bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 42
Ezekiel 42
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 41
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 43 →
1
So‘ng o‘sha odam meni tashqi hovliga olib chiqib, Ma’badning shimolidagi bir qator xonalar oldiga olib bordi. Bu xonalar Ma’badning g‘arb tomondagi imoratga yaqin joylashgan edi.
2
Ularning umumiy uzunligi 100 tirsak, eni 50 tirsak edi, ularning eshigi shimol tomonga ochilardi.
3
Xonalar bir tomoni bilan eni 20 tirsak bo‘lgan ichki hovlining ochiq joyiga, ikkinchi tomoni bilan Ma’badning tosh yotqizilgan tashqi hovlisiga qarab turardi. Xonalar uch qavat qilib qurilgan edi.
4
Xonalarning ichki hovli tomonida bir keng yo‘lak bor edi. Bu yo‘lakning eni 10 tirsak, uzunligi 100 tirsak edi. Ammo xonalarning eshiklari shimol tomon ochilar edi.
5
Uchinchi qavatdagi xonalar, ikkinchi qavatdagilarga, ikkinchi qavatdagi xonalar esa birinchi qavatdagilarga qaraganda torroq edi. Shuning hisobiga yuqori qavatdagi ayvonlar kengroq edi.
6
Quyi qavatdagi xonalar yuqori qavatdagi xonalarga tayanch bo‘lib xizmat qilar edi. Shu sababdan bu inshoot qurilmasida Ma’badning boshqa binolaridan farqli ravishda ustunlardan foydalanilmagan.
7
Bu xonalarni tashqi hovlidan devor ajratib turar edi. Uzunligi 50 tirsak bo‘lgan bu devor tashqi hovlidagi hujralarning davomiga qurilgan edi.
8
Tashqi hovlidagi hujralarning uzunligi 50 tirsak, ichki hovlidagi bu xonalarning uzunligi esa 100 tirsak edi.
9
Bu xonalarga tashqi hovlidan kirish uchun sharqdagi kiraverishdan foydalanilgan.
10
Bu kiraverish hovlining devori boshlangan joyida edi. Janub tomonda ham ochiq joy va imorat ro‘parasida xonalar bor edi.
11
Bu xonalarning old tomonida yo‘lakchasi bor edi. Xonalarning hajmi, eshiklari, tuzilishi va kirish joylari shimol tomondagi xonalarniki bilan bir xil edi.
12
Bu xonalarga sharq tomondan o‘sha yo‘lakcha orqali kirilar edi. Yo‘lakning bir tomoni devor edi.
13
U odam menga shunday dedi: “Ma’badning shimol va janub tomoniga qurilgan bu xonalar muqaddasdir. Bu xonalarda Egamizning huzuriga kiradigan ruhoniylar eng muqaddas nazrlarni tanovul qiladilar. Don nazri, gunoh qurbonliklari va ayb qurbonliklari bu xonalarga qo‘yiladi, chunki bu xonalar muqaddasdir.
14
Ruhoniylar Ma’badda xizmat qilib bo‘lganlaridan keyin, muqaddas liboslarini bu xonalarda yechib, boshqa kiyim kiyib olishlari kerak. Shundan keyingina tashqi hovliga, odamlarning oldiga chiqishlari mumkin.
15
O‘sha odam Ma’bad hovlisidagi binolarni o‘lchab bo‘lgandan so‘ng, meni sharqiy darvoza orqali tashqariga olib chiqib, Ma’bad hovlisining atrofidagi devorni o‘lchay boshladi.
16
U chizg‘ichi bilan devorning sharq tomonini o‘lchadi, devorning uzunligi 500 tirsak chiqdi.
17
[17-19] So‘ng devorning shimol, janub va g‘arb tomonlarini o‘lchadi. Devorning hamma tomonlari 500 tirsak uzunlikda edi.
18
***
19
***
20
Ma’bad hududi to‘rt burchak shaklda edi. Bu devor muqaddas joyni oddiy joydan ajratib turar edi.
← Chapter 41
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 43 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48