bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 28
Ezekiel 28
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 27
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 29 →
1
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2
“Ey inson, Tir shohiga ayt, Egamiz Rabbiy shunday deb aytmoqda: sen mag‘rurlanib ketding. “Men xudoman, dengiz bag‘ridagi xudolar taxtida o‘tiribman”, deb aytding. Sen o‘zingni xudoday dono deb bilasan, axir, sen xudo emas, insonsan–ku!
3
Nahotki Doniyordan ham dono bo‘lsang?! Nahot barcha sirlarni bilsang?!
4
Sen donoliging va aqling bilan o‘zingga davlat orttirding, xazinalaringni oltinu kumushga to‘ldirding.
5
Savdo–sotiqdagi iqtidoring bilan ko‘p davlat yig‘ding. Ammo boyliging tufayli mag‘rurlanib ketding.”
6
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Sen o‘zingni xudoday dono deb bilganing uchun,
7
Men ustingga begona xalqni tortib kelaman. Ular o‘taketgan yovuz xalqdir. Ular go‘zalliging va donoligingga qarshi chiqib, qilich yalang‘ochlaydilar. Hashamatingni xor qiladilar.
8
O‘zingni esa tubsiz chuqurlikka uloqtiradilar. Ha, sen dengiz bag‘rida azoblanib jon berasan.
9
Shunda, jallodlaring oldida “men xudoman”, deb aytarmikansan?! Axir, qotillaring qo‘lida sen xudo emas, oddiy bir inson bo‘lasan!
10
Sen musofirlar qo‘lida sunnatsizlar kabi o‘lasan”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
11
Egamiz menga yana shunday dedi:
12
“Ey inson, Tir shohi haqida marsiya kuylab ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Ey Tir shohi, sen barkamollikning a’lo namunasi bo‘lding. Nihoyatda dono, go‘zallikda barkamol eding.
13
Sen Xudoning bog‘i Adanda yashar eding. Qizil yoqut, xrizolit, olmos, Topaz, aqiq, yashma, Zangori yoqut, firuza va zumrad kabi Qimmatbaho toshlar bilan bezanar eding. Taqinchoqlaring oltindan yasalgan edi. Sen yaralgan kuning bular tayyorlangandi.
14
Men seni soqchi karub qilib tanladim, O‘sha martabaga seni tayinladim. Sen Xudoning tog‘ida yashar eding, Olovday tovlangan toshlar orasida yurar eding.
15
Bino bo‘lganingdan, to qabihlik qilguningga qadar, Sen to‘g‘ri yo‘ldan yurding.
16
Katta tijorating tufayli, Yovuzlikka to‘lib, gunoh qilding. Men seni sharmandalarcha Xudoning tog‘idan haydadim. Ey soqchi karub, Men seni chiqarib yubordim, Olovday tovlangan toshlar orasidan haydadim.
17
Sen go‘zalliging tufayli mag‘rurlanib ketgan eding. Savlating tufayli aql–farosatdan voz kechgan eding. Shuning uchun Men seni yerga uloqtirdim, Shohlar oldida sharmandangni chiqardim.
18
Sen cheksiz gunohlaring bilan, Savdo–sotiqdagi nohaqliklaring bilan, O‘z sajdagohlaringni bulg‘ading. Shuning uchun Men ichingdan olov chiqardim, Seni kuydirib tashladim. Odamlarning ko‘zi oldida kulingni ko‘kga sovurdim.
19
Seni bilgan xalqlar ahvolingni ko‘rib, dong qotdilar. Sening boshingga dahshatli o‘lim keldi, Sen abadiy yo‘q bo‘lasan.”
20
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
21
“Ey inson, Sidon shahriga yuzlan, unga qarshi bashorat qilib ayt:
22
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Ey Sidon, Men senga qarshiman! Men sening orangda O‘zimni ulug‘layman. Seni jazolab, sen orqali muqaddasligimni ayon qilaman. O‘shanda Egang Men ekanligimni bilib olasan.
23
Men seni dahshatli o‘latga giriftor qilaman. Ko‘chalaringda qon daryo bo‘lib oqadi. Dushmanlaring senga har tomondan hamla qiladi, odamlarning jasadlari shahar ichida yotadi. O‘shanda Egang Men ekanligimni bilib olasan.”
24
Isroil xalqidan hazar qilib, zulm o‘tkazgan bironta qo‘shni xalq bundan buyon Isroil xalqi uchun tikan va yantoqday bo‘lmaydi. Isroil xalqi Egasi Rabbiy Men ekanligimni bilib oladi.
25
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men xalqim Isroilni tarqatib yuborgan uzoq yurtlardan yig‘ib olaman. Ular orqali barcha xalqlarga muqaddasligimni ayon qilaman. Men qulim Yoqubga mulk qilib bergan yerda ularni o‘rnashtiraman.
26
Ular osoyishta hayot kechiradilar. Uylar qurib, uzumzorlar barpo qiladilar. Ulardan hazar qilgan qo‘shni xalqlarni jazolaganim uchun, xalqim bexatar, tinch yashaydi. O‘shanda Egasi Xudo Men ekanligimni bilib oladi.”
← Chapter 27
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 29 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48