bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 38
Ezekiel 38
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 37
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 39 →
1
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2
“Ey inson, Mago‘g yurtidagi Meshex va Tuval xalqlarining bosh hukmdori Go‘gga yuzlan. Unga qarshi bashorat qilib,
3
ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: ey Meshex va Tuval xalqlarining bosh hukmdori Go‘g, Men senga qarshiman!
4
Men seni orqaga qaytaraman, jag‘laringga ilmoqlar solaman. Seni va butun lashkaringni, otlaru otliqlaringni, tish–tirnog‘igacha qurollangan askarlaringni, ulkan bir olomonni, katta va kichik qalqon ushlab, qilich o‘ynatgan jangchilaringni sudrab chiqaraman.
5
Sening safingga Forslar, Habashlar va Fut xalqining qurollangan jangchilari qo‘shiladi.
6
Go‘merning va shimoldagi Bayt–To‘xarmoning barcha lashkarlari senga ergashadi. Sening lashkarlaring nihoyatda ko‘pdir.
7
Qani tayyorlan! Atrofingdagi lashkarlarni jangga shay qil! Sen ularni boshlab borasan.
8
Yillar o‘tib, jangga otlanasan. Urushdan keyin o‘zini tiklab olgan bir yurtga sen bostirib borasan. Uzoq vaqt davomida tashlandiq bo‘lib yotgan bu yurtga, turli xil xalqlardan Isroil tog‘lariga kelib o‘rnashgan odamlarga hujum qilasan. Ularning hammasi osoyishta turmush kechirayotgan bo‘ladi.
9
Ammo sen dovuldek ularga yopirilasan. Sen, lashkarlaring va senga ergashib kelgan ko‘plab xalqlar yurtni bulut kabi qoplab olasizlar.”
10
“Egang Rabbiy shunday demoqda: O‘sha kuni sen yomon xayollarga berilasan, yovuz rejalar tuza boshlaysan.
11
Sen shunday aytasan: — Men devor bilan o‘ralmagan qishloqlarga bostirib boraman. Xotirjam yashayotgan odamlarga hujum qilaman. Ularning na devorlari bor, na darvozasi, na tambasi bor.
12
Sen xarob shaharlarni tiklagan odamlarni talon–taroj qilasan. Bu odamlar turli xalqlardan yig‘ilgan, chorva ko‘paytirib, dunyo orttirgan, jahon chorrahasida joylashib olishgan.
13
Shunda Shava va Dedan xalqlari hamda Tarshish savdogarlariyu zodagonlari sendan so‘raydilar: “Sen hali o‘lja olgani keldingmi? Talon–taroj qilgani, oltinu kumush olib ketgani, chorvayu boylikni tortib olgani, qo‘lga behad o‘lja kiritgani bir to‘da qo‘shin tortib keldingmi?”
14
“Ey inson, Go‘gga bashorat qilib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: sen xalqim Isroilning xotirjam yashaganini ko‘rib,
15
shimoldagi olis yurtingdan ko‘p xalqlarni ergashtirib kelasan. Ha, bu cheksiz otliq lashkarni, bir to‘da buyuk qo‘shinni tortib kelasan.
16
Yer yuzini qoplagan bulut kabi xalqim Isroilni bosib olasan. Ey Go‘g, kelajakda Men seni yurtimga hujum qilgani yuboraman. Sen orqali xalqlarga muqaddasligimni ayon qilib, O‘zimni tanitaman.”
17
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “O‘z qullarim — payg‘ambarlar orqali Men xalqimni ogohlantirib kelganman. Kelajakda ularga qarshi bir dushman yuborishimni oldindan aytganman. O‘sha dushman sensan, ey Go‘g.”
18
Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Go‘g Isroil yurtiga hujum qilgan kuni, Men g‘azabga minib olaman!
19
Rashku g‘azabda e’lon qilamanki, o‘sha kuni Isroil yurtida dahshatli zilzila bo‘ladi.
20
Yer yuzidagi barcha jonzot — dengizdagi baliqlaru ko‘kdagi qushlar, yovvoyi hayvonlaru sudraluvchilar, hamma odamlar Mening huzurimda titraydilar. Tog‘lar ag‘darilib tushadi, qoyalar parchalanib ketadi, hamma devorlar o‘pirilib tushadi.”
21
“Ey Go‘g, Men hamma Isroil tog‘larida senga qarshi qilich hozirlayman, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — Lashkarlaring bir–biriga hamla qiladi.
22
Men o‘latu qotilliklar orqali seni jazolayman. Sening, lashkaringning, senga ergashib kelgan ko‘p xalqlarning ustiga olovli oltingugurt, jala va do‘l yog‘diraman.
23
Dunyodagi ko‘plab xalqlarga O‘zimning ulug‘vorligim va muqaddasligimni namoyon qilaman, ularga O‘zimni tanitaman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni ular bilib oladilar.”
← Chapter 37
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 39 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48