bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 34
Ezekiel 34
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 33
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 35 →
1
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2
“Ey inson, Isroil cho‘ponlariga qarshi bashorat qil. Ularga bashorat qilib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey Isroil cho‘ponlari, sizning holingizga voy! Sizlar qo‘ylarni boqish o‘rniga o‘zingizni boqib yuribsizlar!
3
Eng semiz qo‘ylarni so‘yib, dumba yeysizlar. Jundan to‘qilgan kiyimlar kiyasizlar. Qo‘ylarni esa boqmaysizlar.
4
Nimjon qo‘ylarga qaramaysizlar, kasallarni shifolamaysizlar, yaralarini bog‘lamaysizlar, adashganlarni olib kelmaysizlar, yo‘qolganlarni izlamaysizlar. Aksincha, ularni qattiqqo‘llik bilan boshqarib, zulm o‘tkazasizlar.
5
Suruvning cho‘poni bo‘lmagani uchun qo‘ylarim har yoqqa tarqalib ketdi. Ular hamma yovvoyi hayvonlar uchun o‘lja bo‘ldi.
6
Ha, qo‘ylarim tarqalib ketdi. Ular tog‘u tepaliklarda sandiroqlab yurdi. Butun yer yuziga yoyilib ketdi, ularni hech kim izlamadi.”
7
Ey cho‘ponlar, Egamizning so‘zini eshitib qo‘yinglar.
8
Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi sizlarga aytaman: cho‘ponsiz qolgan qo‘ylarim o‘lja bo‘ldi. Mening qo‘ylarim hamma yovvoyi hayvonlarga yegulik bo‘ldi. Cho‘ponlarim qo‘ylarimni qidirmadilar. Qo‘ylarimni boqmay, o‘zlarini boqdilar.
9
Shuning uchun, ey cho‘ponlar, Egangizning so‘zini ikki qulog‘ingiz bilan eshitib qo‘yinglar!”
10
Egangiz Rabbiy shunday demoqda: “Men cho‘ponlarimga qarshiman. Nobud bo‘lgan qo‘ylarimni ulardan undirib olaman. Ular suruvimni boshqa boqmaydilar. Bundan buyon faqat o‘z qorinlarini to‘yg‘izib yurmaydilar. Men qo‘ylarimni ularning og‘zidan tortib olaman, ular qo‘ylarimni yemaydilar.”
11
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men O‘zim qo‘ylarimni qidirib topaman.
12
Adashgan suruvni qidirgan cho‘ponday qo‘ylarimni izlayman. Bulutli, qorong‘i kunda har yoqqa tarqalib ketgan qo‘ylarimni hamma joydan xalos qilaman.
13
Ularni begona o‘lkayu yurtlardan olib chiqib, ona zaminiga olib kelaman. Isroil tog‘larida, soyliklarda va yurtning obod o‘lkalarida ularni boqaman.
14
Yaxshi yaylovlarda o‘tlataman, Isroil tog‘lari ularning yaylovi bo‘ladi. Ular o‘sha yerdagi maysazorlarda yotib, Isroil tog‘larining ko‘m–ko‘k yaylovlarida o‘tlab yuradi.
15
Men O‘zim qo‘ylarimga cho‘pon bo‘laman. Ularga orom bag‘ishlayman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
16
Men yo‘qolgan qo‘ylarimni izlab topaman, adashganlarini qaytarib olib kelaman. Ularning yaralarini bog‘lab qo‘yaman, nimjon qo‘ylarni parvarish qilaman. Semiz, kuchli qo‘ylarni esa yo‘q qilaman. Men suruvimni adolat ila boqaman.”
17
“Ey suruvimdagi qo‘ylar, sizlar haqingizda Egangiz Rabbiy shunday demoqda: Men suruvimdagi qo‘ylar orasida ajrim qilaman, qo‘chqor va taka orasida hukm chiqaraman.
18
Nega sizlar yaxshi o‘tdan yeb, ortganini payhon qilyapsizlar?! Tiniq suvdan ichib, qoniqqaningizdan keyin suvni loyqalatyapsizlar?!
19
Nima uchun qo‘ylarim sizlar payhon qilgan o‘tdan yeyishlari kerak? Sizlar loyqalatgan suvdan ichishlari kerak?”
20
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men O‘zim semiz va oriq qo‘ylarni ajrim qilaman.
21
Sizlar oriq qo‘ylarimni biqiningiz va yelkangiz bilan itarib, shoxlaringiz bilan suzdingiz. Ularni uzoqlarga tarqatib yubordingiz.
22
Lekin Men suruvimni qutqarib olaman, ular endi o‘lja bo‘lmaydilar. Men bir qo‘y bilan boshqa qo‘y orasida ajrim qilaman.
23
Men qulim Dovudni cho‘pon qilib tayinlayman. U suruvimni boqadi, ularga cho‘ponlik qiladi.
24
Men, Egangiz ularning Xudosi, qulim Dovud esa ularning hukmdori bo‘ladi. Bularni Men, Egangiz aytdim.
25
Men ular bilan tinchlik ahdini tuzib, yurtdagi barcha yovvoyi hayvonlarni quvib chiqaraman. Shunda qo‘ylarim dashtu biyobonlarda osoyishta hayot kechirishadi, o‘rmonlarda tinch uxlashadi.
26
Men ularga baraka beraman. Muqaddas tog‘im atrofida yashashlariga yo‘l qo‘yaman. Yomg‘irni ularga o‘z mavsumida baraka qilib yog‘diraman.
27
Bog‘–rog‘lardagi daraxtlar meva beradi, yer mo‘l hosil yetishtiradi. Xalqim o‘z zaminida har qanday xavf–xatardan xoli bo‘ladi. Men xalqimni qul qilib olgan zolimlarning qo‘lidan xalos qilaman, bo‘yinturug‘ini sindiraman. O‘shanda ular Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.
28
Bundan buyon o‘zga xalqlar xalqimni talamaydi, yurtdagi yovvoyi hayvonlar ularni g‘ajimaydi. Mening xalqim osoyishta hayot kechiradi, hech kim ularga tahdid solmaydi.
29
Xalqim ocharchilikdan nobud bo‘lmasligi uchun, Men ularga serunum yerlarni beraman. O‘zga xalqlar ularni haqorat qilmaydigan bo‘ladilar.
30
Shunda Men, Egasi Xudo, xalqim bilan birga ekanligimni ular bilib oladilar. Isroil xalqi Mening xalqim ekanligini ular anglaydilar”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
31
“Sizlar Mening suruvim, yaylovimdagi qo‘ylarimsizlar, Men esa sizning Xudoyingizman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
← Chapter 33
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 35 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48