bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 8
Ezekiel 8
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 7
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 9 →
1
Surgun bo‘lgan paytimizning oltinchi yili oltinchi oyning beshinchi kunida Yahudo oqsoqollari meni ko‘rgani uyimga kelishdi. Men ular bilan o‘tirganimda, Egam Rabbiyning qudrati meni qamrab oldi.
2
Qarasam, inson qiyofasidagi bir kishi turibdi. O‘sha kimsaning belidan pastki qismi olovday chaqnar edi. Yuqori qismi esa sayqallangan misday nur taratib turar edi.
3
U qo‘lga o‘xshash bir uzvini uzatib, meni sochimdan tutdi. So‘ng Ruh meni zamin uzra ko‘tardi–da, Xudoning mana shu vahiysida Quddus shahriga olib ketdi. U meni Ma’badning ichki hovlisidagi shimoliy darvozaning oldida turgan katta bir but oldiga olib bordi. Bu but Xudoning rashkini qo‘zg‘atardi.
4
O‘sha yerda Isroil Xudosining ulug‘vorligi bor edi. Men bunday vahiyni vodiyda ham ko‘rgan edim.
5
Xudo menga shunday dedi: “Ey inson, shimol tomonga nazar tashla.” Men shimol tomonga nazar tashladim. Xudoning rashkini qo‘zg‘atadigan o‘sha but qurbongoh yonidagi darvozaning kiraverishida turardi.
6
Shunda Xudo menga dedi: “Ey inson, xalqimning qilmishini ko‘rdingmi? Ular bu yerda jirkanch ishlarni qilib, Meni muqaddas maskanimdan haydab yubormoqchilar. Qani yur, Men senga bundan battarini ham ko‘rsataman.”
7
U meni Ma’badning tashqi hovlisi kiraverishiga olib bordi. Qarasam devorda bir teshik bor ekan.
8
U menga dedi: “Ey inson, qani bo‘l, devordagi teshikni kattalashtir.” Men devordagi teshikni kattalashtirdim, shunda bir eshikka duch keldim.
9
Xudo menga dedi: “Ichkariga kir. Bu yerda qilinayotgan o‘taketgan jirkanch ishlarni o‘z ko‘zing bilan ko‘rib qo‘y.”
10
Men ichkariga kirdim. Devorlarning aylanasiga sudralib yuruvchi jonivorlarning va harom hayvonlarning rasmlari hamda Isroil xalqi sig‘inadigan barcha butlarning tasvirlari solingan edi.
11
Tasvirlarning oldida Isroil xalqining yetmishta oqsoqoli turgan edi. Shofon o‘g‘li Yazaniyo ham o‘shalarning orasida edi. Har birining qo‘lida bittadan otashkurak bor edi. Otashkuraklardan yonayotgan tutatqilarning xushbo‘y tutuni ko‘tarilardi.
12
Xudo dedi: “Isroil oqsoqollarining butlarga to‘la qorong‘i xonada nima qilayotganini ko‘rdingmi? Ular shunday deydilar: ‘ Egamiz bizni ko‘rmayapti, U yurtimizni tark etgan.’”
13
So‘ng Xudo yana dedi: “Qarab tur, Men senga bundan ham battarog‘ini ko‘rsataman.”
14
So‘ng Egamiz meni uyining shimoliy darvozasi yoniga olib bordi. U yerda xotinlar o‘tirib, xudo Tammuz uchun qayg‘urib yig‘layotgan edilar.
15
Shunda Xudo dedi: “Ey inson, buni ko‘rdingmi?! Men senga bundan ham battarrog‘ini ko‘rsataman.”
16
Egamiz meni uyining ichki hovlisiga olib kirdi. Uyning kiraverishida, ayvon va qurbongoh orasida yigirma besh nafar kishi turar edi. Ular Ma’badga orqasini o‘girib, sharqdan chiqayotgan quyoshga sajda qilayotgan edilar.
17
Egamiz menga shunday dedi: “Ana ko‘rdingmi, inson? Yahudo xalqining mana shu yerda qilayotgan jirkanch ishlari yetmasmidi?! Ular butun yurtni zo‘ravonlikka to‘ldirmoqdalar, hadeb qahrimni keltirmoqdalar. Meni haqorat qilayotganlarini bir ko‘rib qo‘y!
18
Shuning uchun Men ularning ustiga g‘azabimni sochaman. Ularga achinmayman, rahm qilmayman. Ovozlari boricha Menga xitob qilishsa ham, ularga quloq solmayman.”
← Chapter 7
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 9 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48