bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 14
Ezekiel 14
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 15 →
1
Isroil oqsoqollaridan ba’zi birlari meni ko‘rgani keldilar.
2
Shu onda Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
3
“Ey inson, bu odamlar butlarga ko‘ngil qo‘yganlar, gunohni o‘zlariga to‘g‘onoq qilganlar. Shunday ekan, Menga maslahat solishlariga qanday yo‘l qo‘yay?!
4
Sen ularga ayt: — Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Butlarga ko‘ngil qo‘ygan, gunohni o‘ziga to‘g‘onoq qilgan, Isroil xalqidan birorta odam payg‘ambar oldiga kelsa, Men, Egangiz, o‘sha odamning sanoqsiz butlariga yarasha javobini beraman.
5
O‘sha butlari tufayli butun Isroil xalqi Mendan uzoqlashib ketdi, ammo Men beradigan javobim bilan ularning sadoqatini qozonaman.”
6
Isroil xalqiga ayt: — Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Tavba qilinglar, butlaringizdan voz kechinglar. Jirkanch odatlaringizdan yuz o‘giringlar.
7
Bilib qo‘yinglar, agar Isroil xalqidan bo‘lgan birorta odam yoki xalqim orasida yashab yurgan birorta musofir Mendan yuz o‘girsa, butlarga ko‘ngil ko‘yib, gunohni o‘ziga to‘g‘onoq qilsa, so‘ng payg‘ambar oldiga kelib, Menga maslahat solsa, o‘sha odamga javobni O‘zim beraman.
8
Men bunday odamlarga qarshi chiqaman. Boshqalar ularni misol qilib, masallar aytadi. Men ularni xalqim orasidan yo‘q qilaman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.”
9
“Agar payg‘ambar yanglishib, noto‘g‘ri maslahat bersa, o‘sha payg‘ambarni Men, Egangiz yanglishtirgan bo‘laman. Men unga qarshi qo‘limni ko‘taraman, uni Isroil xalqi orasidan daf qilaman.
10
Men payg‘ambarni ham, uning oldiga maslahat so‘rab kelgan odamni ham birday jazolayman.
11
Shunda Isroil xalqi yo‘limdan ozmaydigan bo‘ladi, gunohlari bilan o‘zini bulg‘amaydi. Ular Mening xalqim, Men ularning Xudosi bo‘laman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
12
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
13
“Ey inson, agar biror yurtning aholisi Menga bo‘lgan sadoqatini unutib, gunohga qo‘l ursa, Men ularga qarshi qo‘limni ko‘tarib, butun yurtga ocharchilik yuboraman. Odamlarni bir burda nonga zor qilaman. Yurtdagi odamu hayvonlarni qirib tashlayman.
14
Bunday xalq orasida hattoki Nuh, Doniyor va Ayub payg‘ambarlar yashagan taqdirda ham, ular solihligi bilan faqat o‘z jonlarini saqlab qolgan bo‘lishardi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
15
“Men o‘sha yurt aholisini yirtqich hayvonlarga talatmoqchi bo‘ldim, deylik. Yurt huvullab qolib, hayvonlar tufayli odamlar u yerga oyoq bosmay qo‘ydi ham, deylik.
16
Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, agar o‘sha uchala payg‘ambar u yerda bo‘lganda edi, ular o‘z bola–chaqasini ham qutqara olmagan bo‘lardi. Ular faqat o‘z jonlarini saqlab qolgan bo‘lardi. Yurt esa xarobazorga aylanardi.
17
Bordi–yu, o‘sha yurtga dushman yuborib, u yerdagi bor jonzotni qilichdan o‘tkazishga qaror qildim, deylik.
18
Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, agar o‘sha uchala payg‘ambar u yerda bo‘lganda edi, ular o‘z bola–chaqasini ham qutqara olmagan bo‘lardi. Ular faqat o‘z jonlarini saqlab qolgan bo‘lardi.
19
Bordi–yu, Men o‘sha yurtga g‘azabimni yog‘dirib, butun jonzotni o‘lat orqali qirib tashlamoqchi bo‘ldim, deylik.
20
Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, hattoki Nuh, Doniyor va Ayub u yerda bo‘lganda edi, ular o‘z bola–chaqasini ham qutqara olmagan bo‘lardi. Ular faqat o‘z jonlarini saqlab qolgan bo‘lardi.”
21
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men bundan ham battarini qilaman, Quddus ustiga to‘rt xil dahshatli kulfat yog‘diraman. Shahardagi odamlaru hayvonlar urush, ocharchilik, yovvoyi hayvonlar va o‘latdan nobud bo‘ladilar!
22
Ammo ba’zi erkagu ayollar omon qoladilar. Ular qochib, oldingizga keladilar. O‘shanda ularning yurish–turishini, qilmishlarini o‘zlaringiz ko‘rib, Men Quddus ustiga yuborgan hamma kulfatlardan taskin topasizlar.
23
O‘sha odamlarning yurish–turishini, qilmishlarini ko‘rganlaringizdan keyin taskin topasizlar. Qilgan hamma ishlarim bejiz emasligini bilib olasizlar”, deb aytmoqda Egangiz Rabbiy.
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 15 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48