni barkamol qilishardi.
12
Sening boyliklaring shu qadar ko‘p ediki, hatto Tarshish aholisi sen bilan savdo–sotiq qilardi. Ular kumush, temir, qalay va qo‘rg‘oshinni mollaringga ayirboshlashardi.
13
Yunonlar, Tuval va Meshex xalqlari sen bilan savdo–sotiq qilar edi. Mollaring evaziga qullarni va bronza buyumlarni berishar edi.
14
To‘xarmo xalqi aravaga qo‘shiladigan otlarni, jang otlariyu xachirlarini mollaringga almashtirishardi.
15
Ro‘don xalqi sen bilan savdo–sotiq qilar edi. Dengiz sohilidagi ko‘p yurtlar sening xaridorlaring edi. Ular fil tishi va obnus yog‘ochini senga to‘lov qilib berishardi.
16
Mollaring behisob bo‘lgani uchun, Oram xalqi ham sen bilan savdo–sotiq qilardi. Mollaring evaziga qimmatbaho firuza toshlarni, safsar matolarni, naqsh solingan gazlamalaru mayin zig‘ir matolarni, marjonu yoqutlarni olib kelardi.
17
Yahudo va Isroil yurtlari sen bilan tijorat qilishardi. Ular mollaring evaziga Minnitdan keltirilgan bug‘doy, tariq, asal, zaytun moyi va mumiyo olib kelishardi.
18
Sening cheksiz boyliklaring, turli xil mollaring tufayli, Damashq aholisi sen bilan savdo–sotiq qilardi. Mollaring evaziga ular Xelbon sharobini va oppoq yungni olib kelishardi.
19
Uzol shahridan sharob keltirib, sen bilan tijorat qilishardi. Ishlov berilgan toza temir, dolchin, xushbo‘y qamishni mollaringga almashtirishardi.
20
Dedanliklar senga ot yopiqlarini sotishar edi.
21
Qo‘zichoq, qo‘chqor va echkilar bilan seni ta’min qilgan Arabiston va Kedar shahzodalari mollaringni xarid qilishardi.
22
Shava va Ramo savdogarlari sen bilan tijorat qilishardi. Mollaring evaziga eng a’lo ziravorlarni, qimmatbaho toshlaru oltinni berishardi.
23
Xoron, Xannox va Eden shaharlari hamda Shava, Oshur va Xilmad savdogarlari sen bilan tijorat qilishardi.
24
Ular qimmatbaho liboslar, ko‘k matolar, naqsh solingan ko‘ylaklar, rang–barang gilamlar, puxta eshilgan arqonlarni senga sotishardi.
25
Tarshish kemalari karvonlaring bo‘lib xizmat qilardi. Sen dengizda suzgan bir kemadaydirsan, Og‘ir yuk bilan yuklangansan.
26
Evoh, eshkakchilaring seni ochiq dengizga olib chiqishadi. Sharq shamoli seni dengiz bag‘rida parchalab yuboradi.
27
Kemang halokatga uchragan kuni Mollaring, boyliklaring, Dengizchilaring, darg‘alaring, Kemasozlaring, savdogarlaring, Jangchilaring va kemadagi odamlaring Dengiz tubiga cho‘kib, halok bo‘ladilar.
28
Cho‘kayotgan darg‘alaring faryod qiladi, Dodlari sohillarni larzaga soladi.
29
Hamma eshkakchilar kemalarini tark etadi, Dengizchilaru darg‘alar sohilga chiqib oladi.
30
Ular sen uchun faryod qiladi, Achchiq–achchiq ko‘z yoshlar to‘kadi. Boshlaridan tuproq sochadi, Kulga belanib, yotib oladi.
31
Seni deb sochlarini qirdiradi, Qanorga o‘ranib oladi, Qayg‘udan yurak–bag‘ri qon bo‘ladi.
32
Ular yig‘lab, sen haqingda marsiya kuylaydi: “Tir kabi bironta shahar bormi?! Dengiz uni o‘z qa’riga tortib ketdi.
33
Sen dengiz ortidan keltirgan mollaring bilan, Ko‘plab xalqlarning ehtiyojini qondirding. Cheksiz ziynatlaru mollaring bilan Dunyo shohlarini sen boyitding.
34
Endi esa dengiz seni parchaladi, O‘z domiga seni tortib ketdi. Barcha mollaringu dengizchilaring Sen bilan birga nobud bo‘ldi.
35
Sohildagi xalqlar kulfatingni ko‘rib, dahshatga tushadi. Shohlarning afti qo‘rquvdan burishib ketadi.
36
Ahvolingdan dunyo savdogarlari yoqasini ushlaydi. Ha, sening boshingga dahshatli o‘lim keldi, Sen abadiy yo‘q bo‘lasan.”
← Chapter 26
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 28 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48