bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 30
Ezekiel 30
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 29
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 31 →
1
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2
“Ey inson, bashorat qilib ayt: Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Sho‘rimiz qursin, evoh!
3
Dahshatli kun yaqinlashdi, Egamizning kuniga oz qoldi. Mana shu kun bulutli kun bo‘ladi, Xalqlar kulfat chekadigan zamon boshlanadi.
4
Misrning bo‘g‘ziga qilich keladi, Habashiston kulfat azobida qoladi. Misrda ko‘p odamlar halok bo‘ladi, Uning boyligi olib ketiladi, Poydevori buzib tashlanadi.
5
Habashiston, Liviya, Lidiya, butun Arabiston, Kub va Misrning boshqa ittifoqchilari jangda halok bo‘ladilar.”
6
Egamiz aytmoqda: “Misr ittifoqchilarining ustiga qirg‘in keladi. Ularning jasadlari shimoldagi Migdoldan to janubdagi Savanaygacha yotadi. Misrning mag‘rur qudrati halok bo‘ladi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
7
Misr dunyoning eng xarob yurtiga aylanadi, u yerdagi shaharlar vayron bo‘ladi.
8
Men Misrga o‘t qo‘yib, uning madadkorlarini tor–mor qilaman. Shunda Egasi Men ekanligimni Misrliklar bilib oladilar.”
9
O‘sha kuni xotirjam yashayotgan Habashistonliklarni qo‘rqitish uchun Men kemalarda elchilarimni jo‘nataman. Misr ustiga kulfat tushgan kuni Habashistonliklar azobda qoladilar. Mana, o‘sha kun hademay keladi.
10
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men Bobil shohi Navuxadnazar orqali Misrning to‘dasini yakson qilaman.
11
Navuxadnazar qo‘shin tortib keladi. Ular o‘taketgan yovuz xalqdir. Ular butun yurtni xarob qiladilar. Misrliklarni qilichdan o‘tkazib, yurtni jasadlarga to‘ldiradilar.
12
Men Nil havzalarini quritaman, yurtni razil odamlarning qo‘liga beraman. Kelgindilarning qo‘li bilan Misrni va u yerdagi hamma narsani tashlandiq sahroga aylantiraman. Bularni Men, Egangiz aytdim.”
13
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men barcha butlarni yo‘q qilaman, Nuf ma’budalariga chek qo‘yaman. Misr yurtida bironta hukmdor qolmaydi, Misrliklarni qo‘rquv qamrab oladi.
14
Men Patro‘sni tashlandiq qilaman. Zo‘van shahriga o‘t qo‘yaman, Misr poytaxti No‘ni jazolayman.
15
Misrning mustahkam Sin qal’asini g‘azabimga giriftor qilaman, poytaxt shahar No‘ning to‘dasini qirib tashlayman.
16
Butun Misr yurtiga olov qo‘yaman! Sin aholisi cheksiz azobda qoladi, No‘ shahrining devori yiqitiladi, qo‘rquv Nuf shahrini karaxt qiladi.
17
On va Pi–Bashat yigitlari jangda halok bo‘lishadi, shaharlar aholisi asirlikka tushadi.
18
Men Misrning hukmronligini yo‘q qilganimda, uning pesh qilgan qudratini sindirganimda, Taxpanxas shahri qorong‘ilikka botadi, uni qora bulutlar qoplab oladi. Shahar atrofidagi qishloqlar asirlikka tushadi.
19
Shu yo‘sin Men Misrni jazolayman. O‘shanda ular Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.”
20
Surgun bo‘lgan paytimizning o‘n birinchi yili birinchi oyning yettinchi kunida Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
21
“Ey inson, Men Misr fir’avnining qo‘lini sindirdim. Hech kim uning qo‘lini bog‘lamadi, taxtakachlab qo‘ymadi. Endi uning qo‘li shifo topmaydi, qilich ushlashga qodir bo‘lmaydi.”
22
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Men fir’avnga qarshiman. Men uning ikkala qo‘lini, sog‘ qo‘lini ham, singan qo‘lini ham sindiraman. Qo‘lidagi qilichni yerga tushirib yuboraman.
23
Misrliklarni xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, boshqa yurtlarga quvib yuboraman.
24
Bobil shohining kuchiga esa kuch qo‘shib, qo‘llariga qilichimni tutqazaman. Ha, Men fir’avnning qo‘llarini sindiraman, u dushmani oldida og‘ir yaralangan odam kabi ingraydi.
25
Uning qo‘llari arqonday osilib qoladi, Bobil shohining qo‘llarini esa Men kuchli qilaman. Uning qo‘llariga qilichimni tutqazib, Misrga qarshi yuboraman. Shunda Egasi Men ekanligimni Misrliklar bilib oladilar.
26
Ha, Men Misrliklarni xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, boshqa yurtlarga quvib yuboraman. O‘shanda Egasi Men ekanligimni ular bilib oladilar.”
← Chapter 29
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 31 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48