bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 18
Ezekiel 18
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 17
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 19 →
1
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2
“Nima uchun sizlar Isroil yurtida: “Otalari achchiq uzum yeyishgan edi, bolalarining esa tishi qamashdi”, degan maqolni ishlatasizlar?
3
Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, sizlar endi Isroilda bu maqolni boshqa aytmaydigan bo‘lasizlar.
4
Bilib qo‘ying, har bir odamning joni Menikidir. Ota–onalarning ham, bolalarning ham jonlari Menga tegishlidir. Faqat gunoh qilgan odamgina o‘ladi.
5
Bordi–yu, odam solih bo‘lib, adolatli va to‘g‘ri ishlar qilsa,
6
Isroil xalqining butlariga sig‘inmasa, butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qilmasa, birovning xotini bilan zino qilmasa, hayz ko‘rgan ayolga yaqinlashmasa,
7
birovga jabr qilmasa, garovga olgan narsasini qaytarib bersa, o‘g‘irlik qilmasa, ochga non, yalang‘ochga kiyim bersa,
8
bergan qarzidan foiz talab qilmasa, o‘zini gunohdan tortsa, to‘g‘ri hukm chiqarsa,
9
farmonlarimga rioya qilsa, qonun–qoidalarimni bitta qoldirmay sadoqat bilan bajarsa, bunday odam haqiqatan ham solih hisoblanib albatta yashaydi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
10
“Endi shunday solih odamning vahshiy bir o‘g‘li bor, deb faraz qilaylik. Bordi–yu, bu yaramas o‘g‘il qotillik qilsa yoki quyidagi jinoyatlarning birortasini Isroillik birodariga qilsa:
11
otasi qilmagan ishlarga qo‘l urib, butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qilsa, birovning xotini bilan zino qilsa,
12
kambag‘alu mazlumlarga jabr yetkazsa, o‘g‘irlikka qo‘l ursa, garovga olgan narsani qaytarmasa, butlarga sig‘insa, jirkanch odatlarga taqlid qilsa,
13
bergan qarzidan foiz talab qilsa, u yasharmidi?! Yo‘q! Bunday jirkanch ishlarga qo‘l urgan odam albatta o‘ladi. U o‘z boshini o‘zi yeydi–ku!”
14
Ammo bunday fosiq kishining o‘g‘li, otasi qilgan gunohlarini ko‘ra turib, otasiga taqlid qilmasa,
15
Isroil xalqining butlariga u sig‘inmasa, butxonalarda keltirilgan qurbonliklardan tanovul qilmasa, birovning xotini bilan zino qilmasa,
16
birovga zulm o‘tkazmasa, qarzdorlaridan kafillik talab qilmasa, o‘g‘irlik qilmasa, ochga non, yalang‘ochga kiyim bersa,
17
kambag‘alga jabr yetkazmasa, bergan qarzidan foiz olmasa, qonun–qoidalarimga rioya qilib, farmonlarimni bajarsa, bunday odam o‘z otasining gunohlari uchun o‘lmaydi. U albatta yashaydi.
18
O‘sha odamning otasi esa qilgan qabihliklari uchun o‘zi o‘ladi, chunki u birodariga jabr yetkazib, narsasini o‘g‘irladi, odamlar orasida yaramas ishlar qildi.
19
Sizlar esa: “Yo‘g‘–ye, nahotki bola otasining gunohi uchun jazo tortmasa?” deb aytasizlar. Agar bola adolatli va to‘g‘ri ishlar qilsa, qonun–qoidalarimning hammasini bitta qoldirmay bajarsa, u albatta yashaydi.
20
Gunoh qilgan odamgina o‘ladi. Bola otasining gunohi uchun jazolanmaydi, ota ham bolasining gunohi uchun jazolanmaydi. Solih odamlar o‘z solihligiga yarasha mukofot oladilar, fosiqlar o‘z fosiqligi uchun jazo tortadilar.
21
Bordi–yu, fosiq odam qilgan gunohlaridan tavba qilsa, qonun–qoidalarimning hammasini bajarsa, adolatli va to‘g‘ri ishlar qilsa, u albatta yashaydi, o‘lmaydi.
22
Men bunday odamning qilgan barcha gunohlaridan kechib yuboraman. U qilgan solih ishlari tufayli yashaydi.
23
“Nahotki Men fosiq odamning o‘limini istasam? Yo‘q! Men uning yomon yo‘ldan qaytishini va yashashini istayman!” deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
24
Yomon yo‘lga kirib ketgan solih odam–chi? Fosiqlar kabi jirkanch ishlar qilgan bunday odam yashaydimi? Yo‘q! Men uning bironta xayrli ishini esga olmayman. U Menga xiyonat qilgani uchun, gunohga qo‘l urgani uchun o‘ladi.
25
Sizlar esa: “Rabbiy noto‘g‘ri ish tutyapti”, deb aytyapsizlar. Ey Isroil xalqi, gapimni tinglang: “Noto‘g‘ri ish tutgan Menmi yoki sizlarmi?!
26
Bilib qo‘ying, yomon yo‘lga kirib ketgan har bir solih kishi qilgan gunohi uchun o‘ladi.
27
Yomon yo‘ldan qaytgan fosiq esa adolatli va to‘g‘ri ishlar qilsa, o‘z hayotini asrab qoladi.
28
Bunday odam tutgan yo‘li noto‘g‘ri ekanligini anglab, qilgan gunohlaridan qaytgani uchun albatta yashaydi, o‘lmaydi.
29
Shunday bo‘lsa–da, Isroil xalqi: “Rabbiy noto‘g‘ri ish tutyapti”, deb aytyapti. Ey Isroil xalqi, qani, Menga ayting–chi, noto‘g‘ri ish tutgan Menmi yoki sizlarmi?!”
30
Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Ey Isroil xalqi, Men har biringizni tutgan yo‘lingizga yarasha hukm qilaman. Tavba qilinglar! Gunohlaringizdan qaytinglar! Aks holda gunohingiz sizga to‘g‘onoq bo‘ladi.
31
Menga qarshi qilgan gunohlaringizdan voz kechinglar. O‘zlaringiz uchun yangi yurak va yangi ruh olinglar! Nima uchun sizlar o‘lishingiz kerak, ey Isroil xalqi?!
32
Men bironta odamning halok bo‘lishini istamayman. Yomon yo‘ldan qayting, yashang!” deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
← Chapter 17
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 19 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48