bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 13
Ezekiel 13
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 14 →
1
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2
“Ey inson, Isroilda o‘zicha bashorat qilib yurgan payg‘ambarlarga qarshi bashorat qil. Ularga shunday deb ayt: Egamizning so‘zlarini eshiting!
3
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: axmoq payg‘ambarlarning holiga voy! Ular hech qanday vahiy ko‘rmagan, bashoratlarini o‘zlari o‘ylab to‘qishgan.
4
Ey Isroil xalqi, payg‘ambarlaringiz shahar vayronalari orasida daydib yurgan chiyabo‘rilarga o‘xshaydi.
5
Mana, ular devorning o‘pirilib tushgan joylarini qo‘riqlamadilar, devorni tuzatmadilar. Endi Egangiz kunidagi jangda Isroil xalqi o‘zini muhofaza qila olmaydi.
6
Payg‘ambarlaringizning ko‘rgan vahiylari soxta, karomatlari yolg‘ondir! Men ularni yubormaganman, ammo ular “Egamiz shunday demoqda”, deb gapiradilar. Yana o‘z gaplari amalga oshishini kutadilar!
7
Ko‘rgan vahiylari soxta emasmi?! Aytgan karomatlari yolg‘on emasmi?! Men ularga gapirmasam ham “Egamiz shunday aytmoqda” deb aytishadi!
8
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Sizlar yolg‘on gaplarni aytganlaringiz uchun, soxta vahiylarni ko‘rganlaringiz uchun, Men sizlarga qarshiman”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
9
“Men bu yolg‘onchi payg‘ambarlarga qo‘l ko‘taraman, ularni xalqim kengashidan yo‘q qilaman. Nomlarini Isroil xalqi ro‘yxatidan o‘chirib tashlayman, ular hech qachon Isroil yurtiga qaytib kelmaydilar. O‘shanda Egangiz Rabbiy Men ekanligimni bilib olasizlar.
10
Notinch paytlarda, bu payg‘ambarlar “tinchlik”, deya xalqimni yo‘ldan uradilar. Xalqim zaif devor ko‘targanda, payg‘ambarlar uni ohak bilan oqlaydilar.
11
Devorni oqlayotganlarga ayt: bu devor qulaydi. Uning ustiga jala yog‘adi, katta–katta do‘l tushadi, unga qarshi dovul turadi.
12
Devor qulaganda odamlar: “Devor oqlagandan nima foyda chiqdi?!” deb aytmaydimi?
13
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men g‘azab ustida dovul turg‘izaman. Qahr ustida jala yog‘diraman. Jahl ustida do‘l yuborib, devorni qulataman.
14
Sizlar ohak bilan oqlagan bu devorni Men yiqitaman. Uni poydevorigacha ochib tashlayman. Qulagan devor sizlarni bosib qoladi, sizlar hammangiz halok bo‘lasizlar. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
15
Shu yo‘sinda Men g‘azabimni devor va devorni oqlagan odamlar ustiga yog‘diraman. Men sizlarga: “Devor ham, uni oqlagan odamlar ham yo‘q bo‘ldi, deb aytaman.
16
Ha, bu payg‘ambarlar notinch damlarda Quddus aholisiga bashorat qilib, tinchlik vahiylarini bergan edilar”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
17
“Ey inson, Isroil xalqining o‘zicha bashorat qilib yurgan ayollariga yuzlan. Ularga qarshi bashorat qilib,
18
ayt: — Egangiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey, odamlarning jonini ovlab yurgan ayollar, sizlarning holingizga voy! Sizlar har bir odamning bilagiga tumor taqasizlar. Yoshu qarining boshiga yopinchiqlar yopasizlar. Sizlar xalqimning jonlarini ovlab turib, o‘z joningizni saqlab qolasiz, deb o‘ylaysizmi?!
19
Sizlar bir hovuch arpa bilan bir burda non uchun, xalqim oldida Meni badnom qildingiz–ku! Yolg‘onni xush ko‘rgan xalqimga yolg‘on gapirib, aybsiz odamni nobud qildingiz. O‘limga loyiq bo‘lgan odamning jonini esa asrab qoldingiz.”
20
Shuning uchun Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Sizlar tumorlaringiz bilan odamlarning jonlarini ovlayapsizlar. Men o‘sha tumorlaringizga qarshiman. Men ularni qo‘llaringizdan yulib olaman, qafasdagi qushni ozod qilganday xalqimni ozod qilaman.
21
Yopinchiqlaringizni yirtib tashlayman, xalqimni changalingizdan xalos qilaman. Ular endi sizning qurbonlaringiz bo‘lmaydi. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
22
Sizlar yolg‘onlaringiz bilan solih odamning dilini ranjitdingiz. Men esa uni ranjitmoqchi emas edim. Fosiq odam yomon yo‘lidan qaytmasligi, jonini saqlab qolmasligi uchun sizlar uni qo‘llab turdingiz.
23
Shu sababdan endi sizlar yolg‘on vahiylar ko‘rmaysizlar, fol ochib yurmaysizlar. Men O‘z xalqimni changalingizdan ozod qilaman. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 14 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48