bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 24
Ezekiel 24
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 23
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 25 →
1
Surgun bo‘lgan paytimizning to‘qqizinchi yili o‘ninchi oyning o‘ninchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2
“Ey inson, bu kunning sanasini yozib qo‘y, chunki Bobil shohi bugun Quddusni qamal qildi.
3
Bu isyonkor xalqimga matal so‘zlab ayt: Egangiz Rabbiy shunday demoqda: o‘choqqa o‘t yoqing, qozonga suv quying.
4
Qozon ichiga eng yaxshi go‘shtlardan — son va yelka go‘shtlaridan soling, ilikli suyaklar bilan qozonni to‘ldiring.
5
Suruvning sara qo‘chqoridan so‘ying, o‘choqqa ko‘proq o‘tin yig‘ing, qozondagi suvni qaynating, go‘shtu suyaklarni obdan pishiring.
6
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Qotillar shahri Quddusning holiga voy! Bu shahar qasmoqli qozon kabidir, uning qasmog‘i ketmaydigan bo‘lib qolgan. Qani, qozonni bir chekkadan bo‘shating, qo‘lingizga nima ilinsa, olib ketavering.
7
Shahar ichida qotillik qilindi, odamlarning qoni qoyatoshga to‘kildi. O‘sha qon yerga to‘kilganda edi, tuproq bilan ko‘milib ketardi.
8
Men qonni o‘sha qoya ustida qoldirdim, uni yashirib bo‘lmaydi. Men uni ko‘rganimda g‘azabim alanga oladi, u Meni qotillardan qasos olishga undaydi.”
9
Shuning uchun Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Qotillar shahri Quddusning holiga voy! Men O‘zim o‘tinni baland qilib uyaman.
10
Qani, shox–shabbalarni yig‘ayin, olov yoqayin! Go‘shtni obdan pishiray, ziravorlardan solay. Suyaklar esa olovda yonib yo‘q bo‘lsin.
11
Qozonni bo‘shatayin, ko‘mir ustiga qo‘yayin! Temir qozonni qizarguncha qizdirayin. Ichidagi iflosliklari erib ketsin, qasmoqlari olovda kuyib, yo‘q bo‘lsin.
12
Eh, O‘zimni behuda urintiribman. Qozonning qalin qasmog‘i ketmadi. Uni qasmog‘i bilan olovga tashlanglar!
13
Ey Quddus, sen behayoliging bilan o‘zingni bulg‘ading. Men seni tozalab ko‘rdim, ammo sen haromligingcha qolding. Endi ustingga O‘z qahrimni sochmagunimcha sen poklanmaysan.
14
Men, Egangiz shunday dedim. Aytganlarimni amalga oshiradigan vaqti keldi. Endi O‘zimni tutib turmayman. Senga achinmayman, O‘z shaxtimdan qaytmayman. Tutgan yo‘llaringga, qilgan qilmishlaringga yarasha seni jazolayman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
15
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
16
“Ey inson, Men o‘lat yuborib, seni ko‘zing quvonchidan judo qilaman. Ammo sen aza tutma, faryod qilma, ko‘z yosh to‘kma.
17
Ingragan tovush chiqarma, o‘lgan aziz odaming uchun motam tutma. Sallangni yechma, oyoq yalang yurma. Yuzingni yopma, ta’ziyaxonalarda yeyiladigan ovqatdan yema.”
18
Ertalab men xaloyiqqa gapirdim. O‘sha kuni kechqurun esa mening xotinim olamdan o‘tdi. Ertasi kuni men Xudoning aytganini qildim.
19
Odamlar mendan: “Nimaga bunday qilyapsan? Bu bilan bizga biron narsa aytmoqchimisan?” deb so‘radilar.
20
Men ularga shunday javob berdim: Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qilib,
21
Isroil xalqiga shu gaplarni aytib qo‘yishimni buyurdi. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Faxrlanadigan qo‘rg‘oningiz, ko‘zingiz quvonchi, yuragingiz orzusi bo‘lmish muqaddas maskanimni Men harom qildiraman. Quddusda qolgan o‘g‘il–qizlaringiz qilichdan halok bo‘ladi.”
22
Shunda men nima qilgan bo‘lsam sizlar shuni qilasizlar. Sizlar yuzingizni yopmaysizlar, ta’ziyaxonalarda yeyiladigan ovqatdan yemaysizlar.
23
Sallangizni yechmaysizlar, oyoq yalang yurmaysizlar, aza tutmaysizlar, faryod qilmaysizlar. Gunohlaringiz sizlarni adoyi tamom qiladi, dardingizni bir–biringizga ingrab aytasizlar.
24
Men sizlar uchun bir alomat bo‘laman, men hozir nima qilayotgan bo‘lsam sizlar ham shuni qilasizlar. O‘sha vaqt kelganda bu ishlarni Egangiz Rabbiy qilganini bilib olasizlar.
25
Egamiz menga shunday dedi: “Ey inson, Men xalqimning qo‘rg‘onini, zavqu shuhratini, ko‘z quvonchi, yurak orzusi bo‘lmish Ma’badni vayron qilgan kunim o‘g‘il–qizlarini ham qirdirib tashlayman.
26
Qirg‘indan qochib qutulgan bir odam o‘sha kuni yoningga keladi. U bo‘lib o‘tgan voqealarni senga so‘zlab beradi.
27
Shunda sen yana tilga kirasan. Kelgan o‘sha odam bilan gaplashasan, boshqa sukut saqlamaysan. Xullas, xalqim uchun bir alomat bo‘lasan, shunda Egangiz Men ekanligimni ular bilib oladilar.”
← Chapter 23
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 25 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48