bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 17
Ezekiel 17
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 18 →
1
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2
“Ey inson, Isroil xalqiga quyidagi bir matalni aytib ber.
3
Ularga ayt, Egamiz Rabbiy shunday demoqda: bahaybat, baroq patli, chipor bir burgut ulkan qanotlarini keng yoyib, Lubnon tog‘lariga uchib keldi. U sadr daraxtining uchini ushlab,
4
uchidagi bir shoxchasini sindirib oldi. So‘ng uni savdogarlar shahriga olib borib, u yerga o‘tqazdi.
5
Keyin Isroil yurtidan olib kelgan tok qalamchasini unumdor yerga ekdi. Uni serob suvlar bo‘yiga majnuntolday o‘tqazdi.
6
Qalamcha unib, yerda yoyilgan sernovda uzum tokiga aylandi. Uning novdalari burgut tomon cho‘zildi, tagidagi ildizlari yerga chuqur o‘sdi. U tokka aylandi, novdalari gurkirab o‘sdi, barra yaproqlar chiqardi.”
7
“Keyin boshqa bahaybat bir burgut uchib keldi. Bu ulkan qanotli burgut qalin pat bilan qoplangan edi. Shunda tok “kelgan burgut meni sug‘orar”, deya o‘sgan joyidan ildizlarini burgut tomon cho‘zdi, novdalarini u tomon uzatdi.
8
Ammo tok allaqachon serob suvlar bo‘yidagi unumdor yerda o‘sayotgan edi. U ungan edi, mo‘l hosil berishga, ko‘rkam uzum toki bo‘lib yetishishga imkoniyati bor edi.”
9
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Bu tok endi gurkirab o‘sarmikan?! Tokni ekkan burgut uni ildizi bilan sug‘urib tashlamaydimi?! Uzumlarini uzib, barra yaproqlarini quritib yubormaydimi?! Ha, tokni sug‘urib tashlash uchun katta kuch yoki qudratli lashkar kerak emas.
10
Bordi–yu, tokni boshqa joyga ko‘chirib o‘tqazsa, u yana unarmikan?! Yo‘q, garmsel uni batamom qovjiratib yuboradi–ku. Tok o‘sgan joyida so‘lib qoladi–ku.”
11
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
12
“Bu isyonkor Isroil xalqiga shunday deb ayt: matalning ma’nosini tushundingizmi? Men sizlarga ma’nosini aytib beray: Bobil shohi Quddusga bostirib keldi, u yerdagi shohu a’yonlarni o‘zi bilan Bobilga olib ketdi.
13
So‘ng shoh oilasiga mansub bo‘lgan bir kishini tanladi. Unga qasam ichdirib, u bilan bir sulh tuzdi. Yurtdagi barcha nufuzli odamlarni o‘zi bilan olib ketdi.
14
Toki Isroil xalqi bo‘ysunsin, isyon ko‘tarmasin, sulhga rioya qilgani uchun omon qolsin.
15
Ammo yangi tanlangan Isroil shohi Bobilga qarshi isyon ko‘tardi. U Misr shohi huzuriga choparlar jo‘natdi, undan ko‘mak uchun otlaru lashkarlar so‘radi. U muvaffaqiyat qozonarmikan?! Bunday ish qilgan odam jazosiz qolarmikan?! Sulhni buzgan kishi jazodan qochib qutularmikan?!
16
Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, bunday shoh Bobilda jon beradi. Garchi Bobil shohi uni taxtga chiqargan bo‘lsa–da, u Bobil shohi bilan tuzgan sulhni buzdi, ichgan qasamini mensimadi.
17
Shu sababdan Bobil shohi Quddusdagi ko‘p odamlarni qatl qilish uchun shahar devoriga qiyalatib tuproq uyadi, qamal inshootlarini quradi. Shunda Isroilga hatto fir’avnning qudratli lashkari ham yordam bera olmaydi.
18
Chunki Isroil shohi ichgan qasamidan qaytdi, tuzgan sulhni buzdi. U Bobil shohiga so‘z bergan bo‘lsa–da, shu ishlarni qildi! Mana endi qochib qutula olmaydi!”
19
Shuning uchun Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, ahdimni buzgan, Mening nomim bilan ichgan qasamidan qaytgan bu odam jazosiz qolmaydi.
20
Men uning ustiga to‘r tashlayman, uni O‘z tuzog‘imga tushiraman. Menga xiyonat qilgani uchun, uni Bobilga olib borib, u yerda adabini beraman.
21
Uning qochayotgan jangchilari qilichdan halok bo‘ladilar, omon qolganlari dunyoning to‘rt tomoniga tarqalib ketadilar. Shunda sizlarga bu so‘zlarni aytgan Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
22
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men baland sadr daraxtining uchidan nozik bir novdani olaman. Ulkan toqqa chiqib, uni o‘tqazaman.
23
Ha, Isroil tog‘ining cho‘qqisiga ekaman. Novda butoq chiqarib, hosilga kiradi, ko‘rkam sadr daraxti bo‘lib yetishadi. U yerda har xil qushlar yashaydi, turli parrandalar shoxlari soyasidan panoh topadi.
24
Ana o‘shanda dashtdagi hamma daraxtlar Egangiz Men ekanligimni bilib oladi. Zotan, ulkan daraxtlarni yiqitadigan Menman. Past daraxtlarni baland qilib, o‘stiradigan ham Menman. Ko‘karib turgan daraxtni qovjiratadigan ham, qovjiragan daraxtni ko‘kartiradigan ham Menman. Bularni Men, Egangiz aytdim! Aytganlarimning hammasini O‘zim amalga oshiraman.”
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 18 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48