bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 1
Isaiah 1
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 2 →
1
Omiz o‘g‘li Ishayoning Yahudo hamda Quddusga oid bashorati. Bu davrlarda Yahudoda Uzziyo, Yo‘tom, Oxoz va Hizqiyo kabi shohlar hukmronlik qilardi.
2
Eshiting, ey samolar, tingla, ey zamin, Shudir Egamizning kalomi: “Bino qildim bolalarni, ulg‘aytirdim ularni, Ammo ular isyon qildilar Menga.
3
Ho‘kiz biladi o‘z egasini, Hatto eshak bilar kim uni boqishini, Ammo xalqim Isroil bilmaydi, Ular tushunmaydi Meni, o‘z Egasini.”
4
Eh, gunohkor elat, aybi muqarrar xalq, Eh, qabih nasllar! Nomussizlarcha ish qilar bu bolalar, Eh, Egamizni tark etgan ular, Isroil xalqining muqaddas Xudosiga Shakkoklik qilgan, Egamizga orqa o‘girgan ular!
5
Egam aytar: “Nega yana muncha kaltak istaysiz?! Ne uchun isyonni davom ettirursiz?! Yaralangan butun bosh, Madordan ketgan butun yurak.
6
Boshdan oyoq sog‘ joyi yo‘q, Yiring ila qoplangan, ko‘karib ketgan, Yaralaridan qon oqib yotar, Tozalanmagan, bog‘lanmagan, yog‘ surtilmagan.
7
Vayronalar ichra yotar yurtingiz, Olovda yonib ketgan shaharlaringiz! Oldingizda yeringizni Yeb bitirar kelgindilar, Begonalar yurtingizni vayron qilar.
8
Ammo aziz Quddus Qamal qilinganday bo‘lar, U o‘xshab qolar Uzumzordagi yolg‘iz chaylaga, Polizda tikkaygan kapaga.”
9
Eh, agarda Sarvari Olam Qoldirmaganda edi besh–oltitamizni, Sado‘m shahriga o‘xshab qolgan bo‘lardik, G‘amo‘ra shahriga o‘xshagan bo‘lardik.
10
Egamizning kalomini eshiting, Sado‘m yo‘lboshchilarining izdoshlari! Xudoyimizning o‘gitiga quloq soling, G‘amo‘ra xalqining sheriklari!
11
“Nima keragi bor Menga?! Ko‘plab qurbonligingiz?! To‘yib ketdim endi Kuydirilgan qo‘chqorlar nazri, Bo‘rdoqi yog‘laridan, — deb aytmoqda Egamiz. — Menga xush kelmadi buqalarning, Qo‘zilar va echkilarning qoni.
12
Huzurimda hozir bo‘lganingizda, Muqaddas Hovlimni bulg‘asin, deb kim aytdi? Bularni sizlardan kim so‘radi?!
13
Endi soxta nazrlar qilmanglar Menga, Tutatqingiz ham Menga jirkanchdir! Toqat qilmasman endi Chorlovlaringizni, fosiq yig‘iningizni, Yangi oy bayramiyu Shabbat kuningizni.
14
Nafratlandim yangi oy bayramingizdan Hamda ‘muqaddas’ kunlaringizdan. Bular Menga og‘ir yuk bo‘ldi, Toliqqanman bularni ko‘tarishdan.
15
Hatto ko‘p ibodat qilganingizda ham, Eshitmasman Men sizlarni. Menga ochganingizda qo‘llaringizni, Sizlardan yashiraman Men ko‘zlarimni. Qo‘llaringiz qonga botgandir.
16
Poklang, tozalang o‘zingizni, Ko‘z oldimdan yo‘qoting! Qabih qilmishlaringizni, Qabihlikni endi bas qiling!
17
O‘rganing ezgulik qilishni, Adolatni izlang, Yo‘lga soling zolimni, Himoya qiling yetimni, Beva haqi uchun kurashing.”
18
Egamizning kalomi shudir: “Qani, endi birgalashib o‘ylaylik: Gunohlaringiz qizil rangga o‘xshasa ham, Sizlar qorday oppoq bo‘lasiz. Gunohlaringiz qirmizi rangga o‘xshasa ham, Sizlar momiqday oppoq bo‘lasiz.
19
Agar Menga itoat etsangiz chin ko‘ngildan, Yeysiz, albatta zaminning sara hosilidan.
20
Ammo rad etib, Menga bo‘ysunmasangiz, Qilichning damiga ro‘para bo‘lgaysiz.” Egamizning O‘zi shunday deb aytdi.
21
Qanday qilib sodiq shahar fohishaga aylandi?! Solihlik joylashib, adolatga to‘la bo‘lmaganmidi?! Endi esa bu yerda qotillar qoldi!
22
Kumushing toshqol bo‘ldi, Sharobing suv bilan aralashdi.
23
Ha, isyonkordir yo‘lboshchilaring, O‘g‘rilarga sherikdir ular. Har biri porani sevar, Hadyaning ortidan quvar. Yetimni ular himoya qilmas, Bevaning arzi ularga yetib bormas.
24
Endi Isroil xalqining qudratli Xudosi, Sarvari Olam — Rabbiy aytadi: “Ha, dushmanlarimga g‘azabimni socharman, G‘animlarimdan o‘ch olib, tasalli toparman.
25
Yana sizlarga qarshi qo‘l ko‘taraman. Ishqor bilan tozalaganday, Jamiki qorishmani yo‘q qilib, Toshqollarni ajrataman.
26
Azalda bo‘lganiday Odil hakamu maslahatchilarni beraman. Shundan so‘ng senga nom qo‘yilar: ‘Solihlik shahri, Sadoqat shahri’, deya.”
27
Shunda Quddus adolat orqali qutqariladi, Tavba qilganlar solihlik tufayli najot topadi.
28
Isyonkoru gunohkorlar birga qiriladi, Egamizdan voz kechganlar halok bo‘ladi.
29
Sizlar sharmanda bo‘larsiz O‘zingiz xush ko‘rgan emanlar sababli. Mana, uyalib qolarsiz O‘zingiz tanlagan sajdagoh bog‘lar tufayli.
30
Ha, sizlar o‘xshab qolasiz Yaprog‘i qovjiragan emanga, Hamda suvsiz qaqragan boqqa.
31
Kuchlilar ham cho‘pga o‘xshab qoladi. Ishlari lov etgan olovga o‘xshaydi. O‘zlariyu ishlari birga yonib ketadi, Hech kim bu olovni o‘chirolmaydi.
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 2 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66