bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 6
Ezekiel 6
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 7 →
1
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
2
“Ey inson, Isroil tog‘lariga yuzlan. Ularga qarshi shunday bashorat qil:
3
Ey Isroil tog‘lari, Egamiz Rabbiyning so‘zlarini eshitinglar! Egamiz Rabbiy tog‘laru qirlarga, jarliklaru vodiylarga shunday deb aytmoqda: Men O‘zim sizlarga qarshi qilich yuboraman, butlarga atagan barcha sajdagohlaringizni vayron qilaman.
4
Qurbongohlaringiz buzib tashlanadi, tutatqi qurbongohlaringiz parcha–parcha qilinadi. Men odamlaringizni butlaringiz oldida qirib yuboraman.
5
Isroil xalqining jasadlarini butlaringiz oldiga tashlayman, suyaklarini qurbongohlaringiz atrofiga sochaman.
6
Hamma shaharlaringizni yakson qilaman, sajdagohlaringizni vayron etaman. Shunda qurbongohlaringiz buziladi, butlaringiz parcha–parcha qilinadi, tutatqi qurbongohlaringiz qo‘porib tashlanadi, qo‘llaringiz yaratgan hamma narsa supurib tashlanadi.
7
Butun yurt jasadlarga to‘ladi. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
8
Men ba’zi bir odamlarning jonini qirg‘indan saqlab qolaman. Biroq ularni boshqa yurtlarga, begona xalqlar orasiga quvib yuboraman.
9
Ular begona xalqlar orasiga surgun qilinganda Meni eslaydilar. Meni rad etgan vafosiz qalblariyu, butlar ketidan qaragan hirsli ko‘zlari dilimga qanchalik ozor yetkazganini tushunib oladilar. Ular qilgan qabihliklari va jirkanch ishlari uchun o‘z–o‘zlaridan hazar qilib, nafratlanadilar.
10
O‘shanda Egasi Men ekanligimni bilib oladilar. Boshlariga keladigan falokat haqida Men ularni jiddiy ogohlantirganimni biladilar.”
11
Egamiz Rabbiy shunday deb aytmoqda: “Qani bo‘l, ko‘ksingga ur, yerni tep. Shunday deb xitob qil: — Qabihlikka qo‘l urgan Isroil xalqining holiga voy! Ular qilichdan, ocharchiligu o‘latdan nobud bo‘ladilar!
12
Uzoqlarda bo‘lganlar o‘latdan o‘ladi. Yaqinda bo‘lganlar qilichdan o‘tkaziladi. Omon qolganlar ocharchilikdan nobud bo‘ladi. Shu yo‘l bilan Men ularning ustilariga qahrimni sochaman.
13
Ularning jasadlari butlari orasida, qurbongohlari atrofida, har bir baland tepalikda, barcha tog‘ cho‘qqilarida, har bir yashil daraxtu sersoya eman ostida — xalqim butlarga atab xushbo‘y xidli qurbonliklar keltirgan har bir joyda yotadi. O‘shanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
14
Men ularga qarshi qo‘limni ko‘taraman. Butun yurtni, sahrodan tortib, to Rivlo shahrigacha vayron qilib, tashlandiq yerga aylantiraman. O‘shanda ular Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 7 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48