bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 5
Ezekiel 5
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 6 →
1
Egamiz shunday dedi: “Ey inson, o‘tkir bir qilich ol. Ustara o‘rniga o‘shani ishlatib, soching bilan soqolingni qirib tashlagin. So‘ng sochingni tarozida o‘lchab, teng uch qismga bo‘lgin.
2
Shaharning qamal kunlari tugaganda sochingning bir qismini g‘ishtga chizilgan shahar o‘rtasida yondir. Ikkinchi qismini shahar atrofiga sochib tashlab, qilich bilan maydala. Uchinchi qismini esa shamolda uchirtirib yuborgin. Men qilichimni yalang‘ochlab, shahar aholisini ta’qib qilaman.
3
Sochingning ozginasini olib, choponingning etagiga qistirib qo‘y.
4
O‘sha sochingning bir qismini olovga tashlab, yondirib yubor. Undan chiqqan olov avj olib, butun Isroil xonadoniga yoyiladi.”
5
Egamiz Rabbiy shunday deb aytmoqda: “Mana, Quddusga bir qarang. Men uni xalqlarning o‘rtasiga joylashtirdim, boshqa yurtlar uni o‘rab turibdi.
6
Ammo u qonun–qoidalarimga qarshi chiqdi, atrofdagi xalqlardan ko‘ra, ko‘proq qabihlik qildi. U qonun–qoidalarimni rad etdi, farmonlarimga bo‘ysunmadi.”
7
Shuning uchun Egamiz Rabbiy Quddusga aytmoqda: “Sizlar badkirdorlikda atrofingizdagi xalqlardan ham o‘tib tushdingiz. Farmonlarimga bo‘ysunmadingiz, qonun–qoidalarimga rioya etmadingiz. Hatto boshqa xalqlarning udumlarini ham bajarmadingiz.”
8
Egamiz Rabbiy shunday deb aytmoqda: “Ey Quddus ahli, Men O‘zim sizlarga qarshi chiqaman. Xalqlarning ko‘zi oldida sizlarni jazolayman.
9
Qilgan jirkanch ishlaringiz tufayli Men boshingizga dahshatli bir ko‘rgilik keltiraman. Men bunaqasini hech qachon qilmaganman va bundan keyin ham qilmayman.
10
Quddusda ota–onalar o‘z farzandlarining etini, farzandlar esa o‘z ota–onalarining etini yeydilar. Men sizlarni jazolayman, omon qolganlaringizni dunyoning to‘rt tomoniga tarqatib yuboraman.
11
Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi ont ichib aytamanki, sizlarni yo‘q qilaman. Sizlar muqaddas maskanimni makruh butlaru jirkanch odatlaringiz bilan harom qildingiz. Shuning uchun sizlarga achinmayman, rahm qilmayman.
12
Xalqingizning uchdan bir qismi o‘latu qahatchilikdan nobud bo‘ladi. Ikkinchi qismi jangda, shahar tashqarisida qirilib ketadi. Qolgan qismini esa Men to‘rt tomonga tarqatib yuboraman, qilichimni yalang‘ochlab ta’qib qilaman.
13
Shunda g‘azabimdan tushaman, qahrimni ularga sochib bo‘lganimdan keyingina taskin topaman. Qahrimni ularga sochib bo‘lganimdan keyin, Men, Egangiz, rashk ustida gapirganimni ular bilib oladilar.
14
Men sizlarni xonavayron qilaman. Yon–atrofda yashovchi xalqlar hamda o‘tgan–ketgan odamlar sizlarni mazax qiladilar.
15
Men sizlarni qahru g‘azab bilan hukm qilganimda, jahl ustida qattiq jazolaganimda, atrofdagi xalqlar dahshatga tushadilar. Ular bundan saboq oladilar, sizlarni esa mazax qilib, ustingizdan kuladilar. Bularni Men, Egangiz aytdim.
16
Men ustingizga qahatchilikning halokatli o‘qlarini yog‘diraman, sizlarni yo‘q qilaman. Shahardagi ocharchilikni avjiga chiqaraman, sizlarni bir burda nonga zor qilaman.
17
Men ustingizga qahatchiligu yovvoyi hayvonlarni yuboraman. Ular sizlarni farzandlaringizdan judo qiladi. O‘latu qotillik yurtingizda hukm suradi, Men sizlarga qarshi dushman qilichini yalang‘ochlayman. Bularni Men, Egangiz aytdim.”
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 6 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48