bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 35
Ezekiel 35
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 34
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 36 →
1
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2
“Ey inson, Seir tog‘lariga yuzlan, ularga qarshi bashorat qilib ayt:
3
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Ey Seir tog‘lari, Men sizlarga qarshiman. Men sizlarga qarshi qo‘limni ko‘tarib, sizlarni tashlandiq xarobazor qilaman.
4
Shaharlaringizni vayron qilib, yurtingizni tashlandiq qilaman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
5
Xalqimga bo‘lgan qadimgi adovatingiz tufayli sizlar Isroil xalqining taqdirini qilich bilan hal qilgan edingizlar. Ular shusiz ham oxirgi jazosini tortib, boshlaridan og‘ir damlarni kechirayotgan edilar–ku!
6
Shu qilganlaringiz uchun, Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, sizlarni qonga belayman, qon ketingizdan quvadi. Sizlar qotillikdan hazar qilmaganingiz uchun, qotillik sizlarni doim ta’qib qiladi.
7
Ey Seir tog‘lari, Men sizlarni xarob va tashlandiq qilaman. Hududingizdan hech kim yurmaydigan bo‘ladi.
8
Men sizlarni jasadlarga to‘ldiraman. Qilichdan halok bo‘lgan odamlarning jasadlari qirlaringizda, vodiylaringizda, soyliklaringizda yotadi.
9
Sizlarni to abad tashlandiq qilaman. Shaharlaringizda hech qachon odam yashamaydi. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
10
“Men, Egangiz, Yahudo va Isroil yurtida bo‘lganimga qaramay sizlar shunday deb aytgan edingiz: bu ikki xalq bizniki bo‘ladi, ularning yurtini biz qo‘lga kiritamiz.
11
Shunday ekan, Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, sizlarni qilgan qilmishlaringizga yarasha jazolayman. Sizlar xalqimdan nafratlanib, ularga qarshi xusumat saqlaganlaringiz hamda ustilariga g‘azabingizni sochganlaringiz uchun adabingizni beraman. Men sizlarni jazolaganimda O‘zimni ularga tanitaman.
12
Sizlar Isroil tog‘lariga qarata aytgan haqoratli so‘zlaringizni Men eshitganimni bilib olasizlar. Sizlar shunday degan edingiz: “Isroil xarob bo‘ldi, endi bu xalq bizga yem bo‘ladi.”
13
Ha, sizlar Mening oldimda o‘zingizni katta tutdingizlar. Og‘zingizni ko‘pirtirib, Menga qarshi gapirdingizlar. Men hammasini eshitdim.”
14
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men sizlarni xarob qilganimda butun jahon sevinadi.
15
Axir, sizlar Isroil xonadoni xarob bo‘lganidan sevingan edingizlar. Shuning uchun Men bu ko‘rgilikni boshlaringizga solaman. Ey Seir tog‘lari, ey butun Edom yurti, sizlar xarob bo‘lasiz. Shunda Egangiz Men ekanligimni butun jahon bilib oladi.”
← Chapter 34
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 36 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48