bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Ezekiel 48
Ezekiel 48
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 47
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
1
Quyida Isroil qabilalarining nomlari va ularning ulush qilib olgan yerlari qayd etilgan. Dan qabilasining hududi Isroil yurtining shimolida joylashgan. Uning chegarasi Xetlon yo‘li bo‘ylab Levo–Xomatga, so‘ng Xazor–Enanga boradi. Xazor–Enan shahri janubdagi Damashq va shimoldagi Xomat hududlari orasida joylashgan. Dan qabilasining hududi Isroil yurtining g‘arbiy chegarasidan sharqiy chegarasigacha cho‘ziladi.
2
Dan hududidan janubda Asher qabilasi joylashadi, uning hududi ham Isroil yurtining g‘arbiy chegarasidan sharqiy chegarasigacha cho‘ziladi.
3
Asher hududidan janubda Naftali qabilasi joylashadi, ularning hududi ham g‘arbdan sharqqacha cho‘ziladi.
4
[4-7] Naftalidan janubda Manashe qabilasi, Manashedan janubda Efrayim, so‘ng Ruben, so‘ng Yahudo qabilalari joylashadi. Hamma qabilalarning hududlari Isroil yurtining g‘arbiy chegarasidan sharqiy chegarasigacha cho‘ziladi.
5
***
6
***
7
***
8
Yahudo hududidan janubda maxsus ajratilgan yer bo‘ladi. Bu yerning uzunligi har bir qabilaga ajratilgan yerning uzunligi bilan teng, Isroil yurtining g‘arbiy chegarasidan sharqiy chegarasigacha bo‘ladi. Eni esa 25.000 tirsak bo‘ladi. Bu maxsus ajratilgan yerning o‘rtasida Ma’bad joylashadi.
9
Menga ajratilgan bu hududning uzunligi 25.000 tirsak, eni 20.000 tirsak bo‘ladi.
10
Men, Egangiz, muqaddas yerimning yarmini ruhoniylarga beraman. Ularga ajratilgan yerning shimol tomonidagi uzunligi 25.000 tirsak, g‘arb tomondagi eni 10.000 tirsak, sharq tomondagi eni 10.000 tirsak va janub tomondagi uzunligi 25.000 tirsak bo‘ladi. Ruhoniylarga ajratilgan yerning markazida Mening Ma’badim joylashadi.
11
Bu yer faqat Zodo‘x avlodidan tayinlangan ruhoniylarga tegishli bo‘ladi, chunki ular Mening talablarimni bajardilar. Isroil xalqi va boshqa levilar Mendan yuz o‘girganlarida ular Mendan yuz o‘girmadilar.
12
Menga ajratilgan hududning eng muqaddas joyi ruhoniylarning maxsus ulushi bo‘ladi. Ruhoniylarning bu yeri levilarning yerlariga tutashgan bo‘ladi.
13
Men muqaddas yerimning ikkinchi yarmini levilarga beraman. Ularga beradigan yerning uzunligi 25.000 tirsak, eni 10.000 tirsak bo‘ladi. Ruhoniy va levilarga beradigan yerning umumiy uzunligi 25.000 tirsak, eni 20.000 tirsak bo‘ladi.
14
Bu yerni sotish, ayirboshlash yoki birovning nomiga o‘tkazish qat’iyan man etiladi. Axir, bu yer Meniki, u muqaddasdir.
15
Menga ajratilgan yerdan janubda shaharga qarashli yerlar bo‘ladi. Uzunligi 25.000 tirsak, eni 5.000 tirsak bo‘lgan bu yerlarda odamlarning uylari va yaylovlari bo‘ladi. Shahar o‘sha yerning markazida joylashadi.
16
Shaharning eni va uzunligi bir xil 4.500 tirsak bo‘ladi.
17
Shahar har tomondan eni 250 tirsak bo‘lgan yaylovlar bilan o‘ralgan bo‘ladi.
18
Shahardan ortib qolgan g‘arbdagi va sharqdagi 10.000 tirsakka 5.000 tirsak bo‘lgan yer dalalar uchun mo‘ljallangan. U yerda shahardagi ishchilar uchun ozuqa yetishtiriladi.
19
Shaharda yashaydigan har qanday odam, qaysi qabiladan bo‘lmasin, o‘sha dalalarga ekin ekishi mumkin.
20
Demak, maxsus ajratilgan yer to‘rtburchak shaklda, har bir tomoni 25.000 tirsak uzunlikda bo‘ladi. Bu yer muqaddas yerlarni va shahar qaramog‘idagi yerlarni o‘z ichiga oladi.
21
Maxsus ajratilgan yerning g‘arb va sharq tomonidagi ortgan yerlar Isroil hukmdoriga qarashli bo‘ladi. Hukmdorning sharqdagi yerlari Iordan daryosiga, g‘arbdagi yerlari O‘rta yer dengiziga borib taqaladi. G‘arbdagi yerning ham, sharqdagi yerning ham uzunligi 25.000 tirsak bo‘ladi. Ularning o‘rtasida Mening muqaddas ulushim, Ma’badim,
22
Levilarning ulushi va Quddus shahri joylashadi. Hukmdorning yerlari shimolda Yahudo qabilasining yerlariga, janubda Benyamin qabilasining yerlariga chegaradosh bo‘ladi.
23
Qolgan qabilalarga quyidagi yerlar ulush qilib beriladi: maxsus ajratilgan yerdan janubda Benyamin qabilasining hududi bo‘lib, Isroil yurtining sharqiy chegarasidan g‘arbiy chegarasigacha cho‘ziladi.
24
Benyamin hududidan janubda Shimo‘n qabilasining hududi bo‘lib, yurtning sharqiy chegarasidan g‘arbiy chegarasigacha cho‘ziladi.
25
Shimo‘n hududidan janubda Issaxor qabilasining hududi bo‘lib, sharqiy chegaradan g‘arbiy chegaragacha cho‘ziladi.
26
Issaxor hududidan janubda Zabulun qabilasining hududi bo‘lib, sharqiy chegaradan g‘arbiy chegaragacha cho‘ziladi.
27
Zabulun hududidan janubda Gad qabilasining hududi bo‘lib, sharqiy chegaradan g‘arbiy chegaragacha cho‘ziladi.
28
Gad hududining janubiy chegarasi Tamar shahridan to Kadeshdagi Mariva suvlarigacha boradi, keyin Misr soyligi bo‘ylab o‘tib, O‘rta yer dengizigacha yetadi.
29
Shunday qilib, Isroil yurti o‘n ikki qabilaga bo‘lib beriladi, olgan yerlari ularning ulushi bo‘ladi”, deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
30
Shaharning darvozalari quyidagicha bo‘lsin: shaharning shimoliy devori 4.500 tirsak uzunlikda bo‘lib,
31
uning uchta darvozasi bo‘ladi. Shahar darvozalariga Isroil qabilalarining nomlari beriladi. Bu tomondagi darvozalarning nomlari Ruben, Yahudo va Levi bo‘ladi.
32
Sharqiy devorning uzunligi ham 4.500 tirsak bo‘ladi, uning uchta darvozasi Yusuf, Benyamin va Dan qabilalari nomlari bilan nomlanadi.
33
Janubiy devorning uzunligi ham 4.500 tirsak bo‘ladi, uning uchta darvozasi Shimo‘n, Issaxor va Zabulun, deb nomlanadi.
34
G‘arbiy devorning uzunligi ham 4.500 tirsak bo‘ladi, uning uchta darvozasi Gad, Osher va Naftali deb nomlanadi.
35
Shaharni o‘rab turgan devorning umumiy uzunligi 18.000 tirsak bo‘ladi. O‘sha vaqtdan boshlab shaharning nomi “ Egamiz shu yerdadir” bo‘ladi.
← Chapter 47
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48