bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 4
Ezekiel 4
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 5 →
1
Ey inson, bir g‘isht olib oldingga qo‘y, uning ustiga Quddus rasmini chiz.
2
Rasmdagi shaharni qamal qilib, atrofiga qamal inshootlarini bildiruvchi uyumlarni qil, shahar devoriga qiyalatib tuproq uy, dushman qarorgohlarini o‘rnat, shaharning gir aylanasiga devorteshar qurollarni joylashtir.
3
Keyin tovani ol. Tovani temir devor kabi o‘zing bilan rasmdagi shaharning orasiga o‘rnat. So‘ng shaharga yuzlan, sen shaharni qamal qilgan bo‘lasan. Bu Isroil xalqi uchun bir alomat bo‘ladi.
4
So‘ng chap tomoningga yonboshlab, o‘z gardaningga Isroil xalqining gunohlarini ol. Sen chap tomoningda yotgan paytingda ularning gunohi uchun jazo tortgan bo‘lasan.
5
Ular gunoh qilgan yillarning soniga ko‘ra, Men sen uchun kunlarni ajratdim. Sen 390 kun davomida Isroil xalqining gunohi uchun jazo tortasan.
6
Belgilangan vaqt tugagach, o‘ng tomoningga yonboshlab yotgin. Bu safar sen 40 kun davomida Yahudo xalqining gunohi uchun jazo tortasan. Bir kun bir yil hisoblanadi.
7
Quddus ramzi bo‘lgan g‘ishtga yuzlan, qo‘lingni panshaxa qilib, qamal qilingan shaharga qarshi bashorat qil.
8
Mana, qamalingning muddati tugamaguncha bir tomondan boshqa tomonga o‘girilmasliging uchun, Men seni arqonlar bilan bog‘lab tashlayman.
9
Endi borib o‘zing uchun bug‘doy, arpa, loviya, yasmiq doni, tariq va qizil bug‘doyni olib, bir xumchaga sol. Sen ulardan o‘zingga non tayyorlaysan. 390 kun chap tomoningga yonboshlab yotib, o‘sha nondan yeysan.
10
Bir kunlik yeydigan ozuqangning miqdori 50 misqolni tashkil qilishi kerak. Har kuni belgilangan vaqtdagina uni yeyishing shart.
11
Suvni ham belgilangan vaqt va belgilangan miqdorda ichasan. Kuniga bir kosa suv ichasan.
12
O‘tin o‘rniga odam tezagini ishlatasan, odamlarning ko‘zi oldida non yopib yeysan.”
13
Egamiz shunday dedi: — Men Isroil xalqini begona xalqlar orasiga surgun qilganimda, ular ham xuddi shunday harom nonni yeydigan bo‘ladilar.
14
— Yo Egam Rabbiy! — deya yolvordim men, — men hech qachon o‘zimni bulg‘agan emasman. O‘zi o‘lib qolgan yoki hayvonlar g‘ajigan jonivorning go‘shtini yoshligimdan yegan emasman. Hech qanday harom go‘shtni og‘zimga olgan emasman!
15
U menga shunday javob berib dedi: — Xo‘p mayli, odam tezagining o‘rniga mol tezagini ishlataqol. Tezak yoqib, non yopib yeysan.
16
So‘ng gapida davom etib dedi: — Men Quddus aholisini nonga zor qilib qo‘yaman. Ular qo‘rquv ichra nonni o‘lchab yeydilar, umidsizlanib suvini taqsimlab ichadilar.
17
Suv va nonning tanqisligidan odamlar bir–birlariga dahshat ichra qaraydilar. Tortgan jazosidan ado bo‘ladilar.
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 5 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48