bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 39
Ezekiel 39
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 38
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 40 →
1
“Ey inson, Go‘gga qarshi bashorat qilib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey, Meshex va Tuval bosh hukmdori Go‘g, Men senga qarshiman!
2
Men seni orqaga qaytarib, sudrab kelaman. Seni uzoq shimoldan olib chiqib, Isroil tog‘lariga olib kelaman.
3
Chap qo‘lingdagi yoying va o‘ng qo‘lingdagi o‘qlaringni urib tushiraman.
4
Sen Isroil tog‘larida jon berasan! Sening hamma lashkarlaring va senga ergashib kelgan xalqlar u yerda halok bo‘lishadi. Ularning jasadlari turli yirtqich qushlarga va yovvoyi hayvonlarga o‘lja bo‘ladi.
5
Sen ochiq maydonda o‘lasan. Men shunday dedim”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
6
“Men Mago‘g ustiga va dengiz qirg‘og‘ida osoyishta hayot kechirayotgan barcha xalqlar ustiga olov yog‘diraman. O‘shanda Egasi Men ekanligimni ular bilib oladilar.
7
Men O‘zimning muqaddas nomimni xalqim Isroilga tanitaman. Meni badnom qilishlariga endi yo‘l qo‘ymayman. Shunda Men Egangiz — Isroil yurtidagi muqaddas Xudo ekanligimni xalqlar bilib oladilar.
8
Men aytgan o‘sha kun albatta keladi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
9
“Shunda Isroil xalqi shaharlardan chiqib, mag‘lub bo‘lgan yovning qurol–aslahalarini yig‘adi. Ular yig‘ib olgan kattayu kichik qalqonlarni, yoy va o‘qlarni, tayoq va nayzalarni yoqishadi. Yetti yil davomida ularni o‘tin o‘rniga ishlatishadi.
10
O‘tin yig‘ish, o‘rmonda daraxt chopishga ehtiyoj qolmaydi, chunki bu qurol–aslahalar xalqim uchun yoqilg‘i bo‘ladi. Shu tariqa Isroil xalqi o‘z talonchilaridan o‘ch oladi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
11
Bu hodisalar ro‘y bergan kuni Go‘g va uning to‘dasi uchun Men bir qabriston hozirlayman. Bu qabriston O‘lik dengizning sharqiy tomonidagi Sayohatchilar vodiysida joylashgan bo‘ladi. U sayohatchilarning yo‘lini to‘sib qo‘yadi. Shuning uchun sayohatchilar o‘sha vodiyning nomini o‘zgartirib, uni “Go‘g to‘dasining vodiysi”, deb ataydigan bo‘lishadi.
12
Isroil xalqi yetti oy mobaynida jasadlarni ko‘mib, o‘z yurtini poklaydi.
13
Butun yurt aholisi jasadlarni ko‘madi. Shu qilganlari uchun Men ulug‘vorligimni namoyon qilgan kunda ular yuksak obro‘ga erishadi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
14
Yetti oy o‘tgach, yurtni poklaydigan maxsus odamlar tayinlanadi. Ular yurtni kezib, ko‘milmay qolib ketgan jasadlarni ko‘madilar.
15
Ular yurtni kezib yurganlarida topgan har bir suyak oldiga belgi qo‘yadilar. Go‘rkovlar bu suyaklarni yig‘ib olib, “Go‘g to‘dasining vodiysi”ga ko‘madilar.
16
Qabriston yonidagi shaharning nomi ham To‘da bo‘ladi. Shunday qilib, ular yurtni poklaydilar.
17
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey inson, turli xil qushlarni va hamma yovvoyi hayvonlarni yig‘ib, ularga shunday deb ayt: Qani, kelinglar! Men sizlar uchun qurbonlik hozirlayman, Isroil tog‘larida katta ziyofat uyushtiraman. Sizlar to‘yguningizcha go‘shtdan yeb, qondan ichasizlar.
18
Bashan o‘lkasida semirtirilgan qo‘chqor, qo‘zichoq, echki va buqalar bo‘g‘izlanganday, bahodir jangchilaru jahon hukmdorlari qurbon qilinadi. Sizlar ularning tanalarini yeb, qonini ichasizlar.
19
Men sizlar uchun uyushtiradigan bu ziyofatda sizlar to‘yguningizcha yog‘dan yeysizlar, mast bo‘lguningizcha qondan ichasizlar.
20
Sizlar Mening dasturxonimdan xohlaganingizcha ot va otliqlarning go‘shtidan, sipoh va turli xil jangchilarning go‘shtidan tanovul qilasizlar”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
21
Men O‘z ulug‘vorligimni xalqlar orasida namoyon qilaman. Xalqlarni jazolab, ularga O‘z qudratimni ko‘rsataman.
22
O‘sha kundan boshlab, Isroil xalqi Egasi Xudo Men ekanligimni biladi.
23
Isroil xalqi gunoh qilib, Menga xiyonat qilgani uchun Men ularni begona yurtlarga surgun qilganimni boshqa xalqlar tushunib olishadi. Xalqimning bu qilmishi uchun Men ulardan yuz o‘girib, dushmanlarning qo‘liga topshirgan edim, qirilib ketishlariga to‘sqinlik qilmadim.
24
Men ulardan yuz o‘girdim, buzuqligi va qilgan gunohlariga yarasha jazosini berdim.”
25
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Mana endi Men Yoqub naslini yana farovonlikka erishtiraman. Butun Isroil xonadoniga shafqat ko‘rsataman. Obro‘im to‘kilishiga yo‘l qo‘ymayman!
26
Ular o‘z yurtiga qaytib kelganlaridan keyin o‘tmishdagi sharmandagarchiligi va Menga qilgan hiyonati uchun javobgar bo‘ladilar. Shunda hech kim ularga tahdid qilmaydi.
27
Men ularni g‘animlarning yurtlaridan olib chiqqanimda, xalqlar muqaddasligimni ko‘rishadi.
28
Egasi Xudo Men ekanligimni xalqim bilib oladi. Garchi Men ularni o‘zga yurtlarga tarqatib yuborgan bo‘lsam–da, ularni ona yurtiga qaytarib olib kelaman. Xalqimdan birontasi ham begona yurtda qolib ketmaydi.
29
Men xalqim Isroil ustiga O‘z Ruhimdan yog‘diraman, endi ulardan yuz o‘girmayman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
← Chapter 38
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 40 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48