bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 26
Ezekiel 26
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 25
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 27 →
1
Surgun bo‘lgan paytimizning o‘n birinchi yili, oyning birinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2
“Ey inson, mana, Tir Quddus haqida shunday deb aytmoqda: Aha! Xalqlarning savdo darvozasi buzildi. Menga keng yo‘l ochildi. Endi u vayron bo‘lganda men boyib ketaman.”
3
Shuning uchun Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Ey Tir, Men senga qarshiman! Men ko‘plab xalqlarni senga qarshi yig‘aman, ular dengiz to‘lqinlari kabi senga yopiriladilar.
4
Shahringning devorlarini buzib, minoralaringni qulatadilar. Men tuprog‘ingni supurib tashlayman, seni yalang‘och bir toshloq holiga keltiraman.
5
Dengiz o‘rtasidagi bu orolda baliqchilar to‘rlarini yoyib quritadigan bo‘ladilar”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. “Bu shahar xalqlarga o‘lja bo‘ladi.
6
Tirga qarashli sohildagi hamma qishloqlar qilichdan o‘tkaziladi. O‘shanda ular Egasi Men ekanligimni bilib olishadi.”
7
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men Tirga qarshi eng buyuk shohni — Bobil yurtining hukmdori Navuxadnazarni qo‘zg‘ataman. U Tir aholisi ustiga shimoldan otlaru jang aravalarni, suvorilaru katta lashkarni tortib keladi.”
8
“Ey Tir, Bobil shohi senga qarashli barcha qishloqlaringni qilichdan o‘tkazadi. Shahar atrofiga qamal inshootlarini qurdiradi, shahar devoriga qiyalatib tuproq uydiradi, senga qarshi qalqonlarini o‘rnatadi.
9
Devorteshar qurollar bilan devorlaringga zarba beradi. Boltalar bilan minoralaringni buzadi.
10
Devordan teshik ochilgan shaharga odamlar bostirib kirganday, Bobil shohi sening darvozalaringdan bostirib kiradi. Suvorilarining, g‘ildiragu jang aravalarining shovqinidan devorlaring titraydi. Son–sanoqsiz otlarining ko‘targan changi seni qoplab oladi.
11
Otlarining tuyoqlari hamma ko‘chalaringni toptaydi. Odamlaring qilichdan yiqiladi, ulkan ustunlaring yer bilan yakson bo‘ladi.
12
Dushman boyliklaringni talab ketadi, mollaringni o‘lja qilib oladi. Devorlaringni yiqitadi, hashamatli uylaringni vayron qiladi, toshlari, yog‘ochlari hatto tuprog‘ini ham dengizga uloqtiradi.
13
Men qo‘shiqlaringga chek qo‘yaman. Arfangning navolari ham eshitilmaydigan bo‘ladi.
14
Men seni yalang‘och bir toshloqqa aylantiraman, baliqchilar to‘rlarini quritadigan bir yer bo‘lasan. Hech kim shahringni qayta qurmaydi. Axir, bularni Men, Egangiz aytdim”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
15
Egamiz Rabbiy Tirga shunday demoqda: “Shahringda qirg‘in bo‘lganda, yaradorlar ingraganda, qulashingning shovqinidan sohildagi barcha xalqlarni titroq bosadi.
16
Dengiz bo‘yidagi saltanatlarning shohlari taxtlaridan tushib, zar choponu naqsh solingan liboslarini yechishadi. Ular vahimaga burkanib, yerga o‘tirishadi. Boshingga tushgan kulfatdan dahshatga tushib, to‘xtovsiz titrashadi.
17
Ular sen haqingda shunday marsiya kuylashadi: Ey dong taratgan dengizchilar shahri, Naqadar vayron bo‘lding–a! Sen va sening aholing dengiz qudrati edilaring, Sohildagi barcha xalqlarni dahshatga solarding.
18
Sen qulagan kuning sohillarni titroq bosdi, Halokatingdan dengizdagi orollar sarosimaga tushdi.
19
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men Tir shahrini huvullagan xarobazorga aylantiraman. Dengiz tubidagi ulkan suvlar bilan vayronalarni qoplayman.
20
Ey Tir shahri, seni go‘rga, qadimda o‘tib ketgan odamlar oldiga tushiraman. Sen yer osti saltanatida yashaysan, abadiy vayronalar orasidagi marhumlarga hamroh bo‘lasan. Tiriklar dunyosiga hech qachon qaytib kelmaysan, obod bo‘lib ilgarigi mavqeingga erishmaysan.
21
Ha, Men boshingga dahshatli o‘lim keltiraman, seni yo‘q qilaman. Seni qidirganlar seni hech qachon topa olmaydilar”, deb aytmoqda Egangiz Rabbiy.
← Chapter 25
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 27 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48